Xamsat ul mutahayyirin


Download 191 Kb.
bet2/13
Sana24.02.2023
Hajmi191 Kb.
#1227405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
navoiyshuns shpagalka

Holoti Pahlavon Muhammad
Hazrat Alisher Navoiy uchun ham dost, ham ota, ham ustoz maqomida bolgan zotlardan biri Pahlavon Muhammad edi. Bu zotning vafotidan song ulug Shoir Holoti Pahlavon Muhammad asarini yozadi. Asarda Pahlavon Muhammadning ezgu amallari, barchaga birdek yoqimli fe'l-atvori, kuchli salohiyati haqida soz boradi.
Asar falakning bevafoligi, dunyoning otkinchiligi haqidagi ruboiy bilan boshlanadi. Navoiy Pahlavon Muhammad haqida soz boshlar ekan, uning ta'rifida betakror soz oyinlaridan foydalanadi, jahon va pahlavon sozlarini turli shakl va korinishlarda qollab, ajoyib tashbehlar yaratadi: jahondagi pahlavonlarning pahlavoni jahoni va pahlavonlig jahonining jahon pahlavoni... Navoiy pahlavonlik unga nasab orqali otganligi, togasi Pahlavon Abusaid oz davrining benazir pahlavoni bolganligi va Pahlavon Muhammad kurash tushishni shu togasidan organganligi haqida ma'lumot beradi, uning jismoniy jihatdan zabardast va kuchli bolish bilan birga ilmu hunarda, fan sohasining turli tarmoqlarida kuchli bilimga ega bolganligini ta'kidlaydi; musiqa, tibbiyot, she'riyat, qofiya, aruz, badiiy san'atlar, ilmi nujum (astronomiya), fiqhda oz zamonasining nodir kishisi ekanligini aytib otadi. Ayniqsa, Pahlavon Muhammad musiqa borasida juda iqtidorli bolib, bir necha gazallarga kuy boglagan edi. Masalan, uning Ustod Muhammad Xorazmiy, Mavlono Nu'mon, Mavlono Sohib Balxiy, Shayx Safoyi Samarqandiy, Xoja Yusuf Andijoniy kabi mohir sozanda va bastakorlarning asarlari yolida yaratgan kuylari tinglovchilar tomonidan iliq kutib olingan, hatto uning sozandalik mahorati yuksakroqhamda ovozi goyat yoqimli bolganligi uchun ulardan koproq shuhrat tutgan. Ayniqsa, Pahlavon Muhammadning Mir Buzurg Termiziyga bagishlangan va Mavlono Totiy she'ri bilan aytiladigan Chahorgoh kuyi butun Xurosonda, hatto Samarqand va Iroqda ham bagoyat mashhur bolib, uni kuylamagan biror hofiz bolmagan.
Pahlavon Muhammad muammo ilmi borasida ham tengsiz bolib, Kushtigir taxallusi bilan bir qancha muammolar yaratgan. Navoiy uning Hofiz Sheroziy devonidan muammo yoli bilan Ali, Amin va Taqiy ismiga chiqargan baytlarini keltiradi. Holoti Pahlavon Muhammadda Pahlavon Muhammadning Navoiyga javob tariqasida yuborgan ikki ruboiysi keltirilganki, Navoiy goyat kamtarlik yuzasidan oz nomini atamay, bu ruboiylar Pahlavonning ba'zi yoronlariga yuborilgan edi, deb yozadi. Ulardan biri Navoiy Astarobodda ekanligida yozilgan:
Gar jon ajalam zi tani noshod barad,
Hosho ki maro mehri tu az yod barad.
Xoham ki shavam xok maro bod barad,
Boshad ki ba soi Astarobod barad.
(Mazmuni: agar ajal noshod tanimdan jonni olsa ham, aslo mehringni mening yodimdan ola olmaydi. Xohlaymanki, tuproq bolsamu uni shamol olib ketsa, shunday bolsaki, uni Astarobod tomonga eltsa).
Pahlavon Muhammad goyat xushaxloq inson bolib, uni Hirotda barcha tanigan-bilgan insonlar yaxshi korib, hurmat qilganlar: Takallufsiz va mubolagasiz podshohdin gadogacha va ahlullohdin yahud va tarsogacha Pahlavonni sevmas va tilamas kishi yoq erdi.
Shuning uchun ham, Pahlavon Muhammad sulton huzurida yuksak mavqyega ega bolib, shohning har bir majlisida ishtirok etgan.
Navoiy Pahlavon Muhammad bilan bogliq xotiralarini eslash asnosida Abu Said Mirzo davrida Mashhadda bolgan qiziqarli voqeani keltiradi. Mafosil (bod, revmatizm) bilan ogrigan yosh Alisher Navoiyni tabib Mavlono Abdussalom Sheroziy muolaja qilib, davolash usuli sifatida uqalashni tavsiya qiladi. Pahlavon Muhammad ham osha paytda Mashhadda edi. U tabiblikdan yaxshi xabardor bolganligi uchun Navoiyga mehribonlik korsatib, bu ishni ozi bajarishini aytadi va suhbat orasida yosh Shoirdan turkiy ijodkorlarning qaysi birini koproq ma'qul korishini soraydi. Navoiy avvaliga barcha Shoirlarni hurmat qilishini aytadi. Lekin Pahlavon Muhammad ular orasida tafovut bor, takallufni qoyib, ozingga eng ma'qulini ayt, deb turib olgach, Navoiy: Lutfiy bu qavmning ustodi, deya javob beradi. Shunda Pahlavon Muhammad nega Sayyid Nasimiyni esga olmaganligini soraydi. Alisher Navoiy Lutfiyning majoz yosinida she'r aytishini, Nasimiyning she'rlari esa haqiqat tariqida bitilganligini aytadi. Shunda Pahlavon Muhammad Nasimiyning she'riyati zohiran majoz, ma'no jihatidan esa haqiqat yosinidadir deydi va shu kuni Navoiy tomonidan tongda yozilib, hali hech kimga korsatilmagan gazalni yoddan oqiydi va maqta'dagi Navoiy taxallusi orniga Nasimiyni qoyadi:
Gar Navoiy siymbarlar vaslin istab korsa ranj,
Yoq ajab, nevchunki, xom etgan tama' ranjur erur.
Navoiy bu holdan hayratga tushadi. Gazal yozilgan qogozini tekshirib koradi, qogoz oz joyida turgan edi. Ertasi tongda Pahlavon Muhammad uch-tort kishini yetaklab kelib, bu gazalni on ikki yil burun Abulqosim Bobur majlisida tinglab, yod olganini isbotlash uchun ularni guvohqiladi. Ular ham bu gazalni osha majlisdan eshitganmiz, deb gazalni yoddan aytib beradilar. Navoiyning hayrati yanada ortadi... Keyinchalik ma'lum boladiki, Pahlavon Muhammad shu kuni yosh shoirning liboslarini yigishtirayotib, yangi gazalni olib yod oladi va yana joyiga qoyadi. Song esa yuqorida korib otilgan holatni uyushtiradi.
Navoiy va Pahlavon Muhammad qirq yil davomida dostu hamsuhbat bolganlar: Qirq yilga yaqin bu faqir bila musohibi joniy, mahrami rozi pinhoniy erdi. Navoiyning yozishicha, kim agar u zotning oziga bolgan munosabatini oz holicha mulohaza qilib korsa, undan yaqinroq va muloyimroq dosti va suhbatdoshi yoqligiga ishonch hosil qiladi.
Asar songida Navoiy Pahlavon Muhammadning vafot etganini chuqur alam va gam bilan tasvirlaydi: Bir kuni Pahlavon Muhammadning tosatdan ahvoli ogirlashib qoladi, shogirdlaridan biri bu xabarni Navoiyga yetkazadi. Navoiy oz huzurida bolgan mavlono Abdulhay va Mavlono Nuriddinni darhol uning yoniga jonatadi, lekin fursat otgan, Pahlavon bandalikni bajo keltirgan edi. Pahlavon Muhammad Sulton Husayn Boyqaro uning uchun atab maxsus qurdirgan Ne'matoboddagi daxmaga dafn etiladi. Shohning ozi katta marosim otkazadi. Shoir uning xotirasiga bagishlab yozgan ta'rixida Pahlavonning vafoti sanasi ba'di Maxdumi ba yak sol (Maxdumdan bir yil keyin) ta'rix moddasi bilan aniqlanishini aytadi. Chunki Pahlavon Muhammad maxdumi nuran Abdurahmon Jomiydan bir yil otib, bu foniy dunyoni tark etgan edi. Abjad hisobida bu hijriy 899, milodiy 1493 yilni bildiradi. Asar Pahlavon Muhammad ruhiga duo tarzida yozilgan tarona ruboiy bilan yakunlanadi.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling