X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Ekishdan oldin o„g„it solish


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

2. Ekishdan oldin o„g„it solish. Fosforli va kaliyli o„g„itlar 12- 15 sm 
chuqurlikda ekishdan oldin solinadi. Bu ekishdan oldingi kultivatsiya bilan 
birga o„tkaziladi. 
3. Ekish bilan bir vaqtda o„g„it solish. Bu usul ko„pincha qo„ng„irboshli 
ekinlarda qo„llanadi. Odatda 10-15 kg/ga NPK qo„llanadi. Bu muddatda 
qo„llanilgan fosfor miqdori kam bo„lsa ham ekinlar uchun juda zarur: 
ekinlarning ayrim turlari rivojlanishining dastlabki davrida fosforga 
talabchan boMadi. Fosfor bilan ta‟minlansa, bu davrda ekinlar yaxshi 
rivojlanadi. Bu hodisa urug„i mayda ekinlarda kuzatiladi. Urug„i yirik 
ekinlarda ekish bilan birga o„g„it solishning ahamiyati yo„q. 
Ekishdan ikki hafta o„tgandan keyin qo„ng„irboshli ekinlarning 
rivojlanishi butunlay NPK bilan ta‟minlanishiga bog'liq bo„ladi. Dukkakli -
don ekinlarda NPK dan kam foydalaniladi. Ekishdan 10 kun o„tgandan 
keyin maysaning quruq vazni urug„ning 70-90% ni tashkil etadi. Vaznining 
kamayishi urug„ tarkibidagi karbon suvlarni urug„ni unib chiqishiga 
sarflanishi bilan bog„liq. Ekishdan 20 kun o„tgandan keyin o„simlikning 
vazni ekilgan urug„ vazniga teng bo„ladi. 0„simlikda 2-3 barg hosil 
bo„lganda ham ekish bilan bir vaqtda solingan o„g„itning ta‟siri 
kuzatilmaydi. 
4. Ekishdan keyin o„g„it solish. Ekishdan keyin o„g„it solish faqat 
tuproqda oziqa elementlari yetarli boimaganda qo„llanadi, keng qatorlab 
ekilgan ekinlarda qator orasiga ishlov berayotganda o„g„it 8-12 sm 
chuqurlikka solinadi. Azotli o„g„itlar bilan qo„shimcha oziqlantirish 
qo„ng„irboshli ekinlarda yaxshi natija 


beradi, ayniqsa, kuzgi boshoqlash davrida, ko„p yillik o'tlar qishlab 
chiqqandan keyin o„g„itlansa, erta bahorda solingan azotli o„g„it suv yetarli 
boiganligi uchun tez eriydi va ildiz qatlamiga tushadi. 
Qo„ng„irboshli ekinlar oziqlantirishga talab sezsa, ikkinchi marotaba nay 
o„rash davrida ham qo„shimcha oziqlantiriladi, Bunda vegetativ organlarida 
oziqa moddalar yig'iladi, so„ngra u generativ organlarda to„planadi. Donning 
tarkibida azot miqdorini oshirish uchun uni ekin ustiga sepishadi. Ko„p yillik 
o„tlarda azotli o„g„itiar birinchi o„rimda qoilaniladi, natijada ikkinchi o„rimi 
tez yetiladi. 
Ikkinchi o„rimidan keyin ham azotli o„g„itlar solinadi. Azotli 
o„g„itlaming bir yillik me‟yorini 60% birinchi o„rimda, 40% ikkinchi o„rimda 
qo„llanadi. 0„rimlar soni ko„p bo„lsa, yillik normaning 45% birinchi o„rimda, 
35% ikkinchi o„rimda va 20% uchinchi o„rimda solinadi. Ko„p yillik 
dukkakli o„tlar ekilganda bor va molibden bilan albatta, oz miqdorda 
qo„shimcha oziqlantiriladi. Buning uchun gektariga 6 kg borat kislotasi yoki 
1 kg bor va ammoniy molibdati 200 g/ga 200 litr suvda eritib o„simlikning 
balandligi 25-30 sm bo„lganda purkaladi, ammo bu oziqlantirishni shonalash 
davridan kechiktirmasiik kerak. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling