Vazirligi samarqand davlat
Download 164.78 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonetik-fonologik sath.
Til sathlari tushunchasi. Tilshunoslik fanining asosiy muammolaridan biri tilning ichki qurilishini o‗rganishdir. Har qanday til fonetik tuzilishi, grammatik qurilish va lug‘at tarkibidan tashkil topadi. Tilning ushbu tarkibiy qismlari muayyan qonuniyatlar asosida o‗zaro bog‘lanib, butun tilni hosil qiladi, til mazkur birikmalar negizida uzviy bog‘langan tizimni tashkil etadi. Ichki qurilishi jihatidan til ma‘lum miqdordagi o‗zaro chambarchas bog‘liq bo‗lgan til birliklarining yig‘indisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab tizimdir. Til tizimini tashkil etuvchi birliklarning o‗zaro munosabati va bog‘lanish qonuniyatlari murakkab hamda ko‗p qirralidir. Garchi til yaxlit tizim bo‗lsa-da, bu tizim o‗ziga xos jihatlarga ega bo‗lgan, til tizimining tarkibiy qismlari hisoblangan sathlar birligan iborat. Har bir sathning o‗z birliklari va tushunchalari bo‗lib, ular bir- biridan farqlanib turadi. Masalan, fonetik-fonologik sath lug‘at sathidan, lug‘at sathi grammatik sathdan farqlanadi. Ammo, ushbu sathlar o‗zaro bog‘liq ravishda butun til tizimini tashkil etadi. Til tizimini tashkil etgan asosiy sathlar quyidagilar:
Fonetik-fonologik sath. Lug‘at sathi. Grammatik sath. Fonetik-fonologik sath.Tilning bu sathi til tizimidagi nutq tovushlarini o‗rganadi. Fikr almashish uchun foydalaniladigan so‗zlar va gaplar, albatta, tovushlar tizimida o‗z ifodasini topadi. Tilning tovush tizimini turli tomondan o‗rganish mumkin, chunki nutq tovushlari o‗z tabiatiga va til tizimida bajaradigan funksiyasiga ko‗ra murakkab hodisadir. Inson nutqining tovushlari fizik xususiyatlariga ko‗ra tabiatda paydo bo‗ladigan tovushlarning bir turidir. Shuning uchun tovushlar tizimini o‗rganishda akustik nuqtayi nazardan ham yondashiladi. Ammo, inson foydalanadigan tovushlar, tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli o‗laroq, kishining nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turadigan nutq organlari mahsulidir. Shuning uchun, tovushlar fiziologik nuqtayi nazardan ham o‗rganiladi. Nihoyat, tovushlarni tildagi bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan ham o‗rganish mumkin, chunki tovushlar tilda o‗z holicha mavjud bo‗lmaydi. Ular so‗zlarni yasashda va fikr almashish vositasini ta‘minlab berishda muhim rol o‗ynaydi. Tovushlarning fizik va biologik xususiyatlarini fonetika fani o‗rganadi. Tovushlarning til tizimida bajaradigan funksiyalarini esa fonologiya o‗rganadi. Fonetikaning bir necha ko‗rinishlari bor: nazariy fonetika, amaliy fonetika, segmental, supersegmental fonetika va fonologiya. Fonetikaning to‗rtinchi asosiy sohasi hisoblanmish fonologiya alohida fan sifatida qaraladi. Fonetika tilning boshqa qismlari va sathlari bo‗lgan morfologiya va sintaksis, leksika va uslubiyat bilan uzviy bog‘liqdir. Nutq fonetik jihatdan fraza, takt, bo‗g‘in va nutq tovushlariga ajraladi. Fraza nutqning eng katta fonetik birligi bo‗lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o‗ziga xos ohangga ega bo‗ladi. Frazalar taktdan tashkil topgan bo‗ladi. Frazaning ikki kichik pauza orasiga joylashgan va yagona urg‘u bilan talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta bo‗g‘inning yig‘indisiga takt deyiladi. Frazada nechta urg‘u bo‗lsa shuncha takt bo‗ladi. Takt bo‗g‘inlardan tashkil topadi. Bo‗g‘in bir yoki bir nechta tovushdan tahkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Bo‗g‘in ta‘rifiga aloqador bir qancha nazariya mavjud. Shulardan ikkitasi: fonologik bo‗g‘in nazariyasi va fonetik bo‗g‘in nazariyasi keng tarqalgan. Tovushlar fonetika birligi sifatida o‗rganilganda ―nutq tovushlari‖ yoki ―fonlar‖ deb yuritiladi. ―Fon‖ hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan atama bo‗lib, nutqning eng kichik, ma‘no anglatmaydigan birligidir. Nutq tovushlarining o‗rganilishidagi aspektlardan biri fonologiya deb yuritiladi. Nutq tovushlarining vazifaviy qiymatini fonologiya o‗rganadi. Fonologiyaning o‗rganish manbai fonemadir. Fonema so‗z, so‗z shakllari va morfemalarni tashkil etuvchi, ma‘no farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik, boshqa bo‗laklarga bo‗linmaydigan til birligidir. Masalan, tup-tub;quy-qo„y;sut-sud so‗zlari fonemalar yordamida farqlanadi. Tildagi barcha fonemalar bir-biriga nisbatan ma‘lum ko‗lamda bo‗ladi. Fonemalarning bog‘lanishi, o‗zaro munosabati fonologik tizimni tashkil etadi. Download 164.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling