1. Pasport ma'lumotlari. Oshxonaning joylashgan o'rni va nomi.
Ovqatlanuvchilar kontingenti, oshxonadagi o'tiriladigan o'rinlar soni, necha kishiga
ovqat bera olish mumkinligi (shuningdek, aslida), beriladigan ovqatlar xili.
2. Oshxona binosi va hovlisining sahni. Maxsus qurilgan binoga yoki
oshxonaga moslashtirilgan imoratga
joylashtirilgan; binoning (nimaga mo'ljallangan)
bir qismini egallagan; oshxona yonidagi ob’yektlar sanab o'tiladi: hovlining maydoni,
uning joylashishi, sanitariya ahvoli, hovlida joylashgan ob’yektlar (saroylar, axlat
tashlanadigan joylar, hovlidagi hojatxona, sabzavot saqlanadigan joy, muz
turadigan
o'ra va boshqalar) hamda ular bilan oshxona o'rtasidagi masofa, agar
muz turadigan
o'ra bo'lsa, uning qurilishi (muz tagiga qo'yiladimi yoki yon tomonlarigami), oziq-
ovqat mahsulotlarini saqlash usullari (osib qo'yib, idishda, atroflga muz qo'yib), havo
temperaturasi (yoz vaqtida) aytib o'tiladi va qisqacha ta'rif beriladi. Transport vositalari
va ularning sanitariya ahvoli hamda asralishi.
3. Oshxonani rejalashtirish. Xonalar soni, ularning har
birida qilinadigan ish
(xonaning maydoni, balandligi), texnologik jarayonning ketma-ketligi hamda
derazalarning joylashishi nuqtayi nazaridan to'g'ri joylashtirilishi, ishlab chiqarish va
savdo qilish qismlarining o'zaro joylashishi.
4. Ma'muriy-maishiy xonalari (idora, garderob, dush xona, xodimlar
uchun
sanitariya uzeli, xodimlar dam oladigan va ovqatlanadigan xona). Katta-kichikligi
talabga
javob beradimi, ularning sanitariya holati, sanitariya uzelining yuz-qo'l
yuviladigan xonasida sovun, sochiq va dezinfeksiyalovchi eritma bor-yo'qligi.
Do'stlaringiz bilan baham: