Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari
Маvzuning respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo`nalishlariga mosligi
Download 82.69 Kb.
|
diss (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Мuammoning o`rganilganlik darajasi
2. Маvzuning respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo`nalishlariga mosligi: ........
3. Ishning davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog`liqligi. Таnlangan mavzu ТеrDU pedagogika instituti “......................................................................» mavzusidagi umumiy ilmiy tadqiqotlar dasturiga kiradi. 4. Мuammoning o`rganilganlik darajasi: Umumjahon muammolaridan biri hisoblangan voyaga yetmaganlar huquqbuzarligini tadqiq qilish borasida ko‘plab xorijiy va hamdo‘stlik mamlakatlarida va shu jumladan Respublikamizda bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ularda voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan qonunbuzarlik, alkogolizm va giyohvandlik singari illatlarnining kelib chiqishiga ta’sir etuvchiijtimoiy-psixologik omillar, voyaga yetmaganlar jinoyachiligining statistik, demografik, huquqiy va hududiy xususiyatlari har tomonlama ilmiy tahlil qilishga harakat qilinadi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida bir qator mutaxassislar yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik, giyohvandlik va alkogolizm kabi illatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-psixologik omillar va ularning oldini olish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar. Z.A.Astemirov, V.N.Myasishyev, F.V.Gobichiya, K.Ye.Igoshev, L.M.Zyubin, A.D.Glatochkin, B.F.Rayskiy Ye.V.Zayka, B.T.Kondrashchenko, L.I.Dolgova, G.G.Bochkareva, E.B.Melnikova kabi bir qator tadqiqotchilar o‘z tadqiqotlarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikning ijtimoiy-psixologik muammolarini, xususan bolalar psixologiyasiga makro va mikro muhitning ta’siri va uning jinoyatchilik xulqining kelib chiqishidagi o‘rni, yoshlar jinoyatchiligining asosiy sabab va motivlari hamda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritishga harakat qiladilar. G.M.Andreyeva, A.S.Belkin, Yu.V.Gerbeyev, I.A.Nevskiy, A.V.Zavalyuk, A.Jumaboyev, A.M.Dolgova kabi bir qator pedagog olimlar, L.I.Bojovich, A.A.Vdovchenko, G.G.Bochkareva, I.P.Bashkatov, A.N.Leontev, N.D.Levitov, Gʻ.B.Shoumarov, E.Gʻoziyev, V.M.Karimova, Z.F.Kamaletdinova, B.T.Kondrashchenko, N.A.Sog‘inov, G.Tulaganova, E.Quljonov, N.Komilova kabi psixolog olimlarning ta’kidlashlaricha, bolalarning ongi, xulqi hamda faoliyati mazmunini ularni qurshab olgan muhit belgilaydi. Ularning fikriga ko‘ra, bolaning ongi, xulqi, xarakteri mikro va makro muhitdagi faoliyati orqali boshqariladi. Ijtimoiy muhitdagi nosog‘lomlik esa bola ongi va xulqida turli og‘ishlarni keltirib chiqaradi. Bir qator tadqiqotchilar (M.N.Alemaskin, Z.V.Bayeryunas, N.Yu.Maksimova, A.I.Ostrovskiy, B.A.Mirenskiy va boshqalar) bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishining psixologik-pedagogik mexanizmlarini har tomonlama o‘rganmasdan turib, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish va uni diagnostika qilish ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq emasdir deb ta’kidlaydilar. B.A.Mirenskiy, B.A.Rayskiy, L.L.Konevskiy, I.D.Feldshteyn, I.L.Nevskiy kabi tadqiqotchilar bolalar va o‘smirlarni o‘qishga va ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish masalasi ular o‘rtasidagi qonunbuzarlik va xulq og‘ishi kelib chiqishining oldini olishda eng samarali yo‘ldir deb ko‘rsatadilar. Yu.M.Antonyan, A.M.Seleskiy, A.I.Miller, N.F.Kuznesova kabi bir qator sotsiolog va faylasuf olimlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-demografik omillarini tadqiq qilishga harakat qiladilar. Bir qator kriminalist tadqiqotchilar (I.G.Batku, A.A.Gabiani, A.I.Kochetov I.B.Mixaylovskaya, S.V.Kudryavsev, G.P.Bochkaryova, U.S.Djekebayev, Y.Karaketov, Q.Abdurasulova, Z.S.Zaripov, I.Ismailov, O.A.Karimova) yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik muammosini tahlil qilar ekan, uning kelib chiqish sabablarini ijtimoiy va oilaviy muhitga bog‘lab ko‘rsatish bilan bir qatorda huquq va tartibni saqlash organlari xodimlarining bu sohadagi olib borayotgan profilaktik ishlari samarasi bugungi kunda talab darajasiga javob bermasligini ta’kidlab o‘tadilar. Keyingi yillarda boshqa mamlakatlardagi singari Respublikamizda ham voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Xususan, bolalar va o‘smirlarda ijtimoiy foydali faoliyatga nisbatan ongli dunyoqarashni shakllantirish, ularning ma’naviy olamini o‘stirish, yoshlarni milliy qadriyatlar, urf-odat va a’analar ruhida tarbiyalash ular o‘rtasida qonunbuzarliklarning oldini olishning muhim omillaridan biri ekanligi masalasi A.I.Miller, G.M.Kerimov, N.Yu.Maksimova, I.A.Nevskiy, A.I.Ostrovskiy, E.Quljonov, D.I.Abdullayev, B.M.Umarov kabi bir qator pedagog va psixolog tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlansa, ayrim tadqiqotlarda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarliklarning kelib chiqish sabablari o‘qituvchi, ota-ona va atrof-muhitga bog‘liqligi, ularning oldini olishda esa oila, maktab va keng jamoatchilik hamda qonun posbonlari hamkorlikda faoliyat yuritishlari muhim ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, qonunbuzar o‘smirlarning shaxs xususiyatlari va ularning o‘z-o‘zini baholash xususiyatlari hamda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining motivatsion asosini tahlil qilishga bag`ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarini kuzatishimiz mumkin. Download 82.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling