Variant №11 Xashaki bugdoy


Bedaning qishloq xo‘jaligida ahamiyati, ekin maydonlari, hosildorligi, tarqalishi


Download 31.3 Kb.
bet8/11
Sana05.01.2022
Hajmi31.3 Kb.
#217681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdusalomjon VARIANTLARI

2.Bedaning qishloq xo‘jaligida ahamiyati, ekin maydonlari, hosildorligi, tarqalishi.

Tuproq sho‘rini yo‘qotishda beda katta ahamiyatga ega. Beda tuproq sho‘riga chidamsiz ekin, lekin o‘simlik to‘g‘ri parvarish qilinganda u tuproq sho‘rlanishini kamaytiradi. Bu uning quyidagi xususiyatlari bilan bog‘liq:


- beda qalin o‘sadi va er betini qoplaydi, bu tuproqni qizishdan saqlaydi va suvning bug‘lanishi kamayadi. Tuproq yuzasi harorati qancha kam bo‘lsa, zararli tuzlarning ko‘tarilishi shuncha kam bo‘ladi. Tuproq harorati 6-8°S kam bo‘ladi.
- o‘suv davrida bir necha marta bostirib sug‘oriladi, natijada tuzlar yuvilib ketadi.
- mavsumda bir necha marta o‘riladi, shunda o‘simlik ko‘k massasi bilan birgalikda tuzlar ham chiqib ketadi;
- beda sershox va serbarg bo‘lganligi uchun barglar orqali ko‘plab suvni bug‘lantirib yuboradi. Bedaning transpiratsiya koeffitsienti ob-havo, tuproq, iqlim, o‘simlikni o‘suv fazalari va o‘rish muddatiga qarab har xil bo‘ladi.2-3 o‘rimlarda Yuqori bo‘ladi.
- bedaning ildiz sistemasi juda yaxshi taraqqiy etib, hatto pastki qatlamlardagi sizot suvlarini tortib olib, uning sathini pasaytirishga yordam beradi.Uch yillik bedapoya 1 ga maydonda 300-400 kg azot to‘playdi, bu biologik azot bo‘lib, keyingi ekiladigan ekinlar hosildorligi uchun juda ahamiyatlidir. Gektariga 180 kg fosfor solinganda 3 yilgi beda 296,7 s ildiz massasi qoldirgan. Uzoq yillar beda ekilmagan maydonlarga beda ekishda nitragin yoki rizotorfin qo‘llash muhim agrotexnik tadbirdir, shunday qilinmasa, ildizlarda tuganaklar paydo bo‘lmaydi va o‘simliklar ikki uch yildan keyin o‘lib ketadi.Bedadan yuqori urug‘ hosili olish uchun uning ko‘chat qalinligi 1 kv. m da 50-70 ta o‘simlik bo‘lishi maqbuldir. YOg‘ingarchilik kamroq bo‘ladigan, er osti suvlari chuqur joylashgan maydonlarda urug‘lik bedani qishda gektariga 1,5-2,0 ming kub metr suv sarflab sug‘orish yaxshi natijalar beradi. Urug‘lik maydonlari kuzda yoki erta bahorda gektariga 4-5 s. superfosfat va 1,0-1,5s kaliy tuzi bilan oziqlantiriladi, bunda birdaniga og‘ir tishli borona bilan boronalash o‘tkazish tavsiya etiladi.Hosildorligi. Beda Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan erlarida yuqori pichan hosili bera oladi. Birinchi yilgi bedadan gektaridan 12 tonnagacha, ikkinchi va uchinchi yilgi bedadan 24-25 tonnagacha pichan hosili olish mumkin.
O‘rtacha hosildorligi 1-yilgi beda 2,3-2,6 t, 2-3-yilgi beda 7,0-8,0 t pichan hisoblanadi.Xorazm bedasi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimi rayonlarida tarqalgan. 


Download 31.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling