Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari


Download 82.69 Kb.
bet3/12
Sana17.12.2022
Hajmi82.69 Kb.
#1026130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
diss (2)

Uchinchidan, 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi
demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi
islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog`liq bir qator yangi va muhim
vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz. Jumladan, Harakatlar
strategiyasining 2-yo`nalishi Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq
tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishiga bag`ishlanib, 2.4-bandiga
muvofiq “jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish
tizimini takomillashtirish” asosiy vazifa qilib belgilab qo`yilganligi ham mazkur
soha samaradorligini oshirishga bo`lgan tizim negizini belgilab beradi.
To`rtinchidan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev 2017-yil 30-iyunda bo`lib o`tgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
harakatining IV qurultoyida so`zlagan nutqlarida mamlakatimizda yoshlarga oid
davlat siyosati qanday amalga oshirilayotgani, bu sohada qanday muammolar
borligi, ularni qanday hal qilishimiz kerakligi, bu borada yoshlar tashkilotining
o`rni qanday bo`lishi lozimligi masalalari haqida atroflicha to`xtalib o`tdilar.
Xususan, Prezidentimiz nutqlarini atroflicha izohlab, “Ma`lumki, yosh avlod
tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo`lib
kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot
masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo`lsa, xalq shuncha
baxtli yashaydi”, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo`lishi uchun esa bu
masalada bo`shliq paydo bo`lishiga mutlaqo yo`l qo`yib bo`lmaydi”
deya alohida
takidlab o`tib, O`zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-
iyun kuni bo`lib o`tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O`zbekiston yoshlar
ittifoqi tashkil etilgani ma`lum qilindi hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil
topgan kun – 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb e`lon qilindi.
Endilikda bu sohada sezilarli darajada ijobiy yangiliklarga erishish katta kuch va ma`suliyat talab qilinishi belgilab qo`yildi.

Download 82.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling