Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari
Download 82.69 Kb.
|
diss (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”
“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning
profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–262-sonli qonuni talablari va mazmun-mohiyatiga e`tibor beradigan bo`lsak, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish, voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berishdan iborat. Yuqoridagilarga asoslangan holda ushbu mavzuning dolzarbligini quyidagi omillar bilan asoslash mumkin: Birinchidan, ilmiy ishning dolzarbligi BMT tomonidan 1980-yilda aynan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish maqsadida qabul qilgan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo`yicha rahbariy tamoyillari” nomli normativ-huquqiy hujjati ham isbotlaydi. BMT tomonidan bu borada alohida normative-huquqiy hujjatning qabul qilinishi ushbu masalaning butun dunyoda tashvishli masalalardan biri ekanligini isbotlaydi. Ikkinchidan, Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an`ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma`naviy yetuk va jismonan sog`lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilishi davomiy tarzda rivojlanmoqda. Mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida 2016-yil 14-sentyabr kuni qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo`lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro`yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi. Download 82.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling