X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Ekishdan oldin o„g„it solish
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ekishdan keyin o„g„it solish.
2. Ekishdan oldin o„g„it solish. Fosforli va kaliyli o„g„itlar 12- 15 sm
chuqurlikda ekishdan oldin solinadi. Bu ekishdan oldingi kultivatsiya bilan birga o„tkaziladi. 3. Ekish bilan bir vaqtda o„g„it solish. Bu usul ko„pincha qo„ng„irboshli ekinlarda qo„llanadi. Odatda 10-15 kg/ga NPK qo„llanadi. Bu muddatda qo„llanilgan fosfor miqdori kam bo„lsa ham ekinlar uchun juda zarur: ekinlarning ayrim turlari rivojlanishining dastlabki davrida fosforga talabchan boMadi. Fosfor bilan ta‟minlansa, bu davrda ekinlar yaxshi rivojlanadi. Bu hodisa urug„i mayda ekinlarda kuzatiladi. Urug„i yirik ekinlarda ekish bilan birga o„g„it solishning ahamiyati yo„q. Ekishdan ikki hafta o„tgandan keyin qo„ng„irboshli ekinlarning rivojlanishi butunlay NPK bilan ta‟minlanishiga bog'liq bo„ladi. Dukkakli - don ekinlarda NPK dan kam foydalaniladi. Ekishdan 10 kun o„tgandan keyin maysaning quruq vazni urug„ning 70-90% ni tashkil etadi. Vaznining kamayishi urug„ tarkibidagi karbon suvlarni urug„ni unib chiqishiga sarflanishi bilan bog„liq. Ekishdan 20 kun o„tgandan keyin o„simlikning vazni ekilgan urug„ vazniga teng bo„ladi. 0„simlikda 2-3 barg hosil bo„lganda ham ekish bilan bir vaqtda solingan o„g„itning ta‟siri kuzatilmaydi. 4. Ekishdan keyin o„g„it solish. Ekishdan keyin o„g„it solish faqat tuproqda oziqa elementlari yetarli boimaganda qo„llanadi, keng qatorlab ekilgan ekinlarda qator orasiga ishlov berayotganda o„g„it 8-12 sm chuqurlikka solinadi. Azotli o„g„itlar bilan qo„shimcha oziqlantirish qo„ng„irboshli ekinlarda yaxshi natija beradi, ayniqsa, kuzgi boshoqlash davrida, ko„p yillik o'tlar qishlab chiqqandan keyin o„g„itlansa, erta bahorda solingan azotli o„g„it suv yetarli boiganligi uchun tez eriydi va ildiz qatlamiga tushadi. Qo„ng„irboshli ekinlar oziqlantirishga talab sezsa, ikkinchi marotaba nay o„rash davrida ham qo„shimcha oziqlantiriladi, Bunda vegetativ organlarida oziqa moddalar yig'iladi, so„ngra u generativ organlarda to„planadi. Donning tarkibida azot miqdorini oshirish uchun uni ekin ustiga sepishadi. Ko„p yillik o„tlarda azotli o„g„itiar birinchi o„rimda qoilaniladi, natijada ikkinchi o„rimi tez yetiladi. Ikkinchi o„rimidan keyin ham azotli o„g„itlar solinadi. Azotli o„g„itlaming bir yillik me‟yorini 60% birinchi o„rimda, 40% ikkinchi o„rimda qo„llanadi. 0„rimlar soni ko„p bo„lsa, yillik normaning 45% birinchi o„rimda, 35% ikkinchi o„rimda va 20% uchinchi o„rimda solinadi. Ko„p yillik dukkakli o„tlar ekilganda bor va molibden bilan albatta, oz miqdorda qo„shimcha oziqlantiriladi. Buning uchun gektariga 6 kg borat kislotasi yoki 1 kg bor va ammoniy molibdati 200 g/ga 200 litr suvda eritib o„simlikning balandligi 25-30 sm bo„lganda purkaladi, ammo bu oziqlantirishni shonalash davridan kechiktirmasiik kerak. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling