Xamsat ul mutahayyirin


Download 191 Kb.
bet5/13
Sana24.02.2023
Hajmi191 Kb.
#1227405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
navoiyshuns shpagalka

Xazoyin ul maoniy
Alisher Navoiy tort devonning har biriga inson umrining fasllariga moslab nom berdi. Shu ma'noda 78 yoshdan 20 yoshgacha bolgan davrni inson umrining bahori deb atadi va kulliyotning birinchi devonini Garoyib us-sigar (Bolalik garoyibotlari) deb nomladi.
20 yoshdan 35 yoshgacha bolgan davrni inson umrining yozi deb belgiladi va Navodir ush-shabob (Yigitlik nodirliklari) deb atadi. 3545 yoshni umrning kuziga qiyos etdi va "Badoye ul-vasat" ("Orta yosh gozalliklari") deb nomladi. 4560 yoshini umrining qishiga oxshatib, "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") deb atadi. Har bir devonga 650 tadan gazal kiritdi, shunga muvofiq boshqa she'riy janrlarga (jami 16 janr) ham joy ajratdi.
Mazkur janrlarning kulliyotdagi tartibi va ozaro nisbatini H.Sulaymonov tuzgan quyidagi jadvalda korish mumkin:
Navoiy foydalangan lirik janrlar
“G‘aroyib us-sig‘ar” devonida
“Navodir ush-shabob” devonida
“Badoye’ ul-vasat” devonida
“Favoyid ul-kibar” devonida
Jami to‘rt devonda

G‘azal 650 ta


(4975 bayt)
650 ta
(4998 bayt)
650 ta
(5001 bayt)
650 ta
(5029 ta)
2600 ta
(20003 bayt)Aslida kulliyotdagi she'rlarning bunday taqsimlanishi nisbiy bolib, Navoiy oz she'rlarini devonlarga taqsimlaganda ularning haqiqiy xronologiyasiga emas, balki har bir she'rning ruhi, uslubiga koproq e'tibor qaratgan. Shuning uchun ham yoshlik davrida bitgan she'rlarining ba'zilari keyingi devonlarda, qarilik chogida yozgan she'rlari avvalgi uch devonga kirib qolganligini kuzatish mumkin. Shoirning turli davrda yozgan gazallari soni bir-biridan farq qilgan bolishi tabiiy. Navoiyning ilk lirikasini organgan olim Y.Ishoqov Ilk devondagi 434 ta she'r kulliyotdagi Garoyib us-sigar (156 ta), Badoye ul-vasat(132 ta), Favoyid ul-kibar (146 ta) kabi uchta devoniga kiritilganligini aniqlagan bolsa, Hamid Sulaymonov Xazoyin ul-maoniy devonlaridagi she'rlarning nisbiy xronologiyasini belgilab chiqqan.
Shoir kulliyot uchun maxsus debocha ham yozgan. Debocha Garoyib us-sigar devonining boshlanish qismidan orin olgan bolib, unda an'anaviy hamd va na't qismlaridan song zamona hukmdori Husayn Boyqaro madh etiladi va uning ushbu kulliyotni tartib berish borasidagi ragbati va farmoni bayon qilinadi. Debochada kulliyotning yaratilish tarixi, tarkibidagi devonlar, ularning mazmun mohiyati, shoirning badiiy ijod bilan bogliq qarashlari hamda buyuk mutafakkirning muayyan tarzdagi hasbi holi oz ifodasini topgan. Shoir oz fikrlarini umumlashtirish, xulosalash paytida ruboiy janridan unumli foydalangan. Debochada jami 30 ta ruboiy keltirilgan bolib, ularning barchasi taronai ruboiy shaklida. Garoyib us-sigar devonidagi dastlabki gazal
“Ashraqat min aksi shamsil ka'si anvor ul-hudo
Yor aksin mayda kor deb jomdin chiqdi sado
matla'i bilan boshlanadi. Ushbu gazal Alibek Rustamov tomonidan fotiha (ochuvchi) gazal deb baholangan edi. Chunki gazalda aks etgan mazmun faqatgina Garoyib us-sigar emas, balki butun kulliyotga xosdir. Yoki boshqacha aytganda, bu gazalni Xazoyin ul-maoniyga kirish yoli deb atashimiz mumkin. Gazalda ulug shoir dunyoqarashining asosiy yonalishi aks etgan va u keyingi she'rlarda ham davom ettirilgan. Shu ma'noda mazkur gazal Navoiy devonlaridagi boshqa gazallarni ham anglab yetishga yordam beradi va biz ushbu gazal orqali umuman Alisher Navoiy kulliyotining mazmuniy mundarijasini, goyaviy yonalishini, shoirning umumshe'riyatiga xos bolgan konseptual ildizni topamiz.
Gazalda insonning yaratilishi, uning hayotdagi vazifasi, borliq va yoqlikning hikmati, qisqacha aytganda, inson va Haq ortasidagi abadiy muammo kotarilgan. Shoir gazal orqali insonning Haqqa boglanishi, Unga tobeligi, Haqning marhamati bilan bogliq masalalar xususida soz yuritgan.
Navodir ush shabob devonining ilk gazali
Zihi zuhuri jamoling quyosh kibi paydo,
Yuzung quyoshiga zarroti kavn olub shaydo
tarzida boshlanib, unda ishq hodisasi maxsus talqin qilinadi va Haqning husni mazohiriga oshiq bolishdek sirli va xos jarayonning bayoni beriladi.
Badoyeul vasat devonidagi birinchi gazal esa mutlaq muhabbat mazharining navbahori orazi tavsifi bilan boshlanib, unda shoir olamning gozalligi, tabiatdagi yaralish va ijod jarayonining asl ijodkoriga sano yollashda eng nozik iboralar, eng chiroyli tashbihlarni qollaydi:

Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling