Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari


Download 82.69 Kb.
bet12/12
Sana17.12.2022
Hajmi82.69 Kb.
#1026130
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
diss (2)

Boblar yuzasidan xulosa
Bola tarbiyasi oiladan, bolalar bog`chasidan boshlanadi. Ularning ongiga milliy axloq-odob, yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat tuyg`ularini singdirishni aynan shu davrdan boshlash kerak. Bu jarayon maktab, o`rta maxsus va oliy ta`lim muassasalarida davom ettirilib, shu yo`l bilan takomillashtirib boriladi. Voyaga yetmaganlar o`rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bunga mas`ul davlat idoralari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2000-yil 21 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida» 360-sonli qaror qabul qilindi. Mazkur qaror voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni yangi bosqichga ko`tarishga hamda mutasaddi idoralarning tashabbuskorlik bilan faoliyat ko`rsatishiga huquqiy zamin yaratdi. Yurtimizda voyaga yetmaganlarni ommaviy sportga jalb qilish borasida ham aniq tizim yaratildi. Jumladan, keyingi to`rt-yilda 244 ta zamonaviy sport-sog`lomlashtirish majmuasi bunyod etilib, ularga 113 ming nafarga yaqin o`g`il-qiz jalb qilindi.
Bugungi kunda voyaga yetmaganlarning ma`naviy saviyasini yuksaltirishda zamonaviy imkoniyatlardan unumli foydalanish masalasiga jiddiy e`tibor berilmoqda. Jumladan, komissiya sa`y-harakatlari bilan o`quv muassasalarida axloqiy mavzudagi telefilmlar namoyishi yo`lga qo`yildi. Shuningdek, komissiya tashabbusi bilan o`smirlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan hujjatli filmlar yaratilib, o`quv muassasalariga tarqatilmoqda. Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlarga rioya etilishini ta`minlash yuzasidan hududiy komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda onalik va bolalikni muhofaza etish, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi samaradorligini oshirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga muhtoj guruhlarga kiradigan bolalarni aniqlab, ularning 71 tarbiyasi bilan band bo`lishga alohida e`tibor qaratildi. Bu borada o`tkazilgan tadbirlar natijasida o`tgan-yili voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik va o`z joniga qasd qilish kabi holatlarda sezilarli pasayish yuz berdi. «Yoshlar yili» Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishning huquqiy mexanizmini yanada takomillashtirish, voyaga yetmaganlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida jinoyat va ma`muriy javobgarlik to`g`risida qonun hujjatlariga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Hududiy komissiyalar tomonidan ham bu borada ko`plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Toshkent shahar komissiyasi va prokuraturasi tashabbusi bilan joriy-yilning 9-10 iyul kunlari Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida o`rta maxsus, kasbhunar ta`limi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish maqsadida «Yoshlar mehnat yarmarkasi» tashkil qilindi. Mazkur mehnat yarmarkasiga 21 mingdan ziyod yoshlar jalb qilinib, ularning 3 ming nafari ishga joylashtirildi. Bunday tadbirlar Toshkent, Jizzax, Samarqand, Farg`ona, Surxondaryo viloyatlarida ham o`tkazildi. Farg`ona shahar prokuraturasi va voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyasi tashabbusi bilan 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan kam ta`minlangan oilalar va profilaktika hisobida turgan tarbiyasi og`ir bolalar o`rtasida «Biz tinchliksevar yurt farzandlarimiz» shiori ostida sport anjumanlari o`tkazildi. Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 40 nafar profilaktika hisobida turgan voyaga yetmaganlar uchun «Umid» harbiy-sport sog`lomlashtirish oromgohi tashkil qilinib, hozirda u samarali faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 2018-yilda Qoraqalpog`iston Respublikasi komissiyasi tashabbusi bilan 18 nafar, Qashqadaryo viloyatida 30 nafar, Xorazm viloyatida 140 nafar, Navoiy viloyatida 150 nafar, Namangan viloyatida 660 nafar, Sirdaryo viloyatida 950 nafardan ziyod kam ta`minlangan oila farzandlari va nog`iron bolalar respublikamizning so`lim go`shalarida maroqli hordiq chiqarishdi. Ushbu takliflarning asosiylaridan biri, bu jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilgan bolalarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilishdan ko`ra muqobil jazo yoki 72 boshqa tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish choralarini qo`llash amaliyotiga ko`proq e`tibor berilmoqda. Shuningdek, hududiy komissiyalar tomonidan ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalar haqidagi ma`lumotlar banki yaratilgani mazkur toifadagi bolalarni sog`lomlashtirish, ularga ta`limtarbiya berish, moddiy va psixologik yordam ko`rsatish dasturlarini amalga oshirishga ko`maklashmoqda. Bundan tashqari, maxsuslashtirilgan markazlarni zamonaviy jihozlash, hujjatlarni qayd etish tizimini joriy qilish va ta`lim dasturlari sifatini oshirish orqali bolalarni saqlash sharoitlari yaxshilandi. Jumladan, Buxoro, Nukus, Toshkent, Guliston va Samarqand shaharlaridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiyhuquqiy yordam ko`rsatish markazlari kapital ta`mirlanib, ularda ijtimoiy reabilitatsiya jihozlari o`rnatildi. Voyaga yetmaganlarni balog`at yoshiga etgunga qadar tarbiyalash bilan birgalikda ilmfan va kasb-hunarga qiziqtirib borish zarur. Yosh avlodning jismonan sog`lom, aqlan etuk va ma`nan barkamol bo`lib voyaga etishishi jamiyatda ular huquqlarining qay darajada muhofaza qilinishiga ham bog`liq. Zero, ular tarbiyasi, faoliyatiga beriladigan e`tibor yurtimizning yangidan-yangi yutuqlariga omil bo`ladi. Ushbu xulosaga asoslanib quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:
-ota-onalar yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslarni pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish zarur;
-voyaga yetmaganlarning axloqiy va huquqiy tarbiyasida muammolarni bilish shart;
- voyaga yetmaganlar tarbiyasidagi kamchiliklarni o`z vaqtida o`rganib, oldini olish;
-o`smirni noo`rin yoki bilib-bilmasdan jazolanishini oldini olish kerak;
- bolalarni ijtimoiy foydali mehnat bilan shu`ullanishiga sharoit yaratib berish lozim;
-bolani ortiqcha erkalatib yuborish (aytgani aytgan va degani degan holga kelib qolishi) ni oldini olish zarur;
-oilaviy muammolarning mavjudligi (oilaviy muhitning yaxshi emasligi, ishsizlik, ajralishlar, ko`chib yurish, yangi sharoitga o`smirni moslasha olmasligi, kasallik va iqtisodiy nochorlik kabilar) va bu muammolarni oqilona hal etish zarur;
-voyaga yetmagan shaxsning himoyasizligi, ya`ni uni eshitmaslik yoki tushinishni istamaslik, muammolar yechimiga qaratilgan to`g`ri yo`lni ko`rsatmaslik va yordam bermaslik kabi holatlarni oldini olish zarur;
-voyaga yetmagan shaxsni tengqurlari tomonidan kamsitilishi, tahqirlanishi, jismoniy choralar ko`rilishi va bunday muammoli holatlarni bartaraf etish zarur;
-oila, o`quv muassasasi va mahalla hamkorligining pedagogik-psixologik talablar darajasiga olib chiqish zarur;
- bolani ortiqcha tergash, nasihatgo`ylik qilish, har xil og`ir jismoniy ishlarga jalb qilish oqibatida mehnatdan bezdirish, bolani yosh, jins va individual-ruhiy xususiyatlarini inobatga olish zarur;
-nazoratsizlik oqibatida voyaga yetmaganlarni jinoyatni o`tab qaytganlar yoki jinoiy tajribaga ega bo`lganlar muhitiga tushib qolishini oldini olish zarur;
-tarbiyasi qiyin o`smirlarning sinf jamoasi bilan bo`ladigan munosabatlarini sog`lomlashtirish voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik xulqining oldini olishda muhim omil sifatida o`rin tutadi.

1


2 Stat.uz

3 L.Ya. Olimov, A.M. Nazarov.Xulqi og`ishganbolalar psixologiyasi. T-2020.



4 L.Ya. Olimov, A.M. Nazarov.Xulqi og`ishganbolalar psixologiyasi. T-2020.

5 N.G`.Komilova. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi. O`quv qo`llanma. T.- 2007.

6 G`.Shoumarov, B.Umarov, F.Akromova. Yoshlarda xulq og`ishi va tarbiya buzilishining oldini olish bo`yicha psixologik maslahatlar. Uslubiy qo`llanma. T.- 2015.

7 https://www.dissercat.com/content/vzaimosvyaz-deviantnogo-povedeniya-podrostkov-i-uslovii-obucheniya-vsovremennoi-shkole

8 Лейкина Н.С. Личность преступника и уголовная ответственность. – Л., 2006. – 9-б

9 Saxarov.A.B. “Voyaga yetmaganlar ishlariga doir amaliy-ilmiy maqolalar” Tarjima, Toshkent.: – 111-b.

10 Usmonaliev M., Karaketov Y. Kriminologiya. -T.: Yangi asr avlodi. 2002. -B.282

11 Fayzullayev A. Jamiyatda jinoyatchilikning o`sishi ijtimoiy xavfsizlikka taxdid sifatida - T .: Oliy maktab. 2007 y.

12 Abdurasulova Q. Kriminologiya fanidan ma'ruzalar tezisi. - T.: TDYI. 2005.B.15

13 Usmonaliev M., Karaketov Y. Kriminologiya. -T.: Yangi asr avlodi. 2002. -B.282



14 Abdurasulova Q. Kriminologiya fanidan ma'ruzalar tezisi. - T.: TDYI. 2005.B.15



15 Sattorova M. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish. - T.: TDYI. 2006.

16 Xodjaev M. Voyaga yetmaganlar jinoiy guruh ishtirokchilari. -T.: Hayot va qonun. 2005. -B.75

17 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha kommissiya qarori -T.: 2020-yil 11-aprel.

18 “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi O`RQ-406-son. –T.: 2016-yil 14-sentabr

19 Voyaga yetmaganlar: qarovsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishning dolzarb muammolari. Ilmiy - amaliy konferensiya materiallari. - T.: qonun himoyasida. 2005. -B.8.

20 Onalik va bolalikni himoya qilish masalalari bo`yicha qonun hujjatlari to`plami. -T.: “Adolat”. 2014. -B.220.

21 O`zbekiston Respublikasi Bazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha kommissiya qarori - T.: 2 - son. 2016-y 11-aprel. 3

22 International Centre for Prevention of Crime, Urban Crime Prevention and Youth at Risk: Compendium of promising strategies and programs from around the world, Montreal, 2005. www.wikipedia.org/Crime_prevention

23 National crime records Bureau. www.ncrb.gov.in/StatPublications//CII2016/Crime_in_India

24 R. Chalk., P. King Violence in families: assessing prevention and treatment programs, Committee on the Assessment of Family Violence Interventions, Board on Children, Youth, and Families. National Research Council and Institute of Medicine, Washington, DC: National Academies Press, 2004. 5

2525 Youth preventing crime programmes. // www.gov.uk/youth-crime-prevention-programmes

26 A. Ross, K. Duckworth, D. J. Smith, G. Wyness and Ingrid Schoon Prevention and Reduction: A review of strategies for intervening early to prevent or reduce youth crime and anti-social behavior // Research Report DFERR111, ISBN: 978-1-84775-906-1 Institute for Fiscal Studies May 2011.

27 Juvenile protection law Law No: 5395 Adoption Date : 3/7/2005 Published in O.G. : Dated: 15/7/2005 Numbered : 25876 Batch : 5 Volume. http://www.lawsturkey.com/law/juvenile-protection-law

28 Development of Work with Juveniles and Victims by the Turkish Probation Service. www.ec.europa.eu/neighbourhoodenlargemen_work_with_juveniles_victims_by_the_tk_probation_service_en


Download 82.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling