Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari


-bоb. Maktab amaliyotida voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishga oid ijtimoiy-psixologik tajriba ishlarining samaradorligi


Download 82.69 Kb.
bet7/12
Sana17.12.2022
Hajmi82.69 Kb.
#1026130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
diss (2)

3-bоb. Maktab amaliyotida voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishga oid ijtimoiy-psixologik tajriba ishlarining samaradorligi.
3.1. Maktab amaliyotida voyaga yetmaganlar huquqbuzarligini oldini olishga doir tajriba-sinov ishlarining mazmuni.
3.2. Tajriba - sinov ishlarining natijalari va ularning statistik tahlili.
3-bоb хulosа.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kafedra mudiri: (imzo) Norbosheva M. O
Ilmiy rahbar: (imzo) Umarov B. M
Маgistr: (imzo) Chorshanbiyeva J. B


I BOB. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi muammosini o‘rganish ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti sifatida.

    1. Delikvent axloq – deviant xulq-atvor shakli sifatida

Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lib, u o‘zi istiqomat qilayotgan ijtimoiy muhit tartib va qoidalariga bo‘ysungan holda yashashga majburdir. Ularga bo‘ysunmaslik esa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning sodir etilishiga sabab bo‘ladi. Jinoiy yoki g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar insonning ijtimoiy tartib, qoida va talablarga zid bo‘lgan xatti-harakatlari ko‘rinishidir.Ijtimoiy tartib-qoidalarni buzish ijtimoiy me’yorlardan og‘ish xulqi bilan ham ifodalanadi. Shu boisdan
ijtimoiy me’yorlardan og‘ish tushunchasini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish voyaga yetmaganlarda huquqbuzarlik xulqining ijtimoiy-psixologik omillarini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Jinoyatchilik hodisasini bir butun deb oladigan bo‘lsak, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi uning ajralmas, joiz bo‘lsa, asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Chunki, bolalik yoki o‘smirlik yoshidan
boshlangan qonunbuzarlik yoki jinoyatchilik ba’zan kishining butun umrini qamrab olishi mumkin. Shu boisdan bugungi kunda butun dunyo miqyosida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosini har tomonlama tadqiq etish va uning oldini olish masalasi eng dolzarb masalalardan biriligicha qolmoqda. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini ilmiy o‘rganish borasida olib borilgan tadqiqotlarni kuzatar
ekanmiz, bu muammo yuzasidan xilma-xil fikr-mulohazalar va qarashlar o‘rtaga tashlanganligining guvohi bo‘lamiz. Quyida biz delinkvent xulqning ilmiy – nazariy asosi hamda turli davrlarda jinoyatchilik xulqi va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosini qator tadqiqotchilar tomonidan o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarni va bu yo‘nalishda bildirilgan fikr-mulohazalarni tahlil qilishga harakat qilamiz.
Huquqiy demokratik davlat fuqarolarining turmush tarzi – ijtimoiy tartib - qoidalarga bo‘ysunish,qonunlarga itoat qilish, jipslik, hamkorlik, do‘stlik, sadoqat tushunchalariga sodiq qolish, burch va vazifalarni sidqidildan ijro etish, sog‘lom turmush tarzini kechirish, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy jihatdan barkamollikka intilish, mamlakati va xalqining farovonligini ta’minlashda faol ishtirok etish bo‘lib hisoblanadi. Tabiiyki, bunday xislatlarga ega bo‘lgan har bir fuqaro jamiyatda mustahkam o‘z o‘rniga, mavqeiga, izzat-hurmatga, obro‘ga sazovor bo‘ladi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan kishilik jamiyatida ijtimoiy tartib-qoida va qonunlarni buzish va turli xil qonunbuzarlik holatlari uchrab turadi. Bunday
holatlar o‘z-o‘zidan delinkvent xulq. ya’ni qonunbuzarlik tushunchasini ilmiy jihatdan o‘rganish va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan muayyan tadbirlarni olib borishni taqoza qiladi. Qolaversa, ijtimoiy tartib-qoidalarni buzish, qonunbuzarlik holatlari davlatning nafaqat ichki salohiyatiga balki, tashqi faoliyatiga ham putur yetkazishligini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu muammoni ilmiy jihatdan o‘rganish zaruriyati yanada oshadi. Delinkvent xulq (qonunbuzarlik, g‘ayriijtimoiy xulq) muammosi ko‘pgina ijtimoiy – gumanitar fanlarning o‘rganuvchi sohasi hisoblanadi.
Kriminalistika, sotsiologiya va yuridik psixologiyada delinkvent xulq tushunchasini ilmiy va nazariy jihatdan asoslash yuzasidan xilma-xil fikrlar, yondashuvlar mavjud. Psixologik adabiyotlarda qonunbuzarlik xulqi delinkvent xulq sifatida talqin qilinadi. «Delinkvent» so‘zi lotincha «deliquens» so‘zidan olingan bo‘lib, xatti-harakat, gunohkor ma’nosini anglatadi. Bu atama ma’nosini shaxsning g‘ayriqonuniy xulqi ya’ni, muayyan shaxs tomonidan sodir etilgan xatti-harakat, jamiyat tartib-qoidalari, qabul qilingan qonunlarga itoat etmaslik, kishilarga va jamiyatga putur yetkazishlik va oxir oqibatda jinoiiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi hodisa deb tushunish mumkin. Boshqacha qilib aytganda delinkvent xulq - jamiyat hayotida amal qilinadigan tartib-qoidlarni buzishdir. Gʻayriqonuniy xulq-atvorni namoyon etuvchi shaxs delinkvent shaxs deb ataladi. Delinkvent shaxs xulq-atvorida ijtimoiy tartib-qoidalarni buzishga yo‘naltirilgan moyillik mavjud bo‘ladi.
Chet elda keng tarqalgan “delikvent” atamasi, voyaga yetmagan jinoyatchilarga nisbatan qo'ilaniladi. Ma’lumotlarga qaraganda delinkvent - bu 18 yoshgacha bo‘lgan shaxs, uning xulq-atvori guruh yoki individga zarar yetkazadi va jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida me’yoridagi ijtimoiy guruhlar bilan o'rnatilgan chegaradan oshgan deb izoh keltirilgan. Voyaga yetganidan keyin delinkvent avtomatik tarzda jamiyatga qarshi shaxsga aylanadi. 3
Maxsus adabiyotda ko‘rib chiqilayotgan atama turli ma’nolarda qo‘llaniladi. A.E.Lichko ”o‘smir“ psixologiyasining amaliyotiga “delinkventlik” tushunchasini olib kirib, uning yordamida jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan, jamiyatga qarshi mayda harakatlarni chegaralab qo`ydi. Masalan: Maktabga bormaslik, assotsiativ guruhga tegishligi, mayda bezorilik, zaiflarni tahqirlash, kichik miqdorda pullarni tortib olish, mototsikllarni ohb qochish va hokazo.
V.V.Kovalyov delinkventlikning bunday tushunchasiga qarshi delinkvent xulq-atvorni - jinoiy xulq-avtor ekanligiga ishora qiladi.4
Delikvent muhitni xarakterlovchi ijtimoiy-psixologik yondashuvning muhim tushunchasi jinoiy kriminal submadaniyat ta’rifi hisoblanadi. Jinoiy submadaniyat - jamiyatning cheklangan qismiga, jinoiy yo‘nalishdagi fuqarolarga nisbatan bo‘lgan ma’naviy hayotdir. Jinoiy submadaniyat huquqbuzarlarni birlashtiradi, ularning axloqini tartibga soluvchi sifatida chiqadi. Lekin uning asosiy xavfi shundaki, u jamiyat ongini buzib ko‘rsatadi, jinoiy tajribani boshqa shaklga aylantiradi, aholining odamoxunligini zaiflashtiradi, yoshlarni ijtimoiylashtirish jarayonini susaytiradi, ma’lum huquqiy me’yorlarni buzishning (masalan, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash) maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakllantiradi, ayrim toifadagi jinoyatchilarning ijobiy qiyofasini yaratadi, aksincha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam beruvchi fuqarolarni qoralaydi. Boshqacha aytganda, bu jihatdan jinoiy submadaniyat umumiylikni, avvalambor, yoshlar muhitini kriminallashtirishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Submadaniyatning markaziy elementi kriminal psixologiya, ya’ni jinoiy hayot tarzi va huquqbuzarlik sodir etilishini oqlovchi va rag‘batlantiruvchi odamlar ongida yozilmagan ijtimoiy qadriyatlar va tasavvurlar tizimi hisoblanadi.
Submadaniyatning boshqa eng muhim elementi – bu axloqning kriminal me’yorlari (qoidalari)dir, ular jinoiy hamjamiyatning, uning a’zolarining ijtimoiy maqomi va huquqlari; huquqni muhofaza qiluvchi organlar va axloq tuzatish muassasalari ma’muriyatiga munosabati; ozodlikdan mahrum etish joylaridagi va turmushdagi xulqi; mehnatga munosabati; shaxslararo ziddiyatlarni hal qilish tartibi; jinoiy hamjamiyatga yangi a’zolarni qabul qilish («propiska»qilish) marosimlari; «yig‘ilish»lar qilish tartibi va «qonundagi o‘g‘rilar»ga toj kiydirish va hokazolardan iborat butun hayot faoliyati doirasini boshqaradi. Stratifikatsiya, ya’ni odamlarni jinoiy muhitdagi real hokimiyatga nisbatan ularning obro‘-e’tiboridan kelib chiqqan holda shartli iyerarxik guruhlarga ajratish jinoiy submadaniyatning o‘ziga xos elementidir. Jinoiy submadaniyatning boshqa bir o‘ziga xos elementi sifatida jinoiy muloqot, xususan, jargon (jinoiy til), laqablar, tatuirovkalar kabi vositalarni keltirish mumkin.
Rus psixologi V.L.Vasilyev jinoyatchilarning turli toifalarini tadqiq qilib, yaqin muhitning salbiy ta’siri, ularni ijtimoiylashtirish darajasining pastligi va egotsentrizmni ta’kidlab o‘tadi. Masalan, 85 % ga yaqin shaxsga qarshi jinoyatlar, jabrlanuvchilar bilan ish bo‘yicha, qarindoshlik, shaxsiy va boshqa yaqin aloqalar bilan bog‘liq shaxslar tomonidan sodir etiladi, ya’ni jinoyat munosabatlar keskinlashuvi oqibatida yuzaga kelgan ziddiyatning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Muallif og‘uvchi axloqni va delikventlarni o‘rganish uchun mazkur shaxs a’zosi bo‘lgan ijtimoiy guruhlar bilan chuqur tanishuvni qo‘llash zarur deb hisoblaydi. Uning fikricha, delinkventning eng yaqin muhitida qo‘llanilayotgan o‘zaro munosabatlar tuzilmasini o‘rganish, u a’zosi bo‘lgan ijtimoiy guruhning ruhiyatini bilish shaxs va jamiyatning, individual va jinoyatga moyil ong o‘rtasidagi aloqalarni ochish uchun zarurdir. Boshqa psixolog S.V.Kudryavsev – delinkvent axloqning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni tahlil qiladi. U mazkur omillarga ijtimoiy kayfiyat, axloq me’yorlari va stereotiplari, guruhiy bosim va guruhiy birdamlik mexanizmlarini, shuningdek, shaxslararo o‘zaro munosabatlar mexanizmini, shaxsda psixologik jarayonlarning shakllanishi, guruhiy va ijtimoiy maqomni qo‘lga kiritishni yoki mahalliy an’analar va udumlarni kiritadi.
S.V. Kudryavsevning fikrcha, ijtimoiy-psixologik jarayonlarning sifatli o‘zgarishlarini ochib berish va ular qanday modifikatsiyalarda jinoiy axloqni paydo qiluvchi omillar bo‘lib qolishini ko‘rsatishdan iboratdir. Buning uchun bu ko‘rinishlarni darajasi bo‘yicha ommaviy, guruhiy va individual (yakka tartibda) tizimlashtirish zarur. Bundan tashqari, u qayd etilgan jarayonlarni barqaror yoki ijtimoiy shart-sharoitlar o‘zgarishiga qarab kam o‘zgaradigan va kishining labil xususiyati bevosita bu sharoitlarga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga ajratishni taklif etadi. Bunday holda, shakllanishda va bevosita delikvent shaxslarni hosil qilishda nafaqat turli darajaga, balki turli dinamik xarakteristikalar va tashqi muhit shart-sharoitlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan ijtimoiy-psixologik omillar ishtirok etadi. Vaziyatli yo‘l-yo‘riqlar, sekin-asta shaxs va guruh tuzilmalarida, omma ongida mustahkamlanib borib, uzoq muddatli hosilalar xususiyatlarini o‘zida kasb etadi, ya’ni labil jarayonlar barqaror jarayonga aylanadi.
Ajratilgan darajalarga muvofiq shaxs og`ishgan xulqini determinatsiyalovchi quyidagi omillar guruhini aniqlash mumkin:
- Jismoniy muhitning tashqi sharoitlari;
- Tashqi ijtimoiy sharoitlar;
- Ichki nasliy-biologik va konstitusional tizim;
- Og`ishgan xulqning ichki shaxsiy sabablari va mexanizmlari;5
Tarbiya buzilishi va xulq og`ishining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar:
1)Ijtimoiy omillar:
- Erkinlik hamda ijtimoiy tartib qoidalardan qochish;
- Qulay sharoit qidirish, hissiy xotirjamlik;
- O`z (men)iga past nazar bilan qarash, boshqalarga tobelik;
- Moddiy kam ta’minlanganlikni his qilish, ota-ona xulq-atvoridan uyalish;
- Ijtimoiy tartib-qoidalarni buzish; huquqbuzarlik, bezorilik, mayda o`g`rilik, fohishalik, giyohvand moddalarni iste’mol qilish;
- Kam ta’minlanganlik, ota-onalarning ishsizligi;
2)Oilaviy omillar:
- Ota-ona, o`qituvchi, kattalar va bolalar o`rtasida muloqotdagi muammolar;
- Bolalar ga kattalar tomonidan diqqat-e’tiborning yetishmasligi;
- Ota-onalar bilan farzandlar o`rtasidagi o`zaro tushunishning yo`qligi va ikki tomonlama intilishning yetishmasligi;
- Ota-onalarning o`g`il va qiz bolalarga nisbatan qo`pol muomalada bo`lishlari;
- Ko`r-ko`rona otalik va onalik mehr-muhabbatining hukm surishi;
3)Shaxsiy omillar:
- O`rtoqlar, sinfdoshlari, boshqa tengdoshlari bilan o`zaro aloqa;
- O`z-o`zini tushunmaslik va o`ziga salbiy munosabat;
- Hayotiy yo`nalishlardagi orzu va havaslar;
- Ichki ruhiy yolg`izlik, o`zgalarning tushunmasligi;
- Baxtsizlikdan qiynalish, shaxsiy qiyinchiliklar;
- Shaxsiy muvaffaqiyatsizlik, muammolardan xavotirga tushish, irodasizlik;
- Tashkilotchi emasligi;
4) Fiziologik omillar:
- Agressivlik, jahldorlik, asabiylashish va ruhiy zo`riqish;
- Bolaning ko`p kasal bo`lishi;
- Qo`zg`aluvchanlikning kuchayishi;
- O`zini o`zi boshqara olmaslik;
- O`zlashtirishda aqlan qolib ketish;
- O`quvchining aqlan zaiflashishi;
- Psixofiziologik va jinsiy tomondan bir xilda rivojlanmaganlik;
- Tug`ma xususiyatlar;
- Tug`ma nuqsonlar;
- Orttirilgan.6
O`smirlarda deviant xulq-atvorning sabablari:
- Biologik omillar (genetik, psixofiziologik va fiziologik);
- Ijtimoiy omillar (makro va mezofaktorlar (davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz, mafkuraning o`zgarishiamiyatda an’anaviy qadriyatlar ta’sirining pasayishi, ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri va boshqalar), mikro omillar (bolalar rivojlanishi muammolari: oilada, guruhda, tengdoshlarda muloqot qilishdagi qiyinchiliklar va deviant ijtimoiy guruhlarning har bir bolaga ta’siri, maktabda bolani tarbiyalash va o`qitishning salbiy tomonlari);
- Psixologik omillar (yuqori darajadagi tashvish, tajovuzkorlik, intellektual rivojlanish darajasining pasayihi va o`z xatti-harakatlarini boshqarish qobiliyati, xatti-harakatlarning muvofiqligi, bolaning tushunmasligi, umumiy e’tirof etilgan “jamiyat me’yorlariga rioya qilish, shaxsning o`sishi, o`smirlarning shakllanishi”, xulq-atvorning asotsial motivlar guruhi va boshqalar)7
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, delinkvent xulq shaxs xulq-atvori og‘ishining bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham uning oldini olish ishlarini xulq og‘ishining oldini olish tadbirlaridan boshlash yaxshi natija berishini unutmaslik kerak.

Download 82.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling