Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Qо‘shimcha ovqat berish muddatlarining fiziologik va metobolik determinantlari (Kon I.Y., 1999)
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
Qо‘shimcha ovqat berish muddatlarining fiziologik va metobolik determinantlari (Kon I.Y., 1999)
Ona suti bilan boqilayotgan bolaga 3-4 oylik bо‘lmagunicha qо‘shimcha ovqat berish maqsadga muvofiq emas, chunki bu yoshda u kо‘krak suti ( yoki uning о‘rnini bosuvchi aralashmalar ) dan boshqa ovqatni xazm qilishga tayyor bо‘lmaydi. Qо‘shimcha ovqatni vaqtli bera boshlash emizishlar soni va miqdorini kamaytiradi, buning oqibatida esa kо‘krak suti ishlab chiqarilishi kamayadi. Bunday sharoitda kiritilgan qо‘shimcha ovqat kо‘krak sutini tо‘ldiribgina qolmay, balki uning о‘rnini egallab ham oladiki, fiziologik jihatdan bu maqsadga muvofiq emas. Dastlabki qо‘shimcha ovqatni bola 6-7 oylik bо‘lganidan keyin kiritish uning sutdan boshqa quyuqrok ovqatga kо‘nikishida muammolar hosil qiladi. Onaning suti yetarlicha bо‘lgan paytda bolaga 4-6 oylik bо‘lganda qо‘shimcha ovqat bera boshlash lozim. Tabiiy ovqatlantirishda sharbatlarni bolaning ovqatlari tarkibiga hayotining 3-chi oyidan ilgari kiritmaslik lozim. Bolalarning S vitamini va boshqa vitaminlarga bо‘lgan ehtiyojini qondirishda sharbatlarning о‘rni juda katta (bir kecha-kunduzlik ehtiyojning 2-3 foizi). Sharbatlarni vaqtli (1 oylikdan oldin) bera boshlash 60 foiz bolalarda xazm qilish qoniqarsiz bо‘lishiga olib keladi. Bolaning kundalik ovqatlanishi tarkibiga dastlab olma sharbatini kiritish lozim, chunki uning tarkibida kislotalilik past va allergiya qо‘zg‘atuvchilik xossasi ham kamroq. Keyin olxо‘ri, о‘rik, shaftoli, olcha, malina, qorag‘at sharbatlarini bera boshlash mumkin, nektarlar va ichimliklarni berishda ehtiyotkorlik lozim. Nordon va taxir sharbatlarni qaynagan suv bilan suyultirib bergan ma’qul. Apelsin, mandarin va qulupnay kabi yuqori darajada allergiya qо‘zqotuvchilik xossasiga ega mevalar sharbatini bolalar 6-7 oylik bо‘lmagunicha berish mumkin emas. Bu, shuningdek, tropik mamlakatlardan keltirilgan mevalar (mango, guava, papayya va boshqalar)ga ham tegishlidir. Sharbatni berishda faqat bir turdagi mevadan boshlash (uning allergiya berish xususiyatini aniqlash uchun) kerak va bola unga kо‘nikkanidan keyingina oziq-ovqatlar tarkibiga boshqa meva sharbatlarini kiritish lozim. Tabiiy usulda ovqatlantiruvchi bolalarga sharbatlar bera boshlagandan sо‘ng 2-3 hafta о‘tgach, ya’ni 3,5-4 oylik bо‘lishgach, meva ezilmalari (pyure) tavsiya etiladi. Meva ezilmasini tayyorlash uchun sharbati berilayotgan mevalardan foydalaniladi,berish tartibi ham sharbatlarnikiga о‘xshaydi. 4,5-5-5,5 oylik bо‘lganidan keyin bolaning ovqatlari tarkibiga nisbatan quyuqroq taomlar yoki “qо‘shimcha ovqatning” о‘zini kiritish mumkin. Birinchi qо‘shimcha ovqat sifatida sabzavot ezilmasi maqsadga muvofiq, 3-4 hafta о‘tgach esa, donli qо‘shimcha ovqat (sutli bо‘tqa) berish mumkin. Ammo, bola yaxshi semirmayotgan, ichi suyuq kelayotgan paytda qо‘shimcha ovqat berilishini sutli bо‘tqadan boshlash lozim. Sabzavotli qо‘shimcha ovqatni faqat bir turdagi sabzavot (kartoshka, qovoqcha)dan boshlab, asta – sekinlik bilan ovqatlar tarkibiga gulkaram , sabzini, sal keyinroq esa pomidor va kо‘k nо‘xatni kiritiladi. Donli qо‘shimcha ovqat sifatida quruq tez eruvchan bо‘tqalar juda qulaydir. Bu maxsulotlar, shuningdek, bolalar ovqati konservalarining afzallik joyi shundaki, ularning tarkibi, havfsizligi va asosiy vitaminlari rasoligiga, shuningdek kalsiy va temir moddasi bilan tо‘yintirilganligiga kafolat beriladi. Dastlabki qо‘shimcha ovqat sifatida bо‘tqalar bera boshlaganda, glyutensiz donlar – guruch, marjumak (grechixa) va juxori unidan foydalaniladi. Buning sababi shundaki, glyutenli donlar ( manna bо‘tqasi) bolalar hayotining birinchi oylarida glyutenli enteropatiya (oshqozon ichak kasalliklari) rivojlanishiga sabab bо‘ladi. Tvorogni sog‘lom, meyorida rivojlanayotgan bolalarga 5-6 oylikdan boshlab tayinlanadi, chunki ona suti bu vaqtga kelib tayinlangan qо‘shimcha ovqat bilan birga bolaning oqsil moddaga bо‘lgan ehtiyojini qondira oladi. Tvorog esa qо‘shimcha oqsil manbaidir. Tuxum sarig‘ini tabiiy ovqatlantirishda 6 oylikdan keyin berishga ruxsat etiladi. Uning vaqtliroq berilishi kо‘pincha bolalardagi yuqori (sensibillovchi) faollik oqibatida allergik reaksiya yuz berishiga olib keladi. Gо‘sht bolaning kundalik ovqatlari tarkibiga 7 oylik bо‘lganidan sо‘ng kiritiladi. Gо‘shtni avval ezilma (pyure) shaklida bera boshlab, keyinroq qiymali frikadelkalar (8-9 oylikda ) va bug‘da pishirilgan kotletlar ( 1 yoshga yetay deb qolganda)ga о‘tish mumkin. 8-9 oylik bо‘lgach, bolaga haftasiga 1-2 marta gо‘sht о‘rniga baliq berish mumkin. Qatiq maxsulotlari, shu jumladan, probiotiklar ham salmoqli darajada fiziologik qiymatga ega taom hisoblanadi (ichak mikrobiosenoziga ijobiy ta’sir qiladi – yо‘g‘on ichakdagi kasallik qо‘zg‘otuvchi mikroorganizmlarning о‘sishini tuxtatadi ). Shu sababli ham sog‘lom bolalar ovqatlanishida keng qо‘llanilishi ichak kasalliklarida, ovqat allergiyasida, laktaz yetishmovchilik va boshqa xolatlarda yordam beradi. Chaqaloqlarga faqat moslashtirilgan qatiq maxsulotlari berish tavsiya etiladi. Moslashtirilmagan qatiq maxsulotlarini qо‘shimcha ovqatlantirishda 8 oylikdan keyin qо‘llash mumkin. Sun’iy ovqatlantirishdagi bolalarga tabiiy ovqatlantirilayotgan bolalarga qaraganda ertaroq qо‘shimcha bera boshlash mumkin. Buning sababi shundaki, sun’iy ovqatlantiriluvchi gо‘daklar ona sutining о‘rnini bosuvchi aralashmalar tarkibining о‘zidayoq “begona” ovqat maxsulotlarini ola boshlaydilar: sigir suti, glyukozali siroplar; tarkibida yetarlicha miqdorda yangi ovqat moddalari - oqsillar, oligosaxaridlar, lipid moddalari mavjud bо‘lgan о‘simlik yog‘lari tufayli tuzilishi jig‘atidan ona sutidan farq qiladi (6.6-jadval). Sun’iy ovqatlantirishda bolalarning kundalik ovqati (ona suti о‘rnini bosuvchi aralashmalar) tarkibiga qо‘shimcha ovqat (sabzavotli ezilma) – 4,5-5 oylikdan boshlab va ikkinchi qо‘shimcha ovqat (donlar asosida) -5,5-6 oydan keyin. Birinchi qо‘shimcha ovqat sifatida bо‘tqalardan foydalanish mumkin. Meva sharbatlari va ezilmalarini 3 va 3,5 oylikda tayinlash mumkin. Zarurat tug‘ilganda qatiq maxsulotlari, yangi sog‘ilgan sigir suti tabiiy usulda ovqatlantirilayotgan bolalarga nisbatan ertaroq – 6 – 7 oylikdan boshlab kundalik ovqatlar tarkibiga kiritiladi 6.6-jadval Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling