Xamsat ul mutahayyirin
Download 191 Kb.
|
navoiyshuns shpagalka
Muhammas---Kulliyotdagi uchinchi janr muxammas bolib, Xazoyin ul-maoniyda muxammaslarning soni 10 ta. Muxammas arabcha beshlik ma'nosini bildirib, har bandi 5 misradan iborat she'r hisoblanadi va a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, d-d-d-d-a tarzida qofiyalanadi. Muxammas musammat (bandli she'r)ning bir turi bolib, yaratilish xususiyatiga kora ikki xil boladi:
1) tab'i xud (mustaqil); 2) taxmis (gazalni beshlantirish asosida yaratilgan).\ Musaddas----Xazoyin ul-maoniyga musaddas (oltilik) janri ham kiritilgan bolib, kulliyotdan 5 ta musaddas orin olgan. Musaddas ham muxammas singari ikki turga bolinadi: 1) tab'i xud (mustaqil); 2) tasdis (gazalni oltilantirish asosida yaratilgan). Kulliyotdagi 5 ta musaddasdan 2 tasi Lutfiyga, bittasi Husayniyga tasdis bolsa, bittasi shoirning oz gazaliga tasdis va bittasi shoirning oz tab'idan yaratilgan musaddasdir. Musamman---Kulliyotdagi navbatdagi janr musamman deb atalib, sakkizlik ma'nosini bildiradi. Alisher Navoiygacha turkiy she'riyatda ushbu janrning ilk marta istifoda etilishi Yusuf Amiriy nomi bilan bogliq. Xazoyin ul-maoniy kulliyotida bitta musamman bolib, u Favoyid ul-kibar devoniga kiritilgan. Musamman a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-d-d-a tarzida qofiyalangan, 7 band jami 56 misradan iborat. She'r muraddaf (radifli) bolib, ey kongul jumlasi radif bolib kelgan. Musamman ishqiy mavzuda: oshiqning yor ozoridan shikoyat qilib, kongilga murojaati tarzida yaratilgan. Tarjeband----Xazoyin ul-maoniyda tarji'band janri ham alohida orin tutadi. Ma'lumki, tarji'band arabcha takrorlab boglamoq ma'nosini bildiradi. Adabiy istiloh sifatida esa bir necha banddan iborat bolib, gazal singari qofiyalanadigan, birinchi bandning maqta'si qolgan bandlarning songida ham takrorlanadigan she'r turini anglatadi. Bandlar oxirida ozaro qofiyalanuvchi bayt barcha tarji'xonalarni ozaro boglab turadi va vosila bayt deb ataladi. Tarji'bandlar odatda har biri 811 baytdan iborat bir necha banddan tashkil topadi. Turkiy adabiyotda tarji'bandning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy ijodida uchraydi. Uning devoniga 3 ta tarji'band kiritilgan. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling