Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari
Download 82.69 Kb.
|
diss (2)
Beshinchidan, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 45 foizini (14
mln. 692 ming 500 nafar) voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Ya`ni, mamlakat aholisining asosiy ko`pchiligi yoshlar, xususan voyaga yetmaganlardan iborat. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-iyunda bo`lib o`tgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida yoshlarni uyushtira olmagan “Kamolat” haqida alohida to`xtalib, butun insoniyatga putur yetkazayotgan xavf-xatarlar haqida gapirar ekan, Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati qanday amalga oshirilayotgani, bu sohada qanday muammolar borligi, ularni qanday hal qilish kerakligi, bu borada yoshlar tashkilotining oʻrni qanday boʻlish lozimligi, degan savollarni oʻrtaga tashladi. Mazkur sohadagi kamchiliklarning doimiy tarzda uchrab turishi oqibatida uyushmagan, yaʼni, ishlamaydigan, oʻqimaydigan, tayin bir mashgʻulotga ega boʻlmagan, salbiy taʼsirlarga beriluvchi yoshlar soni ortib, yoshlar oʻrtasida jinoyat sodir etish, diniy ekstremistik oqimlarga, terrorchi guruhlarga qoʻshilib qolish holatlari koʻpayib borayotgani sababli 2016-yilda yoshlar ishtirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik, 23 ming 440 ta jinoyat sodir etilgani, yosh oilalar oʻrtasida 8 mingdan ortiq ajralish holati qayd etilgani barchamizni jiddiy tashvishga solishi kerak», dedi prezidentimiz. Binobarin aytib o`tish joizki, jinoyat sodir etilgach uning sababi va aybdorini aniqlagandan ko`ra, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirishbugungi davr talabi. Bu masalaga Yurtboshimiz ham alohida e`tibor qaratmoqda. Xususan, 2017-yil 15-noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazilgan edi. Unda yurtimizda yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga asosiy va muhim masala sifatida qarashimiz lozimligi hamda jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar bandligini ta`minlash, bilib-bilmay xato qilayotgan o`g`il-qizlarni to`g`ri yo`lga solish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasidagi ishlarga e`tibor yanada kuchaytirish masalalariga alohida to`xtalib o`tildi. Download 82.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling