Xamsat ul mutahayyirin


Download 191 Kb.
bet9/13
Sana24.02.2023
Hajmi191 Kb.
#1227405
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
navoiyshuns shpagalka

Tarkibband Xazoyin ul-maoniyda bitta tarkibband ham mavjud. Tarkibband biriktirib boglamoq ma'nosini bildirib, qofiyalanish tizimi va hajmiga kora tarji'bandga yaqin turadi. Faqat undan farqli olaroq, tarkibbandda har bandning maqta'si ozaro qofiyalanuvchi va bir-birini takrorlamaydigan mustaqil baytlardan iborat boladi. Alisher Navoiyning tarkibbandi marsiya yonalishida bolib, ustozi va dosti Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bagishlangan. Tarkibbandda shoirning aziz insonidan ayrilishi tufayli vujudga kelgan qalb ogriqlari, dardli hissiyotlari, alamu iztiroblari bayon qilinadi. Shoir, ayniqsa, Sayyid Hasan Ardasher vafot etgan vaqtda Hirotdan uzoqda bolganligi, u bilan vidolasha olmaganligidan cheksiz iztirob chekadi. Mazkur tarkibband Navodir ush-shabob devonidan orin olgan bolib, hajman 56 baytdan iborat.
Masnaviy---Xazoyin ul-maoniydan orin olgan bitta masnaviy ham Sayyid Hasan Ardasher nomi bilan bogliq. Ma'lumki, masnaviy arabcha ikkilik ma'nosini bildirib, har bandi ikki misradan tarkib topuvchi va a-a, b-b, d-d tarzida qofiyalanuvchi she'r turidir. Navoiy ozining Sab'ai sayyor dostonida bu janrni alohida tavsiflab, uni vase' keng maydon deb ataydi:
Masnaviykim, burun dedim oni,
Sozda keldi vase' maydoni.
Mumtoz adabiyotimiz tarixida yaratilgan masnaviylarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
lirik masnaviy (shoirning lirik kechinmalari, his-tuygulari ifoda etiladigan she'r shakli);
epik masnaviy yoki doston (syujet asosiga quriladigan katta hajmli asar).
Qasida--Xazoyin ul-maoniy kulliyotidagi navbatdagi janr qasidadir. Qasida arabcha maqsad, niyat ma'nolarini bildirib, biror tarixiy shaxs yoki voqeaga bagishlab yoziladigan katta hajmli she'r turi hisoblanadi. Qasidalar hajman 12 baytdan bir necha yuz baytgacha bolishi mumkin.
Qasida gazal singari a-a, b-a, d-a, e-a tarzida qofiyalanadi. Ayrim hollarda masnaviy singari qofiyalanishi ham mumkin. Qasida tuzilishiga kora 2 xil boladi:
1. Qasidai tom (toliq qasida) bunda qasida tort qismdan tarkib topadi:
a) nasib lirik kirish (tabiat tasviri);
b) gurizgoh nasib bilan madhni boglovchi, 4-5 baytdan tashkil topuvchi qism;
s) madh asosiy qism;
d) qasd mamduh (madh etilayotgan shaxs)ga niyat va istaklar bildirilagan qism.
2. Qasidai mujarrada (chala qasida) bunda faqat madh keltiriladi.

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling