Xamsat ul mutahayyirin
Download 191 Kb.
|
navoiyshuns shpagalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xazoyin ul-maoniy
MUHOKAMAT UL-LUGʻATAYN" ("Ikki til muhokamasi", 1499) — Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid asarlaridan biri. Navoiy "Ikki til muhomamasi" (Muhokamat ul-Lug'atayn)asarida oʻzbek tilining boyligini, qudratini, oʻsha zamonning adabiy tillari qatoridan oʻrin olishga qodir va haqli ekanligini ilmiy tomondan isbotladi. Asarda oʻzbek (turkiy) va fors tillari unli tovushlar, leksika va morfologiya doirasida oʻzaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, shoir fors tilida unlilar soni cheklanganligi, oʻzbek tilida esa unlilar bir qancha maʼno farq,lovchi variantlarga ega ekanligi va ular uzaro uzunqisqaligi bilan ajralib turishini dalillar orqali koʻrsatib bergan.
Alisher Navoiy oʻzbek va fors tillari leksikasini qiyoslash uchun tabi-at manzaralari, uy-roʻzgʻor buyumlari, ov jarayoni, hayvon va qushlarning turlari kabi juda koʻp sohaga oid yuzlab soʻzlarni keltirib, bu soʻzlarning mukrbalasi forschada yoʻkligini, forslar koʻpincha oʻsha oʻzbekcha soʻzlarning oʻzini ishlatishlarini taʼkidlab, oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini har tomonlama koʻrsatgan. Mana shunday fikrlaridan ayrimlari: "...xoʻblarning koʻz va qoshlari orasinki, qabogʻ derlar, forsiyda bu uzvning oti yoʻqtur..". Alisher Navoiy soʻzlarning koʻp maʼ-noliligi, sinonimlar jihatidan ham oʻzbek tilining imkoniyati kengligini, ularning sheʼriyatda turli nozik maʼnolarni ifodalashdagi ahamiyatini (ot, it, tush, yon, yoq, bor, sogʻin, tuz, koʻk kabi soʻzlar talqinida) koʻrsatadi. Navoiy grammatik jihatdan ham oʻzbek tili fors tiliga nisbatan baʼzi imkoniyatlarga ega ekanligini tahlil etadi. Maʼlumki, qaysi til maʼ-noni qisqa yoʻl bilan ifodalay olsa, shu til rivojlangan til hisoblanadi. Oʻzbek tilining rivojlangan til ekanligini shoir zaruriy misollar bilan koʻrsatib beradi. Mas, oʻzbek tilida birgalik nisbat qisqagina -sh affiksi orqali yasaladi: "va masdargʻa bir shin harfi ilhaq qilmoq bila ul maqsudni topibdurlar. Andoqki chopishmoq va topishmoq va quchushmoq va oʻpushmoq va bu shoye lafzdur". Forslar bu maʼnoni soʻz birikmasi orqali ifodalaydilar. Navoiy shaxs oti yasovchi qoʻshimchaning xususiyatini 30 ga yaqin soʻz misolida isbotlab (qoʻrchi, suvchi, nayzachi, yurtchi, qushchi, barschi, qoʻychi, turnachi, kiyikchi va h.k.), oʻzbek tilining soʻz yasash va fikr ifodalash jihatidan ham oʻziga xos imkoniyati mavjudligini koʻrsatgan. Navoiy oʻzbek tilining boyligi va qudratini, ifodaviy imkoniyatini asosli tahlil etib, quyidagi xulosaga keladi: oʻzbek tilida bu xildagi nozik maʼnoli suz va iboralar koʻp, ammo "bu kunga degincha hech kishi haqiqatigʻa muloxaza qilmogʻon jihatidan bu yashurun qolibdur... hunarsiz turkning sitam zarif yigitlari osonliqqa boʻla forsiy alfoz bila nazm ayturgʻa mashgʻul boʻlubturlar". Shuning uchun Navoiy oʻzbek shoirlarini uz tilida ijod qilishga daʼvat etadi.Алишер Навоий тилшуносликка доир асари «Муҳокамат ул-луғатайн»ни ҳижрий 905, милодий 1499 йилда ёзди. Улуғ ижодкор умрининг сўнгида яратган бу китоб аҳамияти беқиёсдир. Она тили – туркийда «Хазойин ул-маоний», «Хамса» сингари лирик ва эпик ижодиётнинг мумтоз, буюк намуналарини яратиб, Шарқ адабиётида Низомий, Деҳлавий мақомига кўтарилган Алишер Навоий «Муҳокамат ул-луғатайн» мисолида тилимизнинг бадиий имкониятларини инкишоф этади. Асарга шоирнинг ярим асрдан ортиқ туркий тил хазинасида амалга оширган ижодий тадқиқотлари – назмий ва насрий китобларни вужудга келтириш тажрибасидан келиб чиқиб тартиб берилади. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bundan besh asr oldin tillarning o‘zaro chog‘ishtirma tadqiqiga asoslangan “Muhokamat-ul-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) monografiyasi bilan dunyo tilshunosligida mutlaqo yangi ilmiy yo‘nalish – komprativistikaga asos solgan edi. Alloma ushbu asari orqali chog‘ishtirma tilshunoslikning tadqiq yo‘llari, tahlil usullari, metodologik bazasini ishlab chiqdi. Hozirga qadar ham zamonaviy tilshunoslikda ushbu ilmiy manbaning o‘rni, tahlil va tadqiq usullari katta ahamiyat kasb etadi. “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilgan to‘rtta mustazod ham mavzu jihatdan rang-barang. Shoir devonlardagi janrlarni qo‘llashda muayyan tartibga rioya qilganidek, she'rlarni mazmun-mavzusi asosida taqdim etishda ham muayyan izchillikni saqlab qoladi. Shu bois birinchi devon “G‘aroyib us-sig‘ar”ga hamd mazmunidagi mustazod (Ey husnunga zarroti jahon ichra tajalliy, mazhar sanga ashyo// Sen lutf bila kavnu makon ichida mavliy, olam sanga mavlo), “Navodir ush-shabob”ga rindona (Din ofati bir mug‘bachai mohyuliqodur, mayxoravu bebok // Kim ishqidin oning vatanim dayri fanodur, sarmastu yaqom chok), “Badoye’ ul-vasat”ga oshiqona (Ne vo’smavu ne kesmadur ul zulfi sumansoy, ne g’amzai jodu|| Mashshota sanga zoli falakdur magar, ey oy, xurshid anga ko’zgu) va so‘nggi devonga orifona mazmundagi (Bordim bu sahar dayri fano sori urub gom, maxmuri shabona, // Tortar edi har lahza sabuh ahli ichib jom, noqusi mug‘ona ) mustazodni kiritadi. Kulliyotdan jami o‘nta muxammas o‘rin olgan bo‘lib, ular asosan taxmis yo‘nalishida: uchta taxmis “malik ul-kalom” Lutfiy g‘azallarini beshlantirish asosida vujudga kelgan bo‘lsa, qolgan yetti taxmis shoirning o‘z g‘azallariga bitilgandir. Musaddas janridagi she'rlari misolida Navoiy o‘z zamondoshlari Lutfiy va Husayniy she'rlarini qayta jonlantirdi: kulliyotdagi beshta musaddasdan ikkitasi Lutfiyga, bittasi Husayniy g‘azaliga bog‘langan. Qolgan ikki musaddasdan biri o‘z g‘azaliga tasdis, ikkinchisi – shoirning o‘z tab'ida yaratilgan musaddasidir. Navoiy o‘zigacha turkiy tilda faqat Yusuf Amiriy she'riyatida qo‘llanilgan janr – musammanga ham murojaat qildi. Har bir bandi sakkiz misradan iborat yetti bandlik, jami ellik olti misradan iborat bu musamman “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgan. Devonlarning har biridan o‘rin olgan to‘rtta tarji'bandning dastlabki ikkitasi tasavvufiy-falsafiy, qolgan ikkitasi ishqiy mavzuda. “G‘aroyib us-sig‘ar”ga kiritilgan tarji'band “Ketur soqiy, ul mayki subhi alast” misrasi bilan boshlanib, hajman 10 band (har bandda 10 bayt), 100 baytni o‘z ichiga oladi. Kulliyotidan o‘rin olgan ikkinchi tarji'band “Jahon qasrig‘adur su uzra bunyod” misrasi bilan boshlanib, hajman 8 band (bandlar 11–12 baytli), 103 baytni o‘z ichiga oladi. “Badoye’ ul-vasat” devoniga kiritilgan tarji'band esa ishqiy mavzuda bo‘lib, “Ey kirpiki neshu ko‘zi xunxor” misrasi bilan boshlanadi. Hajman 7 band (har bir band 8 bayt), 56 baytdan iborat. Kulliyotdagi so‘nggi tarji'band “To xarobot aromen durdoshom” misrasi bilan boshlanadi. Hajman 10 band (har bandda 11 bayt), 110 baytdan iborat bo‘lib, “Favoyid ul-kibar” devoniga kiritilgan. Kulliyotda yagona hisoblangan, “Navodir ush-shabob”dan o‘rin olgan tarkibband Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, marsiya yo‘nalishida. Hajman 7 band, 56 baytdan iborat bu tarkibband quyidagicha boshlanadi: Dahr bog‘iki jafo shoriidur har chamani, Juz vafo ahlig‘a sonchilmadi aning tikani… “Xazoyin ul-maoniy”dan o‘rin olgan bitta masnaviy ham Sayyid Hasan Ardasher nomi bilan bog‘liq. Masnaviy hajman 148 baytdan iborat bo‘lib, yosh shoirning safar oldidan ustozi va do‘stiga yozgan she'riy maktubini o‘z ichiga oladi. Ushbu masnaviy-maktub shoirning yoshlik lirikasi mahsuli bo‘lib, kulliyotning birinchi devoniga kiritilgan. Kulliyotga kiritilgan yana bir yirik janr qasida bo‘lib, hajman 91 baytdan iborat. Qasida 1469-yilning 14-aprelida ramazon hayiti kuni yozib tugallangan va Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda shohga taqdim etilgan. Qasida Navoiyning yoshlik lirikasi mahsuli bo‘lsa-da, shoir kulliyotning shakliy jihatlarini hisobga olib, uni uchinchi devoni “Badoye’ ul-vasat”ga kiritadi. Qasida shoirning avvalgi rasmiy devonlariga kiritilmaganligidan uni Navoiy keyinchalik qayta ishlagan va hozirgi tugal holatga keltirgan bo‘lsa kerak degan taxmin kelib chiqadi. Qasidaning “Hiloliya” deb atalishiga sabab, shoir Husayn Boyqaroning taxtga o‘tirishini yangi chiqqan oy – hilolga qiyos qiladi. Turkiy adabiyotga soqiynoma janri ham Navoiy ijodi bilan birga kirib keldi. “Favoyid ul-kibar” devonidagi kichik dostonga qiyoslash mumkin bo‘lgan soqiynoma hajman 458 baytdan iborat bo‘lib, Navoiy yashagan davrdagi tarixiy shaxslar, davr muammolari, eng avvalo, Navoiy shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘zida aks ettirganligi bilan ham ahamiyatlidir. Kulliyotdan 210 ta qit'a ham o‘rin olgan bo‘lib, “Badoye’ ul-vasat”ga 60 ta, qolgan devonlarga 50 tadan qit'alar joylashtirilgan. Kulliyot devonlaridagi qit'alar ham an'anaviy hamd va na't mavzusi bilan boshlanib, ijtimoiy hayot masalalari, muayyan davr voqea-hodisalari hamda u yoki bu guruh vakillari faoliyati haqidagi mazmun bilan davom etadi. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi barcha devonlar muayyan kichik lirik janrlar bilan ziynatlangan. “G‘aroyib us-sig‘ar”da bu holat ruboiy janri vositasida namoyon qilingan bo‘lsa, “Navodir ush-shabob” muammo, “Badoye’ ul-vasat” lug‘z va tuyuq janrlari joylashtirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, “Favoyid ul-kibar” esa xulosalovchi janr hisoblanmish fard bilan yakunlangan. Bu holat faqat shakliy xususiyat kasb etmay, devonlarning nomlanishi va mohiyati bilan ham aloqador. Kichik lirik janrga mansub she'rlar o‘zaro boshqa devonlarda uchramaydi, ya'ni ruboiylar “Navodir ush-shabobda”, fardlar esa “G‘aroyib us-sig‘ar”da yo‘q. Alisher Navoiy bu janrlarni devonlarga taqsimlar ekan, mantiqiylikka ham rioya qilgan. Masalan, ruboiyda fikr va tuyg‘uni lo‘nda tarzda ifodalash imkoni mavjud va aksar ruboiylarda asosan ishq mavzusi yetakchilik qilgan. Bu esa aynan insonning ulg‘ayish jarayonidagi holatlarini o‘zida aks ettirayotgandek. Muammo esa kishidan zehn, diqqat va aqliy mehnat talab qiladi. Yigitlikda insonning aqli charxlanib boradi. Shu bois, “Navodir ush-shabob”da muammolarning kelishi ayni shu holatning ifodasi deyish mumkin. Qolaversa, “Xazoyin ul-maoniy”ga qadar yaratilgan “Badoye’ ul-bidoya” devoniga kiritilgan muammolarning barchasi “Navodir ush-shabob”ga ko‘chib o‘tgan. Demak, shoir turkiy tildagi barcha muammolarini qirq yoshiga qadar yozib bo‘lgan. “Badoye’ ul-vasat”da kelgan lug‘z janriga oid she'rlar topqirlikni, tuyuqlar esa hassoslikni, sezgirlikni talab qiladi. O‘rta yoshlarda inson, odatda, hayot haqiqatlarini to‘la bir shaklda tushunadi, qalbidan o‘tkazadi. Bu janrga mansub she'rlar esa ayni shu holatga mos keladi. Alisher Navoiy devonni tariblashda bu holatga ham diqqat qaratgan, nazarimizda. Fard, asosan, pandnoma ruhida yoziladi. Unda hayotiy xulosalar quyma misralarda aks ettiriladi. Keksalik – donishmandlik va mutafakkirlik maqomidir. Bu maqomdan turib hayotiy tajribalarni o‘zida mujassam qilgan chuqur mazmunli fardlarni yaratish tabiiy. Shuning uchun Alisher Navoiyning fardlari “Favoyid ul-kibar” devonidan o‘rin olishi zamirida ushbu o‘ziga xoslikni payqash mumkin. Qolaversa, yoshligida do‘stlari va yaqinlari ko‘p bo‘lgan inson keksayganda, o‘zi istasa-istamasa fardlikka – yolg‘izlikka yuz tutishi kuzatiladi. Ehtimol, fardlarning faqat “Favoyid ul-kibar”da keltirilishi ushbu haqiqatning tasdig‘i ham bo‘lishi mumkin. Bu „Tarixi muki Ajam“ („Ajam shohlari tarixi“,1488) qisqa tarix boʻlibron shohlari xronikasi bayon qilingan „Tarixi Tabariy“, „Shohnoma“ asarlarini mantiqan toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy tizimga soladi. Afsonaviy shoh Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻlgan shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi. „Tarixi anbiyo va hukamo“ („Paygʻambarlar va hakimlar tarixi“, 1485—1498) asarining birinchi boʻlimida „Qissasul-anbiyo“lar anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning „Hukamo zikrida“ deb nomlangan ikkinchi boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan donishmand hakimlar Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot, Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus, Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli hikoyalar keltiradi, ularning donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri qisqa satrlarda talqin qilinadi. „Vaqfiya“ (1481) asarida vaqf yerlari, mulklari, ularning miqdori, ulardan foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi. Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar hisobiga qurilgan xayriya muassasalari, ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlarini oʻrganish uchun ham muhim hujjatli manbadir.arix va iqtisodiy yoʻnalishdagi asarlari N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gʻulomov, V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan. Alisher Navoiyning tarix, tasavvuf va din tarixiga oid nasriy asarlari ham mavjud. Bular ""Tarixi muluki Ajam", "Nasoyimul muhabbat", "Tarixi anbiyo va hukamo", "Vaqfiya"lardir. Mazkur asarlar, ma'lum ma'noda Navoiygacha bo'lgan an'ana ta'siri yozilgan. Lekin ularni yaratishda boshqa muayyan maqsadlarni ham ko'zda tutganligi shubhasizdir. "Tarixi muluki Ajam" tariyxiy mavzuda yozilgan o'zbek tilidagi birinchi ilmiy-prozaik asar bo'lib, 1488 yilda yozilgan. Unda, muallifning qayd qilishicha, o'zigacha mavjud qator tariyxiy asarlar asosida Eron podshohlari tarixi yaratilgan. Navoiy garchi o'z asarini yangi faktik ma'lumotlar bilan boyitmasa ham, imkoniyati darajasida to'rt suloladagi podshohlar xronikasini tartibga solishga intiladi, tariyxiy asarlardagi ba'zi "muxolafat" (qarama-qarshiliq) va "muxtalif" (har xil, turli-tuman) liklarga bir qator aniqliq kiritmoqchi bo'ladi Navoiy o'zining yuksak gumanistik dunyo-qarashidan kelib chiqib (mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotini ko'tarishga qaratilgan tadbirlarni alohida e'tibor bilan qayid qilishi, bosqinchilik urushlari, zulm va adolatsizlikni qoralishi...) qalam tebratgani haqida bu asarni birinchi tadqiq etgan A.Hayitmetov qimmatli mulohazalarni bildiradi. Eron podshohlarining to'rt sulolasi afsonaviy podshoh Qayumarsdan to arablar istilosi vaqtida qatl qilingan sosoniy Yazdi Jurdi Shahriyorgacha bo'lgan vakillari haqida to'xtalib o'tadi. Shuni alohida qayd qilib o'tish joiz ko'rinadiki, Navoiy hech shubhasiz, Eron shohlarining tarixini puxta bilgan, ular haqidagi haqiyqiy va afsonaviy ma'lumotlarni ham yaxshi tushunar edi. Navoiy butun ijodiyotida va faoliyatida ilgari surgan ideal shoh g'oyasini bu asarida ham o'tkazadi. Har bir podshoh haqida so'z yuritar ekan, uning xalq va mamlakat uchun foydali faoliyatini ko'rsatib o'tadi. Bu moment asarning ijtimoiy mohiyatini belgilab beradi. Masalan, peshdodiylar sulolasidan Hushangning odil va bilimli ekanligini, Jamshidning o'z davrida to'qish ishlarini yo'lga qo'yganligi, harbiy qurollar yasashni ixtiro qilganligi, binokorlik sohasidagi faoliyatini, Manuchehrning suv inshootlarini barpo etishi, bog'-rog'lar yaratish va dehqonchilikni rivojlantirish, Toxmosibning obodonchilik sohasidagi yaratuvchilik ishlarini, alohida urg'u berib bayon etishi fikrimiz dalilidir. Ayni choqda Afrosiyobning bosqinchilik urushlariga bel bog'laganligi, xalq ahvolini og'irlashtirishga qaratilgan vayronalik kelturuvchi xatti-harakatlarini, Doro III ning zolimligini, mifologik shoh Zahhok xunkorligini Navoiy qattiq qoralaydi. Navoiyning podshohlarga bergan xarakteristikalaridagi ayrim-ayrim o'rinlar asarning o'z davri xukmdorlarigaqarata, ularning ba'zi narsalarga e'tiborini tortishlikni, ba'zi hollardan ogoh bo'lishlikni, ezgulik va odillikka da'vat etishlikni nazarda tutganligini ko'rsatadi. "Tarixi muluki Ajam"dagi ma'lumotlar Navoiy asarlaridagi qadimgi Sharq mifologiyasiga oid fikrlarni, umuman, tarixiy xronikalarni to'g'ri tushunish va izohlashda ahamiyatlidir. Navoiy bu nasriy asarining tili yoki uslubi haqida shuni aytish kerakki, "u o'z fikrlarini mumkin qadar sodda ifodalashga intiladi. ...uning asarida qiyin, murakkab, mazmunsiz, balandparvoz ibora va tasviriy elementlarni, mavhum jumlalarni deyarli uchratmaymiz". (O'zbek adabiyoti tarixi, II-tom, 448-bet). Shu nuqtai nazardan qaraganda bu asar o'zbek tilida tarixiy asar yozishning yangi bir uslubini kashf etdi. Navoiyning "Tarixi iuluki ajam" asari o'z muallifining tarixiy faktlarni izohlashda ilg'or ijtimoiy pozitsiyasida turgan muarrix ekanligini ham namoyon qildi. Navoiyning "Tarixi anbiyo va hukamo", "Tarixi muluki Ajam"ning davomidek tuyuladi. Unda din va din tarixi, uning arboblari, payg'ambarlarga oid ma'lumotlar, naql, rivoyatlar keltiriladi. Bu asarning birinchi qismini tashkil qiladi. Ikkinchi qismida esa tarixdagi donishmandlar haqida kichik-kichik maqolalar va ularning hikmatlari beriladi. Har ikki qismdagi konkret xarakteristika she'r bilan xulosalanadi. Asarda payg'ambarlar sirasida ulkan mutafakkirlar, buyuk olimlar haqidagi ma'lumotlarning berilishi, muayyan o'rinlarida Navoiyda ma'naviy daho, ratsionalizm ustunligidan dalolat beradi. "Tarixi anbiyo va xukamo"da ham Navoiyning jamiyat taraqqiyoti qonunlarini idrok etishdagi, uni talqin qilishdagi mahdudliklari, dunyoqarashidagi ziddiyatli jihatlar ham o'z aksini topgandir. Asardagi o'rni-o'rni bilan keltirilgan hikoyatlar, qissalarning aksariyatida dunyoviy ruh kuchli, bayon uslubi esa xalq og'zaki ijodi, xususan ertaklarini yodga soladi. Ayni choqda, ular Navoiyning didaktik qarashlari xarakterini butun ilg'or (komil inson va uning fazilatlari) va ma'lum cheklangan (diniy mistik o'gitlar) jihatlari asosida belgilab berish imkoniyotini yaratadi. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling