Xalqaro biznes strategiyasi va tuzilishi
Integratsiya-Mahalliy moslashish
Download 375.35 Kb.
|
Xalqaro biznes. Ma`ruza matn 1
Integratsiya-Mahalliy moslashish
Global integratsiya bu mamlakatlar o'rtasidagi o'xshashliklardan foydalanish uchun butun dunyo bo'ylab samaradorlik, sinergiya va o'zaro rivojlantirishga erishish uchun firmaning bir nechta mamlakatlar bo'ylab qiymat zanjiri faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Global integratsiyaga intilayotgan firmalar odatda global sanoat tarmoqlarida uchraydi. Ular dunyo miqyosida mijozlarning ehtiyojlari va didlariga mos keladigan nisbatan standartlashtirilgan, ya'ni bir xil yoki minimal moslashuvchan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar va sotadishga mablag'larni sarflashadi. Bunday firmalar mintaqaviy yoki dunyo miqyosida raqobatlashadi. Ular qiymat zanjiri bo'yicha faoliyatni markazlashtirish va miqyosning tejamkorligiga erishish uchun operatsion xarajatlarni minimallashtirishga intiladilar. G lobal integratsiyadan farqli o'laroq, ko'plab kompaniyalar alohida mamlakatlarda aniq sharoitlarga javob berishga intilishadi. Ular odatda multimahalliy (multidomestic) sanoat tarmoqlarida uchraydi. Ular mahalliy ta'sirchanlikni(local responsiveness) inobatga oladi, bunda firmalar qiymat zanjiri faoliyatini boshqaradi va mamlakatlar bo'yicha turli xil imkoniyatlar va xatarlarni hal qilishda davlatlar miqyosida ya`ni mamlakatlarga xos (contry-by-country) xususiyatlarga asoslanadi. Mahalliy ta'sirchanlik mijozlarning alohida bozorlardagi ehtiyojlarini qondirishga urg'u beradi. Xalqaro miqyosda ish olib borganlarida, firmalar global integratsiya maqsadlari va mahalliy ta'sirchanlik o'rtasida to'g'ri muvozanatni saqlashga harakat qilishadi. 8.2 chizmada kompaniyalarning odatda qarama-qarshi bo'lgan ushbu maqsadlariga erishishda qanday bosimlarga duch kelishini aks ettiruvchi integratsiya-ta'sirchanligi tizimi (ITT) (integration-responsiveness (IR) framework) taqdim etilgan. U menejerlarga xalqaro biznesning afzalliklari va noafzalliklarini yaxshi tushunishga yordam berish uchun ishlab chiqilgan. Download 375.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling