X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

1.4. Biologik azot 
0„simlik oqsili muammosini hal qilishda havo azotini biologik usulda 
o„zlashtirish asosiy usullardan biri boiishi mumkin. Biologik aylanishga 
havo azotining kirib borishi yer yuzida qo„shimcha oqsil yetishtirishni 
ta‟minlaydi. Bioiogik azot o„zlashtiradigan o„simliklar hosili tarkibida 
ko„proq oqsil to„planadi. Biologik azot ishtirokida hosil bo„lgan oqsil 
ekologik jihatdan toza, yuqori sifatli bo„lib, oziq- ovqatda va chorvani 
boqishda yaxshi natija beradi. Yuqori me‟yordagi mineral azot bilan 
o„simlikni ta‟min qilib oqsil miqdori oshirilsa, bunda o„simlik tarkibida 
nitrat ko„payadi, hosii sifati pasayadi, nitrat modda almashinuvini o„zgartirib 
ko„p xastalikka asos boiib qoladi, chunki nitrat gemoglobin funksiyasini 
o„zgartiradi va organizmda kislorod yetishmay qoladi. 
Havo azotini biologik usulda o„zlashtirishda maium darajada tashqi 
muhit ekologik muammolarini hal qiladi, chunki sizot suvlari, tashqi muhit 
nitrat bilan zararlanmaydi. Biologik usulda azotni o„zlashtirish hosil 
yetishtirishda sarf-xarajatni iqtisod qiladi. Yaltir- bosh ekinida, misol uchun 
1 kg oqsil yetishtirish uchun 65 Mj, 1 kg beda oqsilini yetishtirishda 21 Mj 
quvvat sarflanadi. 1 t biologik azot o„zlashtirish uchun 80 Gj quvvat 
sarflanadi. 
Biologik azotni o'zlashtirish fotosintez jarayonida ro„y beradi. Ilmiy 
tadqiqotlar natijasi bo„yicha havo azoti ko„proq o„zlashtiril- ganda fotosintez 
jarayoni faollashadi. 
Dukkakli ekinzorda havo azoti faol o„zlashtiriladi, tuproqning 
unumdorligi oshadi. Bir gektarda 2-3-yil ichida beda 250-400 kg azot 
to„playdi. Bu azot bedadan bo„shagan yerlarga ekilgan ekinlardan bir necha 
yil yuqori hosil olishni ta‟minlaydi. Biologik azotni yaxshi o„zlashtirish 
uchun uni yetishtirish sharoiti talabga javob bermaydi, shuning uchun ham 
undan kam hosil olinadi. 
5
 
www.FAOsiat.fao.org
 - 2017 years 
19 


«Azotni o„zlashtirish dukkakli ekinlarni tuproqda yashaydigan maxsus 
bakteriyalar bilan simbiozi evaziga amalga oshadi. Bakte- riyalar o„smlik 
ildizini zararlaydi va tuganaklar hosil qiladi. Dukkakli ekinlarning bir turi 
yoki bir nechta turiga bakteriyalar ixtisos- langan bo„ladi. Agar dukkakli 
ekinlar bir necha yil yetishtirilmagan boisa, tuproqda bu bakteriyalar 
boimaydi. Bakteriyalaming sporalari tuproq yoki torf bilan aralashtirilib 
urugiarga ekishdan oldin yopishtiriladi. Urug„ unib chiqqandan keyin 
bakteriyalar ildizga kirib borib, hujayralarda yashaydi va o„simlik bilan 
simbioz hosil boiadi. Agar dukkakli o„simliklar mineral azot bilan 
ta‟minlangan boisa biologik azot to„planmaydi»
6

0„zbekistonda dukkakli ekinlar kam ekiladi. Takroriy ekin sifatida 
dukkakli-don 
ekinlarining 
ekin 
maydoni 
qanchalik 
kengaytirilsa, 
yetishtiriladigan oqsil miqdori shuncha oshadi. Biologik azot o„zlashtirilishini 
oshirishda muammolar mavjud. 
Eng awalo, shu jarayonni toia tekshirish lozim va talab qilinadigan 
sharoitni texnologik tadbirlar bilan yarata bilish lozim. Havo azotini 
o„zlatirishda o„simlik va Rhizobium bakteriyalari ishtirok etadi. Bu 
bakteriyalaming 11 turi mavjud. Har bir turi ma‟lum bir o„simlik turiga 
moslashgan. Masalan, Rhizobium japonicum faqat soyada rivojlanadi, Rh. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling