Vazirligi samarqand davlat


Download 164.78 Kb.
bet29/42
Sana13.04.2023
Hajmi164.78 Kb.
#1350017
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42

Grammatik sath


Har bir tilning grammatik sathi so‗zlarning grammatik formasi, so‗z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Tilning boshqa sathlari kabi grammatikaning ham o‗z birliklari bor. Eng kichik grammatik birlik morfema bo‗lib, morfemalardan so‗zlar yasaladi, so‗zlar esa o‗z navbatida so‗z birikmalari va gaplar qurilishida qatnashadi. Gap grammatikaning yirik va mustaqil birligidir. Gapdan katta birliklar ham mavjud: murakkab sintakik (birlik) butunlik, abzas va matn.
Til grammatik strukturasining o‗ziga xos xususiyatlari bor. Birinchidan, tilning grammatik qurilishi: so‗zning strukturasi , tuslanish va turlanish qoidalari, so‗z birikmalari va
grammatikaning turlari tarixiy taraqqiyotining mahsuli sifatida juda sekin o‗zgaradi.
Ikkinchidan, grammatika umumlashtirish xususiyatiga egadir. Masalan, arava, maktab, tosh, bola kabi so‗zlarning o‗z leksik ma‘nosi bor, ammo, grammatik nuqtayi nazardan bu so‗zlar predmetlik tushunchasini ifoda qilib, ot turkumini tashkil qiladi. Bu so‗zlarni ularning leksik ma‘nosi emas, grammatik ma‘nosi umumlashtiradi. Tilning grammatik strukturasini morfologiya va sintaksis o‗rganadi. Morfologiya so‗zning turkumlari va ularning grammatik formalarini tekshiradi. Sintaksis esa nutqning grammatik strukturasini o‗rganadi. Bunda gap asosiy birlikdir. Gapdan katta birliklar ham sintaksisda o‗rganiladi.
Til tizimi til birliklari -fonema, morfema, so‗z, gap va til sathlarining bir butunligidan iborat. Yuqoridagilardan ko‗rinadiki, aloqa-munosat vositasi bo‗lgan tilning fonetik, leksik, grammatik jihatlari muayyan ichki qonuniyat asosida o‗zaro mutanosiblikni tashkil etuvchi tizimdir. Tizimni tashkil qiluvchi mutanosiblik o‗ziga xos bo‗lgan alohida qoidalarda namoyon bo‗ladi. Muayyan tildagi gaplar so‗zlardan, so‗zlar bo‗g‘inlarning birikuvidan, bo‗g‘inlar nutq tovushlaridan hosil bo‗ladi. Jumlani, gapni tashkil etuvchi so‗zlar o‗zaro til qonuniyatlari asosida birikadi. Istalgan har qanday so‗zlar yig‘indisi gap bo‗la olmaydi. Tartibsiz suratda yig‘ilgan so‗zlar mazmun ifodalash uchun xizmat qilmaydi. So‗zlarning ketma- ketligi ma‘lum tartib va umumiy qoidaga muvofiq bo‗lishi talab etiladi. Shu holatning o‗ziyoq tilning tizim ekanligini ko‗rsatadi. Ma‘lum bir tilga xos tovushlar shu tilning fonetik tizimini, so‗zlar leksik tizimini tashkil etadi. Bir tildan ikkinchi tilga o‗zlashgan so‗z shu tilning fonetik tizimiga-talaffuz me‘yorlariga bo‗ysunadi. Masalan: o‗zbek tiliga rus tilidan kirgan ayrim so‗zlar o‗zbek tili talaffuz me‘yorlariga moslashadi: chaynik-choynak, podnos-patnis. Aksincha o‗zbek tilidan rus tiliga o‗zlashgan so‗zlar rus tilining talaffuz
me‘yorlariga bo‗ysungan: qorovul-karaul, karvon-karavan, bozor-bazar.
Umuman, tilda tovushlar, lug‘at tarkibi, grammatik tartib birikib, tizim sifatida bir butunlikni tashkil etadi. Til tizimini tashkil etuvchi sathlar o‗zaro mutanosib holda bir-birini taqozo qiladi. Ular orasidagi bog‘liqlik tilning umumiy qoyidalari va qonuniyatlariga asoslangan.

Download 164.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling