Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari
Ayrim xorijiy davlatlarda voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari
Download 82.69 Kb.
|
diss (2)
2.2. Ayrim xorijiy davlatlarda voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari.
AQSHda voyaga yetmagan shaxslar huquqbuzarliklari – bolalar va o`smirlarning, xususan, o`n sakkiz yoshga to`lmaganlar tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyatchilikka tegishlidir. Ko`p tadqiqot va munozaralar AQSHda voyaga yetmaganlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning muammosiga qaratilgan. Tadqiqot, asosan, voyaga yetmaganlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning sabablari va qaysi strategiyalar yoshlar orasida jinoyatchilik darajasini muvaffaqiyatli kamaytirganligiga qaratilgan. Garchi tadqiqotlar munozarali bahslar va tortishuvlarga sabab bo`lsa-da, ko`plab munozaralar yoshlar uchun qamoqxonada yoki boshqa joylarda jazoni o`tash va qayta tiklash yuzasidan bo`ladi. Demografiya shaklining AQSHdagi ko`rinishiga e`tibor qaratgan holda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilikning ahvoli haqida taasavurga ega bo`lishimiz mumkin. 2013-yilga kelib Qo`shma Shtatlarda taxminan 75 million voyaga yetmagan bolalar bo`lgan. Jumladan, amerikalik to`rt kishidan bittasi voyaga yetmagan huquqbuzar bolalar hisoblangan. Xususan, 2009-yilda AQShda 74,5 million voyaga yetmaganlar bor edi, bu 2007-yilga nisbatan 2 millionga ko`pdir, AQSHda voyaga yetmagan bolalar soni kamida 2015-yilga qadar ko`paytirilishi mo`ljallangan. Aslida, bolalar va oila statistikasi federal idoralari 2050-yilga borib, voyaga soni 101,6 millionga yetishi mumkinligini bildirgan. Agar voyaga yetmagan bolalarning jinoyatchilik darajasi aholi, hatto tendensiyalar bilan ortishi kerak bo`lsa, bu minglab voyaga yetmagan bolalar jinoyatchiligiga aylanib qolishi mumkinligini ham pragnoz qiladi. Shuningdek, 2009-yilda bolalar o`rtasida 0-5, 6-11 va 12-17 yoshdagi bolalar guruhlarining uchta klassifikatsiyasi taxminan solishtirilganda teng ko`rsatkichlar bilan baholangan. 2009-yilda voyaga yetmaganlar masalalari bilan alohida tarkibda ish olib boruvchi Adliya va jinoyatchilikni oldini olish idorasi tomonidan ma`lumotlar e`lon qilinishiga ko`ra, barcha voyaga yetmagan jinoyat sodir etgan 58 bolalarning 57 foizi oq tanlilar, 10 foizini qora tanlilar, 1 foizini amerikalik hindular, 5 foizi Osiyoliklar, 22 foizi ispanlar tashkil etgan. Voyaga yetmagan bolaning voyaga yetmagan huquqbuzarga aylanish ehtimoli bilan bevosita bo`liq bo`lgan ko`plab omillar mavjud bo`lib, o`z o`rnida ular bir biridan keskin farq qiladi. Xususan, bolaning qashshoqlik darajasi irqi va yashash joyiga qarab farq qilishi mumkin (va bu yerda tilga olinmagan boshqa omillar ham mavjud). Misol uchun, 2009-yilda qora tanli ispan bolalari oq tanli bolalarga qaraganda uch barobar ko`proq kambag`al bo`lishi qayd etilgan. Bundan tashqari, 2010-yilda barcha bolalarning 21 foizi qashshoqlikda yashayotganliklari aniqlangan. Ushbu qashshoqlikning 13 foizi ikkita oilada yashagan, 40 foizi bitta ota-ona bilan, 43 foizi faqat bitta ona, 22 foizi faqat bitta otasi bilan yashagan va qashshoq bolalarning 43 foizi yolg`iz yashagan hech qanday ota-onasi bo`lmagan. Ushbu statistik ma`lumotlarga ko`ra, bola qashshoqlik darajasining o`sishi, bolaning o`z ota-onasi bilan juda kam birga yashashidan dalolat beradi. Yuqorida qayd etilgan demografik statistika, voyaga yetmagan bolalarga xosdir, bu esa, o`z navbatida, voyaga yetmagan huquqbuzarlik bilan chambarchas bo`liqdir. Yuqorida keltirilgan demografik ko`rsatkichlarning aksariyati davlat darajasida o`zgarib boradi. Voyaga yetmagan huquqbuzarlarning jinoyatlarini sodir etish vaqtlari ular maktabda bo`lmagan paytlari bilan ham uzviy bog`liqdir. Jumladan, maktab kunlarining davomiy dars o`tilishi paytida darsdan keyin voyaga yetmagan bolalar jinoyatchiligi pasayib, kunduzgi va kechqurun qo`shimcha mash`ulotlarining qolgan vaqtlarida jinoyat sodir etish darajasi keskin tushib borganligi kuzatilgan. Shuningdek, ta`til kunlari yoki maktabga borilmaydigan kunlarda tushdan keyin, kechqurun soat 19:00 dan kechki 21:00 gacha (odatda tungi vaqtda) voyaga yetmaganlar tomomidan sodir etiladigan jinoyatchilikning statistikasi kun sayin ortib borishi ham aniqlangan. So`nggi yillarda davlat maktablari yomonlashgani sababli, maktabdan keyingi tadbirlar uchun imkoniyat kamaygan, shu davrga kelib shahar bog`lari va dam olish maskanlari moliyalashning qisqartirilishiga uchragan, har ikkala omil ham o`sha soatlarda 59 bolalar uchun yuqori xavfli muhitni yaratilishiga zamin yaratib quydi. Bu voyaga uchun maktabdan tashqari dasturlar va tadbirlarni moliyalashtirish voyaga yetmagan bolalar jinoyatchiligiga qarshi kurashda ancha samarali bo`lishi mumkinligini ko`rsatadi. Ahamiyatlisi shuki, AQSHda aynan Erkak fenomenidagi voyaga yetmaganlar orasida jinoyat sodir etilishi ildamlab boryotganligi sezilmoqda. Ushbu ko`rsatkich shunisi bilan farqlanadiki, voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarning sodir etilishida bolalarning aksariyati erkaklar yoki o`g`il bolalar ekanligidir. Qo`shma Shtatlarda o`g`il bolalar tomonidan jinoyat sodir etilishi qizlarga nisbatan besh marotaba ko`proqdir. Bundan tashqari, bolalar nima uchun qizlarga qaraganda ko`proq jinoyatlarni sodir etganligi haqida ko`plab izohlar mavjud. Ulardan biri erkaklar va o`g`il bolalarning ayol va qizlarga qaraganda tabiiy ravishda tajovuzkor ekanligi bilan baholanadi. Bu nazariya erkak va o`g`il bolalarning ijtimoiy bosimlari tajovuzkor bo`lishi sababli ko`proq jinoyatlar sodir etgan degan fikrni bildiradi. Boshqa bir nazariyaga asosan, o`g`il bolalarga nisbatan atrofdagilarning qanday munosabatda bo`lishlari ko`proq jinoiy harakat bo`lish yoki bo`lmasligiga sharoit yaratadi. Amerika Qo`shma Shtatlari federal hukumati voyaga yetmagan huquqbuzar bolalar bilan ishlashni, 1974-yilgi voyaga ga nisbatan odil sudlovni va huquqbuzarlik aktini birlashtiruvchi qonunlarni qabul qilishdan boshlagan. Ushbu harakat Adolat Departamenti huzuridagi Voyaga yetmaganlar adliya va jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi (YUNISEF) tomonidan voyaga jinoyatchiligiga qarshi kurash bo`yicha grantlar (yiliga 900.000 AQSh dollari atrofida) dasturlar, voyaga jinoyati bo`yicha milliy statistikani yig`ish, yoshlar jinoyati bo`yicha tadqiqotlarni mablag` bilan ta`minlash va voyaga yetmaganlarni himoya qilish bo`yicha to`rtta antikonferensiya mandatini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, harakat buyruqlarida quyidagilar aks etgan: 1) Institutsionalizatsiya: masalan voyaga yetmaganlar tomonidan yolg`onchilik, qochish va alkogol va tamaki bilan qamoqqa tushish kabi jinoyat hisoblanmaydigan, ya`ni “muqim” sodir etib turiladigan huquqbuzarliklari uchun ayblangan yoshlar- politsiya tomonidan ushlab turilishi yoki qamalishi mumkin emas (qurolga ega bo`lgan voyaga yetmagan shaxsni ushlash bundan mustasno). Ushbu buyruq bilan bog`liq bo`lgan tahlikali muammolar shtat va mahalliy qonunlarni bekor qiladi. 2) Ajralish: Hibsga olingan yoshlar qamoqda bo`lgan katta yoshdagilardan qat`iy ravishda ajratilishi kerak. Ushbu “ko`zdan va ovozdan yiroq” buyrug`iga ko`ra, voyaga yetmagan bolalardan birontasi qamoqda saqlanayotgan kattalarga xizmat qiladigan holatda ularga ovqat berilmaydi va voyaga yetmagan bola kattalar so`roq qilinadigan xonani kesib o`tgan yo`lak bo`ylab yurishi mumkin emas. Ushbu talab mahalliy hokimiyat organlariga voyaga yetmaganlarga va katta yoshdagi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan alohida tartibda ish ko`rish lozimligini nazarda tutadi. Biroq bu borada kichik shaharlar, shahar va qishloqlar soliq to`lovchilarning jinoiy adliya harajatlarini sezilarli darajada oshiradi. Tizimning tarafdorlari ta`kidiga ko`ra, ushbu tizim kattalar va bolalar ajratilgan vaqtda voyaga yetmagan shaxsning jazoni ijro etish vatida qayta tarbiyalanib chiqishiga ijobiy zamin yaratadi, ularning takroran jinoyatga qiziqishi va jinoyat sodir etishini oldini olishga birmuncha ko`makalashadi, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarida jinsiy zo`ravonlikning ko`rsatgichlarini pasayish darajasiga olib keladi. 3) Qamoqda ushlab turishni bekor qilish: Umuman olganda, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat ishi ko`rilayotganda sudlar shu jihatga e`tibor berishlari lozimki, voyaga yetmagan shaxsni qamoqqa olish yoxud ushlab turishda kattalarni ushlab turadigan qamoqxonalarga yuborilishi mumkin emas. Aktda, ota-onalarga topshirilishi kutilayotgan voyaga muassasalariga, sudga yoki qamoqda ushlab turish uchun identifikatsiyalash, ishlov berish, so`roq 61 qilish va o`tkazish uchun olti soatlik istisno belgilangan joylarda saqlanishi lozim. Aktda faqat qishloq joylarida 24 soatdan ortiq ushlab turish qoidasi mavjud. AQSHda voyaga yetmagan jinoyatchiligini oldini olish. AQSH hukumati voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish va xavf ostida bo`lgan bolalarni jinoyatlardan uzoqlashtiradigan samarali usul bu - muammoni hal qilishdan oldin muammoga zamin yaratmaslik deb baholaydi. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik sabablarini ko`rib chiqadi va ushbu sabablarni kamaytirish yoki yo`q qilishga harakat qiladi. Ba`zi sabablar, agar ularni bartaraf etish qiyin bo`lsa ham, aqlga sig`maydigan darajada ko`rinadi. Biroq, mamlakat tomonidan bir qancha dasturlar ishlab chiqilib, bu tizimdagi muammolarga yechim sifatida quyidagi chora-tadbirlar tizimi shakllantirilmoqda. Bular: • ota-onalar uchun ishga joylashish imkoniyatlari; • bolalar uchun ta`lim olish imkoniyatlari; • maslahat va reabilitatsiya xizmatlari orqali uy sharoitini yaxshilash choralaridir. Ushbu o`zgarishlar nafaqat uyda yanada ijobiy muhitni yaratish, balki kambag`allikdan holi tarzda sharoit tashkillashtirib, jinoyatga moyil bo`lgan xavfli oilalarni sog`lom hayot kechirishga jalb qilish uchun ham ishlaydi. Bevosita bartaraf etilishi mumkin bo`lgan sabablardan biri bu - ruhiy kasallikdir, chunki ba`zida bu kasalliklar tug`ilishdanoq insonda mavjud bo`ladi. Shunga qaramay, konsultatsiya va reabilitatsiya markazlari ushbu kasallikning salbiy ta`sirini kamaytirishga yordam beradi. Masalan, irratsional va zo`ravon xatti-harakatlar kuzatilgan holatda ulardan xalos bo`lishning bosqichma-bosqich usul va uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo`llashda yordam beradi. Yuqorida aytib o`tganimizdek, ayrim odamlar, jinoyatchilik barcha shaxslarning shaxsiy yoki aqlsiz qaror qabul qilishi natijasidan kelib chiqishini, shundan so`ng aniq jinoyatni sodir etish yoki yo`q qilish kerak bo`lgan yagona holatga tushishiga ishonadi. Oxir-oqibat inson o`z qarorlarini idora qila olmay jinoyatga qo`l urish tanlov variantini tanlashi insonning o`zgarmas tabiatiga bo`liq ekanligiga 62 ishonadilar. Biroq, voyaga yetmagan shaxslarning tanlovlarini nazorat qilishning biron bir usuli borligiga va voyaga yetmagan huquqbuzarlikning sabablarini bartaraf etishga ishonish juda muhim sanalib, bu o`rinda ota-onalarning roli muhim ahamiyatga egadir. Qo`shma Shtatlar atrofida ko`plab bolalar jamg`armalari va tashkilotlar mavjud, ular o`zlarini voyaga yetmagan huquqbuzarliklarni kamaytirish va yo`q qilishga bag`ishlamoqdalar. Ushbu tashkilotlarning aksariyati yuqorida qayd etilgan voyaga yetmagan huquqbuzarlikning sabablari uchun vaqtini va pullarini mazkur turdagi ishlarni nazorat qilish uchun sarflaydi. Voyaga yetmagan bolalar bilan ishlash adliya va jinoyatchilikni oldini olish idorasi: AQSh Adliya vazirligining bir qismi bo`lib, ushbu jinoyatchilikning oldini olish agentligi buhuquqbuzar va jabrlanuvchilar sifatida voyaga yetmaganbolalar uchun mo`ljallangan barcha tadqiqot, profilaktika dasturlari va reabilitatsiya dasturlariga yo`naltirilgan. Hamkorlik yo`li bilan ushbu tashkilotlar voyaga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov siyosati va amaliyotini takomillashtirish va yanada xavfsizroq jamoalar va mahalla tashkil etishni maqsad qiladi. Xususan, OJJDP agentligi odam o`g`irlash qurboni hamda jinsiy ekspluatatsiya qurbonlariga yordam beradi. Hozirgi kunda OJJDP jinoyatchilikning oldini olish, qizlarning huquqbuzarligi va alkogol iste`mol qilishning oldini olish uchun ish olib bormoqda. Ushbu poydevor muhim ahamiyatga ega, chunki u voyaga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi bilan bog`liq bo`lgan haqiqiy hayot siyosati o`zgarishiga rahbarlik qiladi. Shu o`rinda aytib o`tish kerakki AQSHda “Aybsizlik loyihasi” nomli tashkilot mavjud bo`lib, ushbu tashkilotning asosiy maqsadi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini kamaytirish emas, balki jinoyatlarda ayblangan voyaga yetmaganlarni ozod qilishdir. Binobarin, ushbu poydevor voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni kamaytirishga qaratilmagan bo`lsada, o`tmishda nomunosib tarbiya topgan yoshlarni ozod qilish uchun eng samarali ishlar qildi. Enni E Casie Jam`armasi: Ushbu jamg`armaning maqsadi Amerika 63 Qo`shma Shtatlari atrofidagi kam ta`minlangan oilalardagi bolalar uchun yanada yorqinroq va xavfsiz kelajakni ta`minlashdir. Uning asosiy tashabbuslari quyidagilardan iborat: ❖bola salomatligi strategiyasi guruhlari; ❖fuqarolik saytlari; ❖oilaviy iqtisodiy muvaffaqiyatlar; ❖voyaga yetmaganlarni saqlash uchun alternativa tashabbusi (JDAI); ❖KIDS COUNT; ❖yetakchilikni rivojlantirish va aloqa o`rnatish. “KIDS COUNT” tashabbusi - AQShning barcha hududlari bo`ylab bolalarning farovonligi to`g`risida yillik ma`lumot to`playdi va davlatga oid hisobotlarni va davlat statistikasini nashr etadi. “JDAI” - voyaga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov tizimiga ishlari ko`rib chiqilayotgan bolalar uchun kattalar kabi yorqin va sog`lom kelajakni ta`minlashga qaratilgan. “Eng yaxshi do`stlar tashkiloti”: Bu tashkilot AQShdagi bolalarning umumiy farovonligiga qaratilgan. U jismoniy va hissiy farovonlikka qaratilgan va bolalarga so`lom munosabatlarni va foydali ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu tashkilot, muammolarni ular paydo bo`lishidan oldin oldini olish bo`yicha ishlaydigan tashkilotning o`ziga xos misolidir. Hozirgi kunda voyaga yetmagan bolalar huquqbuzarligini bartaraf etishga e`tibor qaratish o`rniga, ushbu tashkilot jinoyatlarga yo`l qo`ymaslik uchun sog`lom va baxtli bolalarga ega bo`lish ustida ishlamoqda. Hindiston. Hindistonda ham voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish davlat organlari, xususan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davlatda 64 voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish huquqiy aktlar, hukumat dasturlari, amaliy tadbirlar bilan tartibga solib kelinadi. 22Hindistonda balog'atga yetmagan shaxslar huquqbuzarliklarini oldini olishning eng samarali va birlamchi usuli sifatida ota-onalar, ularning o’rnini bosuvchi shaxslar yoki bolani vasiylikka olgan muassasalarga maslahat berish, yo’l-yo’riq ko’rsatish ekanligi ko’rsatilgan. Shuningdek, mazkur davlatda jinoyatchilik dinamikasi ortishiga ta’sir etuvchi turli omillar, shuningdek jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha kompleks yondashuvlar ishlab chiqilgan. Mazkur tadbirlar voyaga yetmaganlar jinoyat sodir etishini oldini olish, ta’lim-tarbiya ishlari, ruhiy-psixologik davolash, oila a’zolariga maslaxatlar berish, ularni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish kabilarni nazarda tutadi. 23Hindistonda voyaga yetmagan bolalar jinoyatchiligiga qarshi kurashish dasturlari ikkita turga bo’lingan bo’lib, ular: – individual dastur – bunda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish ta’lim, maslahat va psixoterapiya orqali amalga oshiriladi; – atrof-muhit dasturi - ekologiya dasturining maqsadi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi sonining ortishi bir daraja ular yashayotgan tabiiy muhit bilan bo’g’liq bo’lishi bilan izohlanadi. Shunga ko’ra hukumat tomonidan mazkur yo’nalishda ishlab chiqiladigan dasturlar yoshlarning tabiatga nisbatan ijobiy munosabatini rag’batlantirishni nazarda tutadi. Ushbu ikki xil profilaktik yondashuv mavjud jinoyatchilikning oldini olish maqsadida qabul qilingan quyidagi strategiyalar bilan mazmunan bog’liq holda amal oshiriladi. – klinik-psixiatrik dasturlar; – ta'lim va amaliyot dasturlari; – ruhiy gigiena; – ota-ona ta'limi; – dam olish dasturlari; – oila atmosferasi kabi dasturlarni nazarda tutadi. 24 Hindistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishda barcha darajadagi davlat organlari, muassasalar, manfaatdor tomonlar mazkur sohadagi hamkorlik aloqalarini to’liq o’rnatishlari kerakligi, faoliyat natijalarini muntazam ravishda muvofiqlashtirib borishlari muhim ahamiyatga ega ekanligi aytilgan. Shuningdek, bolalar uchun dam olish dasturlarini to’g’ri tashkil qilish,ularning bo'sh vaqtini samarali faoliyatga yo’naltirishni nazarda tutadi. Buyuk Britaniya. Buyuk Britaniya qonunchiligiga asosan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish va profilaktika qilish masalalari bir qator huquqiy aktlar, vakolatli davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar bilan tartibga solinishini ko’rish mumkin. Xususan, Buyuk Britaniya hukumati tomonidan “Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish” dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, u o’zida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilikka qarshi kurashish asoslarini, mazkur dasturning ishlash mexanizmlarini, ushbu dasturni tadbiq etishda ota-onalar va oila a’zolari, yaqin qarindoshlarning o’rni hamda mentoring tadbirlarini amalga oshrishni nazarda tutadi.25 Mazkur dasturni voyaga yetmaganlarga nisbatan tadbiq etishning asosiy talablari quyidagilardan iborat bo’lib, unga ko’ra: – voyaga yetmagan shaxs tomonidan politsiya nisbatan bo’ysunmaslik holati mavjud bo’lsa; – voyaga yetmagan shaxsning jinoyat sodir etishga moyilligi ehtimoli yuqori bo’lsa; – voyaga yetmagan shaxs tomonidan jamiyatda o’rnatilgan yurish-turish qoidalari, axloq normalariga zid xatti-harakatlar sodir etilgan bo’lsa. Hukumat dasturi ixtiyoriy ravishda amalga oshirilib, unda ota-onalar, oila a’zolari ishtiroki bilan birga mahalliy vakillik organlari, yoshlar guruhlari va boshqa mahalliy tashkilotlar ishtirok etishi nazarda tutilgan. Voyaga yetmaganlar tomonidan yuqorida nazarda tutilgan uchta holat mavjud bo’lganda voyaga yetmagan shaxs politsiya yoki mahalliy yoshlar jamoasi tomonidan dasturga jalb etiladi.26 Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar ota-onalari, o’qituvchilari va jamoat inspektorlari tomonidan ham dasturga jalb etilishlari mumkin. Mazkur dasturning samaradorligi voyaga yetmagan shaxs, uning ota-onasi, oila a’zolari hamda mahalliy yoshlar jamoasining hamkorligining to’g’ri yo’lga qo’yilganligi bilan bog’liq bo’lib, bunda dasturga jalb etilgan voyaga yetmagan shaxs dasturning o’ziga yordam berishiga ishonch hosil qilishini, ularning kundalik faoliyati va kelajakdagi rejalarini to’g’ri shakllantirishga yordam berishni nazarda tutadi. Ushbu dastur voyaga yetmagan shaxslarning kriminal xulq-atvorining shakllanishiga qarshi kurashishning samarali bo’lgan turli ko’rinishdagi usul va vositalardan foydalanishni nazarda tutib, bunda asosiy e’tibor voyaga yetmagan shaxsda turli ijtimoiy foydali sohalarga oid bilim, ko’nikmalarni shakllantirishni, o’quv dasturlari, kasbiy faoliyat, foydali ijtimoiy mehnat haqida ma’lumotlar olishga qaratiladi. Dastur doirasida tashkil etiladigan mashg’ulotlar guruh asosida yoki bitta voyaga yetmagan shaxsning o’ziga biriktrilgan murabbiy bilan olib borilib, “Ko’pchilikni qamrab oluvchi dastur” yoki “Yoshlarni jalb qilish va qo’llab-quvvatlash paneli” asosida amalga oshiriladi. Birinchi shakl, ya’ni “Ko’pchilikni qamrab oluvchi dastur” 6 oy davomiylikka ega bo’lib, 8 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan shaxslar ishtiroki ta’minlanishini nazarda tutadi. Biroq, voyaga yetmagan shaxs mazkur dastur mashg’ulotlarini davom ettirishga xohish bildirsa, bu dasturda ko’proq vaqt davomida ham qatnashishi mumkin bo’ladi. Ikkinchi shakl, ya’ni “Yoshlarni jalb qilish va qo’llab-quvvatlash paneli” 8 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishni nazarda tutadi. Mazkur panel asosida amalga oshiriladigan tadbirlar mahalliy yoshlar jamoasi yoki jamoat inspektorlari tomonidan olib boriladi. Bunda voyaga yetmagan shaxs maktab mashg’ulotlarini o’zlashtirishda qo’shimcha mashg’ulotlar olishi, jismoniy yoki ruhiy jihatdan sog’ligini tiklash yuzasidan davolanishi va boshqa mahalliy xizmatlardan foydalanishda yordam olishi mumkin bo’ladi. Mazkur dasturning e’tiborga molik tomonlaridan biri – unda mentorlik dasturlarining mavjudligi hisoblanadi. Mentoring bu – o’qitish, turli ko’rinishdagi mashg’ulotlarga jalb etilgan voyaga yetmaganlarga ko’ngilli (ixtiyoriy) asosda ta’lim beruvchi shaxs. Bunda mentor voyaga yetmaganlarga maktab mashg’ulotlarini o’zlashtirishga ko`maklashish, zo’ravon xulq-atvorga qarshi kurashish, foydali mehnat yoki kollej ta’limini davom ettirishga yordam beradi. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarga maslahat berishni ham nazarda tutadi. Buyuk Britaniyada mentorlar ko’ngilli asosda mashg’ulotlarni tashkil etishda qatnashib, ular politsiya xizmati yoki voyaga yetmagan shaxsning ta’lim muassasasi bilan bog’liq bo’lmagan shaxslar hisoblanadi. Hukumatning “Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish” dasturi voyagan yetmagan shaxslarning ota-onalari va oila a’zolarining ishtirokini alohida e’tirof etgan holda, ularning voyaga yetmagan shaxs dars mashg’ulotlarida qatnashib turishini, farzandlari bilan to’g’ri muloqotni yo’lga qo’yish masalalarini ham qamrab oladi. Turkiya. Turkiya Respublikasida ham yosh avlod farovonligini ta’minlash, bilimli yoshlarni tarbiyalash, xalqaro standartlar asosida voyaga yetmagan shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga e’tibor qaratilgan. Bu boradagi ishlar Turkiyada “Voyaga yetmaganlar huquqlari to'g'risida”gi Qonun bilan bog’liq bo’lib, unda balog'atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov tizimi yaratish, yuvinal sudlov tizimini ishlab chiqishni nazarda tutgan. 27 Shuningdek, Turkiya 1994 yilga kelib Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Bola huqulari to’g’risida”gi Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Shundan so’ng mazkur davlatda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish sohasida sezilarni o’zgarishlar amalga oshirilgan bo’lib, unga ko’ra mamalakatda yuvinal adliya (juvinile justice) tizimi yaratilgan, jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo’llash, ularni qamoqda ushlab turish muddatlari, asoslarini qayta ko’rib chiqish, jazoni o’tab chiqqan voyaga yetmagan shaxslarni reabilitasiya qilish masalalarini huquqiy jihat aniq belgilab qo’yilishini ta’minladi . 2005-yilda «Voyaga yetmaganlarni himoya qilish to'g'risida» gi qonun qabul qilinib, unda: 28 - ayblanuvchi bolaning protsessual huquqlari belgilab qo’yildi; - jinoyat subyekti eng kichik yoshi 11 dan 12 ga oshirilgan; - voyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchining dastlabki tergov, sud bosqichida bepul huquqiy yordam olish kafolatlangan; - voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni ixtisoslashgan sud; - yuvenal sudlar tomonidan ko`rilishining joriy etilishi; - voyaga yetmagan shaxsga jazo tayinlashda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq jazolarni kamroq qo’llash, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazo choralari yoki huquqiy ta’sir choralarini kengroq qo’llash; - voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo choralari miqdori yoki muddatlarini, o’tash tartibini liberallashtirish; - voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyatining o’rnini oshirish kabi o’zgarish nazarda turilgan. Download 82.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling