О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASI
BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI
“Biznesni boshqarish (MBA)” kafedrasi
Qо‘lyozma huquqida
UDK: 331:338.2
MUMINOV BOBIRBEK XABIBULLOYEVICH
INSON KAPITALINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Ta’lim mutaxassisligi: 70411302 – Biznesni boshqarish
(Master of Business Administration)
Magistr
akademik darajasini olish uchun taqdim etilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: x.f.n., dotsent Sadriddinov B.B.
Toshkent – 2023
Dissertatsiya “Biznesni boshqarish (MBA)” kafedrasida bajarilgan.
Mutaxassisligi: 70411302 – Biznesni boshqarish (Master of Business Administration)
О‘quv yili: 2021-2023
Ilmiy rahbar ___________x.f.n., dotsent Sadriddinov B.B.
Rasmiy opponent__________PhD, B.Alimov
Kafedra mudiri __________ Iqtisod fanlari doktori, professor Suyunov D.X.
Magistrant ___________Muminov Bobirbek Xabibulloyevich
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI
Magistratura dasturi: 70411302 Magistratura talabasi:
B.X.Muminov
Kafedra: “Biznesni boshqarish (MBA)”
Muraxassisligi: Biznesni boshqarish Ilmiy rahbar: x.f.n., dotsent
(Master of Business Administration) Sadriddinov B.B.
О‘quv yili: 2021-2023
“Inson kapitalini boshqarishni takomillashtirish”
mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYASI
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Zamonaviy dunyoda yuqori texnologiyalarni rivojlantirish, barcha sohalarda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiy hayot yangi inson resurslarini talab qiladi. Postindustrial jamiyatlarda intensiv ilmiy-texnik о‘zgarishlar, yangi texnologik asosni shakllantirish jarayonida zamonaviy texnologiyalar emas, balki yuksak malakali ishchi kuchi ishlab chiqarishning xal qiluvchi omili sifatida e’tirof etilmoqda. Uzoq yillar davomida sanoatlashgan jamiyatlarda raqobatbardoshlik texnika va texnologiyaning ustunligida bо‘lib keldi. Bu holat bugungi kunda ham ma’lum darajada о‘z ahamiyatini yо‘qotmagan. Ammo bizning davrimizdagi texnologiyalar raqobatchilar tomonidan juda tez kо‘chirilishi mumkin. Shuning uchun raqiblardan har doim yarim qadam oldinda bо‘lish uchun, biz doimo yangi narsalarni ishlab chiqishimiz va taklif qilishimiz kerak.
Yuqorida qayd etilgan holatlar о‘z navbatida intellektual inson kapitaliga ehtiyojni va inson kapitalini boshqarishni takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |