Xamsat ul mutahayyirin


Download 191 Kb.
bet11/13
Sana24.02.2023
Hajmi191 Kb.
#1227405
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
navoiyshuns shpagalka

Luguz---Xazoyin ul-maoniy kulliyotida navbatdagi janr lugz bolib, arabcha topishmoq, sir ma'nolarini anglatadi. Lugz fors-tojik adabiyotida chiston (forscha nima u) deb ham yuritiladi. Lugz biror predmet yoki hodisaning xarakter va belgilarini ta'rifu tavsif etish orqali kitobxonni osha predmet yoki hodisani topishga undaydigan she'r turidir. Lugz dastavval xalq ogzaki ijodida vujudga kelgan bolib, X-XII asrlardan boshlab fors-tojik she'riyatida istifoda etila boshlagan. Lugzlar gazal, ruboiy va tuyuq kabi hajm, qofiya va boshqa shakliy jihatlardan qat'iy qonuniyatga ega emas. Ular fard, ruboiy, qit'a va ba'zan gazal singari qofiyalanishi mumkin.
Tuyuq (turk. his qilmoq, tuymoq) tort misradan iborat mustaqil she'r shakli bolib, faqat turkiy xalqlar she'riyatida qollanilgan. Tuyuq asosan ruboiy singari qofiyalanadi, lekin ba'zan ba, da tarzida ham qofiyalanishi mumkin. Ruboiydan farqli olaroq tuyuqda qofiyaning ornida asosan tajnis (shakldosh sozlar) qollaniladi. Alisher Navoiy Mezon ul-avzon asarida mazkur janrning xususiyatlari haqida shunday yozadi: ...Birisi tuyugdurkim, ikki baytqa muqarrardur va sa'y qilurlarkim, tajnis aytilgay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur.
Fard----Xazoyin ul-maoniyni yakunlovchi janr fard bolib, (ar. yakka, yolgiz) bir baytdangina iborat eng kichik mustaqil she'r shakli hisoblanadi. Fard a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Fard bir baytdangina iborat bolsa-da, unda muhim falsafiy-axloqiy masala qalamga olinib, ixcham poetik xulosa ifodalanadi. Shu ma'noda fardlar kopincha aforizm xarakteriga ega boladi:
Gofil olma, nazardin itsa adu,
Sham' ochurganda, yel korinurmu...

LISON UT-TAYR
Genezisi----Ramziy-allegorik qissa va hikoyatlarning tarixiy ildizi miloddan oldingi davrlarga borib taqalsa-da, musulmon Sharq mumtoz adabiyotida qushlar sayri bilan bogliq ilk asar sifatida Ibn Sinoning “Tayr qissasi (Qush qissasi) risolasi e'tirof etiladi. Risolada qushlar ovchidan qochib, Podshoh huzuriga borganlari hikoya qilinadi. Bu risolaga raddiya tarzida yozilgan Abu Homid Gazzoliyning Risolat at-tayr (Qush risolasi) asarida esa syujet va kompozitsiya asosan saqlanib qolgani holda asar goyasida keskin ozgarish yuz beradi: qushlar Podshohning ishqida Uning Ozini talab qilib, Oliy dargohga boradilar.
Anaana va tajdid----Mazkur mavzu yozma adabiyotda ilk bor Farididdin Attorning Mantiq ut-tayr asari orqali yaxlit va mukammal syujetga ega bolgan badiiy doston holiga keltirildi. Unda syujet chiziqlari qayta ishlanishi bilan birga asarga tolib qushlar va yetakchi qush Hudhud obrazi kiritildi. Qushlar podshosi nomi Simurg tarzida ozgartirildi va kopgina hikoyatlar qoshildi. Natijada asar hikoyat ichida hikoyat yonalishidagi ramziy-allegorik doston darajasiga kotarildi.
Lison ut-tayr murakkab irfoniy doston bolib, unda Navoiy majoziy obrazlar va ularning ramzli sarguzashtlari orqali obyektiv borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini bayon etadi, shu bilan birgalikda dostonda real hayot lavhalari, kishilarning xatti-harakati, fe'l-atvoridagi ijobiy va salbiy xususiyatlar ham tasvirlangan.
Yetakchi goyasi--Doston an'anaga muvofiq muqaddimaviy boblar bilan boshlanadi. Muqaddima
13 bobdan iborat bolib, uning dastlabki bobi Alloh Hamdiga bagishlangan. Navoiy Alloh bu olamni aniq bir reja asosida bunyod qilganligi haqida yozar ekan, unda hech bir narsa tasodifiy yaratilmaganligini aytadi. Shoirning fikricha, Yaratuvchi koinotdagi barcha narsa va hodisalarni ozaro aloqador holda vujudga keltirgan, shu jihatdan olib qaraganda tabiat son-sanoqsiz uygunliklarning bir butun majmuidan iborat. Allohning mojizasi sifatida bir-biriga zid bolgan tort unsur (suv, olov, tuproq va havo) inson vujudida bir butun holda birlashtirilgan, zero, butun olamni yaratishdan maqsad insondir:
Baiiy niyat---- Dostonning on uchinchi bobi buyuk forsigoy adib Farididdin Attor madhiga bagishlangan. Navoiy soz oyini vositasida shoir taxallusiga majoziy nisbat berib, butun olamda boyliklar, dengiz va konlardagi dur-u gavharlar qancha bolsa undan yuzlab marotaba koprogi Attor dokonida mavjudligini aytadi:

Har ne gardun bahr ila konida bor,


Oncha yuz Attor dokonida bor.
Navoiy Attorning yozgan asarlari xalq uchun gulqand kabi foydali ekanligini ta'kidlaydi va shu munosabat bilan uning asarlari royxatini keltiradi: Musibatnoma, Ilohiynoma, Ushturnoma, Haylojnoma, Tazkirat ul-avliyo, Mantiq ut-tayr va boshqalar. Bob songida Navoiy agar Haq madad bersa, mendek gado Shayx ruhidan yordam olib, qushlar nutqini izhor qilsam, ya'ni Mantiq ut-tayrga javob yozsam deydi.
Muqaddima---- Dostonning asosiy qismi bosh qoliplovchi qissa: jahondagi barcha qushlarning yigilib, martaba va fazilatlariga kora joy talashish voqeasidan boshlanadi. Bu yiginda behunar hunarmanddan, iste'dodsiz iste'dod sohibidan ozib ketish holatlari, har bir qush ozini eng yuqori joyga munosib deb bilishi, boshqalardan ozini ustun deb hisoblashi tufayli turli ixtilof va mojarolar paydo boladi. Shunda ularning munosib ornini belgilab beruvchi bir adolatli podshoga ehtiyoj paydo bolganligini sezgan Hudhud degan qush shunday podshoh borligi, nomi Simurg ekanligi va uning huzuriga bormoqchi bolganlar uzoq va mashaqqatli yolni bosib otishlari zarurligini aytadi. Qushlar Simurgning zoti va sifotidan hikoya qilishni soraydilar. Hudhud uning sifoti mingdan oshishi-yu, zotining yagona ekanligini aytadi. Simurg ta'rifi dostonda olti bobni (1520-boblar) tashkil etadi.
Syujet---- Hudhud To‘ti, Bulbul, Qumri, Kaklik, Tazarv, Durroj, Kabutar, Shohboz (qirg‘iy), Shunqor kabi qushlar bilan individual ravishda suhbat qurar ekan, u bilan Simurg‘ni bog‘lab turgan rishtadan gap boshlaydi va ana o‘sha rishta tufayli ularning Simurg‘ga bog‘liqligini, uning visoliga qarab intilish darkorligini targ‘ib qiladi. Bu suhbat va targibot 10 bobni (2131-boblar) tashkil etadi.
Voqealar rivoji---- Qushlar Hudhud boshchiligida yolga tushadilar. Bir necha kun yol yurgach, mashaqqatli safar ularni toliqtiradi, ortga qaytmoqchi boladilar va bir-ketin Hudhudga oz uzrlarini ayta boshlaydilar. Dostonda yol qiyinchiliklariga chidolmay, uzr soragan qushlar tartibi quyidagicha keltirilgan: Toti, Tovus, Bulbul, Qumri, Kabutar, Kabki dariy, Tazarv, Qarchigay, Shunqor, Burgut, Kuf (boyogli), Humoy, Ordak va Tovuq.



Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling