8.2 chizma. Integratsiyaning ta'sirchanligi tizimi: Xalqaro firma ustidan raqobatdosh bosim
Global integratsiyaga intiladigan firmalarning asosiy maqsadi - bu butun dunyo miqyosida qiymat zanjiri faoliyati samaradorligini maksimal darajada oshirish. Ular o'z ishlarida ortiqcha funksiyalarni kamaytirishga intilishadi. Ular yakka bozorlar uchun bir xil mahsulotning turli xil variantlarini loyihalashtirish qimmatga tushishini tan olishadi va uni minimallashtirishadi. Shuningdek, ular innovatsiyalarni rivojlantirish va raqobatdosh ustunliklarga ega bo'lish uchun o'zlarining global tarmog'ida o'rganish va bilimlarni tarqatishni targ'ib qiladilar. Senior menejerlar xaridorlarning standartlashayotgan (bir xillashib borayotgan) talablari, jahon brendlarining tarqalishi, yagona texnologiyaning tarqalishi, mintaqaviy ommaviy axborot vositalarining mavjudligi va raqobatchilarni global miqyosda kuzatib borish zarurati bilan global integratsiyani afzalliklarini oqlaydilar.
A ksincha, mahalliy ta'sirchanlik (local responsiveness)ga intilayotgan kompaniyalar har bir mamlakatda o'ziga xos ehtiyojlar va sharoitlarga mos ravishda firma amaliyotini moslashtiradilar. Ular mahalliy mijozlar talablari, tili, madaniyati, tartibga solinishi, raqobat muhiti va mahalliy distribyutor tuzilishiga moslashadi. Masalan, Meksikada Walmart ish vaqtlari va sharoitlari, ishchilarni o'qitish, tovon puli, mahsulot turini va reklama vositalarini mahalliy sharoitga mos ravishda o'zgartiradi.
Quyidagi omillardan foydalanish uchun firmalar global integratsiyani amalga oshiradilar.
Miqyosli iqtisodiyot orqali xarajatlarni kamaytirishga intilish. Ba'zi bir tarmoqlar firmalar ishlab chiqarishda miqyos tejamkorligidan foydalanishi mumkin bo'lgan bir nechta tanlangan joylarda ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Bu kabi konsentratsiyali ishlab chiqarish, shuningdek, ishlab chiqarish sifati, tezligi va narxini nazorat qilishni osonlashtiradi
Yaqinlashib borayotgan iste'molchilarning tendentsiyalari va universal ehtiyojlarni sarmoyalash. Standartlashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish har bir bozor uchun moslashtirishdan ko'ra iqtisodiy jihatdan samaraliroq. Masalan, kompyuter chiplari va elektron komponentlar ishlab chiqaradigan firmalar odatda butun dunyo bo'ylab o'xshash takliflarni sotishlari mumkin. Xaridorlarning ehtiyojlari va didlari dunyo miqyosida tobora bir-biriga o'xshashligi sababli standartlashtirish mumkin bo'ladi.
Global mijozlarga yagona xizmatni taqdim eting. Xizmatlarni yaratish va yetkazib berishni markazlashtirishi mumkin bo'lgan hollarda standartlashtirish firmalar uchun eng oson faoliyat turidir. Ko'pgina mamlakatlarda faoliyat yuritadigan TMKlar, xususan, butun dunyo bo'ylab mos keladigan xizmat ma'lumotlarini qadrlashadi.
Xom ashyo, butlovchi qismlar, energiya va ishchi kuchining global manbalarini outsourcing qilish. Firmalar yuqori sifatli mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish uchun doimiy bosimga duch keladilar. Katta miqyosli, markazlashgan outsoircing manbalarini olish firmalarga xarajatni tejashga imkon beradi, sifat yanada barqaror, arzonroq xarajatlar va umuman samaraliroq operatsiyalarga erishiladi.
Global raqobatchilarni kuzatib borish va ularga javob berish. Global miqyosda raqobatlashadigan chet ellik raqiblar odatda mahalliy raqobatdoshlarga qaraganda ko'proq tahlikali. Shu dababdan, global asosda raqobatchilarga qarshi turadigan strategiyalarni shakllantirish eng yaxshisidir.
Bir nechta bozorlarda xaridorlarga yetib boradigan ommaviy axborot vositalaridan foydalanish. Kam xarajatli, global ommaviy axborot vositalarining mavjudligi firmalarga bir vaqtning o'zida bir nechta mamlakatlarga mo'ljallangan reklama va boshqa reklama tadbirlarini loyihalashtirishga imkon beradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |