Xamsat ul mutahayyirin
Alisher Navoiyning “Siroj ul-muslimin”
Download 191 Kb.
|
navoiyshuns shpagalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Muhokamat ul-lug‘atayn”da
Alisher Navoiyning “Siroj ul-muslimin”
(“Musulmonlar nuri”) asari sof diniy yo‘nalishda bo‘lib, islom dini ahkomlarini yoritishga bag‘ishlangan. Asar hijriy 905, milodiy 1499-1500 yilda masnaviy shaklida yozilgan bo‘lib, hajman 208 baytdan iborat. “Siroj ul-muslimin”da muallif har bir oddiy musulmon bilishi zarur bo‘lgan aqidaviy va fiqhiy masalalarni yoritishni maqsad qilib, islomning besh ruknini qisqacha tarzda o‘zbek tilida bayon etgan. Asar basmala bobi, kitobning yozilish sababi bayon etilgan bob, turli diniy mavzularga bag‘ishlangan 25 bob va xotimadan iborat. Besh baytli basmala bobida Navoiy avval hamd, na’t va salavot aytib, so‘ng ushbu asarning yozilish tarixini quyidagicha bayon etadi: Sulton Husayn Boyqaroning bevosita rag‘bati va himmati tufayli ham ma’naviy obidalar, ham ko‘plab binoi xayrlar qurishga muyassar bo‘lgan Navoiyning bu ishlari turli majlis va anjumanlarda suhbat mavzusiga aylangan. Ana shunday majlislarning birida Navoiyning xayrixohlaridan biri uning sa’y-harakati tufayli bunyod etilgan “oliy rabot”ni maqtab qoladi. Shu majlisda sultonning yaqin kishilaridan bo‘lgan boshqa bir kishi, “she’rlarida ishq-u oshiqlikni madh etib, din-u diyonat uyini xarob etuvchi kishining binoyi xayr qurdirishi hisobga o‘tarmikan?” degan ma’noda e’tiroz bildiradi. Bu xabar Navoiyga yetib kelgach, tanqidda qaysidir ma’noda jon borligini anglagan shoir aqida hamda islom arkoni masalalarini oddiy turkiyzabon kishilarga tushunarli til va uslubda sof diniy asar yozishni niyat qiladi. Ammo o‘sha paytda turli tashvish va muammolar sabab uning bu niyati amalga oshmay qoladi. Bir kuni Samarqand shahridan Hirotga kelgan martabali bir kishi Xoja Ahror bilan suhbatlari chog‘ida Navoiyni ham esga olgani, “diniy mavzuda ham bir asar yaratsa, yaxshi bo‘lardi”, deganini aytib qoladi. Natijada, burunroq rejalashtirilgan xayrli ish Xoja Ahrorning taklifi bilan amalga oshadi. Navoiy asarda dastlab shariat hukmlari hamda aqida qoidalarini bayon qiladi. Bu bejiz emas. Chunki shariatda e’tiqod birlamchi, amal e’tiqodga nisbatan ikkilamchi darajada turadi. Xudoga va Uning payg‘ambariga e’tiqod qilmasdan turib, shariat ahkomlarini bajarish – ildizi yo‘q daraxtni parvarish qilish kabi samarasiz. Shuning uchun har bir inson eng avvalo e’tiqod asoslari haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lishi lozim: Amaldin chun burun keldi aqoyid, Bas, andin yetkuray avval favoyid. Alloh taolo aql-hushi joyida hamda balog‘atga etgan bandasiga farz qilgan birinchi narsa – imon keltirishdir. Imon keltirish – 1) butun borliqni yo‘qdan bor qilgan, o‘xshashi va tengi yo‘q yakka-yu yagona Allohga; 2) Alloh yaratgan farishtalarga; 3) Alloh yuborgan ilohiy kitoblarga; 4) Alloh bandalariga yuborgan payg‘ambarlarga; 5) qiyomat kuniga; 6) taqdiri ilohiyga shak-shubhasiz ishonish va unga amal qilish demak. Navoiy imonning mohiyatini sharhlar ekan, aqida ilmining muhim masalalaridan biri – Alloh taoloning zotiga oid sakkiz sifatini keltiradi. Unga ko‘ra, mo‘min inson Allohning zamon va makondan munazzah – xoli ekaniga, sherigi yo‘qligiga, uning bezavol ilmiga, eshitish va ko‘rishiga, kalomiga, taqdir egasi ekaniga ishonishi shart. Hazrat Navoiy Allohning o‘xshashi yo‘q, uning qudrati har qanday jismdan xoli bo‘lib, bandalar kabi ehtiyojmand emasdur degan islom aqidasidagi fikrni uqtirar ekan, bunga isbot tariqasida “Sho‘ro” surasidagi 11-oyatni keltiradi. Shuningdek, musulmon kishi e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan – qabr azobi, ikki farishtaning savol-javobi, qiyomat kuni Allohni ko‘rish mumkinligi, sirot ko‘prigi va gunoh-savoblar tarozusi, jannat va do‘zaxning borligi, payg‘ambarlar mo’jizalari, oxirzamon payg‘ambarining qiyomat kuni shafoat qilishi kabi bir qator aqidaviy masalalarni ham bayon etadi. Bu masalalarni qisqacha bo‘lsa-da, tilga olishdan asosiy maqsad, avvalo ahli sunnat va jamoaning e’tiqodini bayon etish, shu bahonada maslak va mazhabining ham ochiq-oydin ravishda moturidiya e’tiqodida ekanligini bildirishdir. Chunki aqidaviy masalalar turli mazhabda turlicha amal qilgan. Navoiy bahsga kirishmasdan, o‘zi e’tiqod qilgan haqiqatlarni keltirib, xulosa chiqarishni o‘quvchiga havola qilishni ma’qul ko‘rgan. “Islom arkonining sharhi” bobi bilan boshlanadigan qismda Navoiy islom dinining besh rukni – shahodat kalimasi, namoz, zakot, ro‘za va haj haqida ma’lumot beradi. Shahodat kalimasi – Alloh taoloning yagona ma’bud hamda Muhammad (s.a.v.) Uning rasuli deb guvohlik berish ekanligini qayd etib, so‘ng “saloti xams” – besh mahal farz qilingan namozning shart va tartiblarini keltiradi. Namozning birinchi sharti poklik bo‘lganligi sababli, oldin tahoratning to‘rt farzi – yuzni yuvish, ikki qo‘lni ikki tirsagi bilan qo‘shib yuvish, boshning to‘rtdan biriga mash tortish, ikki oyoqni to‘pig‘igacha yuvish haqida ma’lumot beradi. Tahorat sunnatlari 12 ta bo‘lib, ular – “bismilloh” so‘zini aytish, niyat, qo‘lni bo‘g‘imlari bilan uch marta yuvish, og‘izni uch marta chayish (mazmaza), uch marta burunga suv olib qoqish (istinshoq), soqol va qo‘l-oyoq barmoqlarini xilol qilish, har bir a’zoni uch marta yuvish, tahorat tartiblarini o‘zgartirmaslik, har bir a’zoni ketma-ket va uzluksiz yuvish (muvolot)dan iborat. Undan so‘ng tahoratning 6 ta mustahabi – niyat, muvolot, boshga mash tortish, tartib, bo‘yinga mash tortish, har bir a’zoni yuvishda o‘ng tomondan boshlash kabi amallari haqida so‘z boradi. Mustahab deb ko‘rsatilgan niyat, muvolot, boshga mash tortish va tartib aslida sunnat bo‘lib, oldingi bobda sunnatlar sifatida qalamga olingan. “Vuzu’ noqizlari” bobida tahoratni buzadigan narsalar haqida fikr yuritilgan. Keyingi bobda esa g‘uslni vojib qiluvchi sabablar sanab o‘tilgan. Undan so‘ng g‘uslning farzlari (og‘izni chayish va burunga suv olib qoqish, so‘ng barcha a’zolarga suv quyish) va sunnatlari (avval qo‘lni, so‘ng avrat a’zolari hamda najosat tekkan joylarni yuvish, tahorat olib, so‘ng barcha a’zolarga suv quyish) keltirilgan. Namoz o‘qishga pok bo‘lish uchun tahorat va g‘usl qilish uchun imkon bo‘lmaganida qo‘llaniladigan tayammumning farzlari (niyat, poklovchi tuproq jinsini maxsus suratda ikki qo‘l va yuzga surtish) va tayammumni buzadigan narsalar (tahoratni buzadigan narsalar hamda ichish uchun zarur bo‘lgan suvdan tashqari, tahoratning farzini bajarishga yetarli suv topilishi) haqida ma’lumot berilganidan so‘ng namozning farzlari haqida so‘z boradi. Namoz farzlaridan oltitasi namozdan tashqarida bo‘lib, ular – tahoratli bo‘lish, namoz o‘qiladigan joy pokiza bo‘lishi, avrat a’zolarini berkitish, namozning qaysi vaqtda ekanligini bilish va shunga rioya etish, qiblaga yuzlanish, niyat qilishdir. “Namozda olti doxil farzning bayoni” bobida takbir, namozda qiyomda bo‘lish, qiroat, ruku’ qilish, sajdaga borish, oxirida qa’dada o‘tirishdan iborat bo‘lgan oltita ichki farz bayon etilgan. So‘ng yettita vojib amallar – “Fotiha” surasini o‘qish va unga yana bir sura zam qilish, belgilangan tartibga rioya qilish, avvalgi ikki rak’atda qiroat qilish, sajda, ruku’ va boshqa amallarida bir muddat tin olib turish, uch va to‘rt rak’atli namozlarda ikkinchi qa’dada tashahhud o‘qish tartib bilan keltirilgan. Namozning sunnatlariga sharh berarkan, bu sunnatlar jami 20 ta bo‘lib, 10 tasi qavliy (nutqqa tegishli) va 10 tasi fe’liy (amaliy) ekanligini qayd qiladi. Qavliy sunnatlar – sanoni o‘qish, “a’uzu billoh” va “bismilloh”ni aytish, “Fotiha” surasidan keyin “omin” deyish, ruku’dan turishda “Sami’allohu liman hamidah” deyish, uchinchi va to‘rtinchi rak’atlarda “Fotiha” surasini o‘qish (dastlabki ikki rak’atda “Fotiha” o‘qish farz amallardan hisoblanadi), ruku’ va sajdada ikki takbir (“Allohu akbar” deyishlik) va ikki tasbeh (ruku’da uch marta “Subhona Rabbiyal-’azim”, sajdada uch marta “Subhona Rabbiyal-a’lo” deyish)ni aytishlikdan iborat. Fe’liy sunnatlarni ado etish uchun qo‘lni quloqqacha ko‘tarish, qiyomda o‘ng qo‘lni chap qo‘l ustiga qo‘yish va nigohni sajda o‘rniga qaratib turish, ruku’da qo‘lni tizzaga qo‘yib, shu holatda belni tekis tutish, sajdada kaftlar qayerga qo‘yilsa, boshni ularning orasiga qo‘yish, sajda qilganda qorinni tizzadan, qo‘lni oyoqdan uzoq tutish, chap tovon o‘ng oyoq barmoqlarini qiblaga qaratib o‘tirish lozim bo‘ladi. Namozlar umumiy hisobda o‘n yetti rak’at (bomdod – ikki, peshin va asr – to‘rt rak’atdan, shom – uch, xufton – to‘rt rak’at) bo‘lib, xuftonda uch rak’at vitr namozi vojib qilingan. Sunnat namozlari esa jami o‘n ikki rak’atdir: Ikirar rak’at o‘ldi subh ila shom, Ul ikki to‘rtar angla barcha ayyom. Islomning uchinchi rukni – zakot haqida ma’lumot berarkan, zakot – moli nisobga etgan kishi uchun farz bo‘lib, mol-davlatidan qirqdan bir hissani mustahiq – zakot olishga haqli bo‘lgan insonlarga berish buyurilgani, ammo kiyib yurilgan kiyim-kechaklar, zaruriy ehtiyojga qo‘llaniladigan ot-ulov va boshqa narsalardan zakot berilmasligini ta’kidlaydi. Navoiy talqinida, zakot – balolarni qaytaruvchi hamda qiyomat kuni gunohlarni yengillatuvchi amallardan hisoblanadi: Adosida baloning raddi angla, Yana qilmoq sabukbor o‘zni tongla. Islomning to‘rtinchi rukni ro‘za tutish bo‘lib, ramazon oyi davomida tongdan shomgacha taom, ichimlik va jinsiy yaqinlikdan uzoq bo‘lishlik farz etilgan. Farz ro‘zalarda tong otmay turib niyat qilish afzal, nafl ro‘zalarda esa peshingacha niyat qilish joiz ekanligi bildirilgan. Ro‘zani buzmaydigan narsalar sifati chivin, pashshadek mayda narsalarning bexosdan og‘izga kirib ketishi, tuz yo sirkani til uchida totish, qon oldirish, go‘dakka ovqatni chaynab berish, ro‘zador ekanligini unutib, biror narsa yeb yo ichib qo‘yish kabi holatlarni keltirib, so‘ng ro‘zani buzadigan holatlar va ularning kafforati haqida ma’lumot berilgan. Jismga ozuqa yoki lazzat bermaydigan narsalar bilan ro‘zasini buzgan kishi bir kuniga bir kun qazo ro‘zasini tutib beradi. Agar oziqlanish yoki shahvatga berilish sababli ro‘za buzilsa, oltmish kun surunkali tarzda ro‘za tutish, bir qulni ozod etish yoki oltmish kishini taomlantirish kafforat qilib belgilangan. Islomning beshinchi rukni – haj ham farz amallardan bo‘lib, bu amalning farzga aylanishiga muayyan shartlar mavjud. Ular – haj qilishga moddiy imkoniyat, yo‘lning bexatarligi, qarzdor bo‘lmaslik, haj safarida bo‘lish muddatiga yetadigan oilaning ta’minoti mavjudligi, haj safariga chiqishga mone’lik qila oladigan kasallik yo‘qligi bo‘lib, bu shartlar ijobiy hal qilinganda haj amalini bajo keltirish farz bo‘ladi. Xotima qismida asarning yozilish sanasi (hijriy 905 / milodiy 1499-1500) va nomlanishi qayd qilinib, duo istagi bilan tugallanadi. “Siroj ul-muslimin”ning sodda til, ravon uslub hamda mantiqiy izchillik bilan yozilganligi o‘rta asrlarda urf bo‘lgan “nazmi ta’limiy” (she’r bilan yoziladigan o‘quv qo‘llanma) an’analarini eslatadi. Arab va fors she’riyatida falsafa va irfon, axloq va din, riyoziyot va lug‘atshunoslik fanlariga bag‘ishlangan she’riy asarlar mavjudligidan yaxshi xabardor bo‘lgan Navoiy “Siroj ul-muslimin” vositasida ushbu an’anani turkiy she’riyatga ham joriy qilishga erishgan. Shuningdek, Husayn Boyqaro olib borayotgan bag‘rikenglik siyosati tufayli Hirotda faoliyat olib borayotgan boshqa mazhab va firqalarning aqidalarini kamsitmagan holda o‘zi e’tiqod qilgan ahli sunna va jamoaning mo‘tadil qarashlarini himoya qilib chiqqan. “Siroj ul-muslimin” o‘zbek tilida yaratilgan ilk diniy-aqidaviy manbalarning biri sifatida ham katta ahamiyatga ega. “Asar aruzning hazaji musaddasi mahzuf (mafoiylun mafoiylun fauvlun, chizmasi: V – – –/ V – – –/ V – –) vaznida yozilgan. ustiga o‘rnashib Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn”da turkiy va o‘zi mukammal bilgan forsiy tilni o‘zaro chog‘ishtirish yo‘lidan borib, ikki tilning leksik va poetik imkoniyatlarini ilmiy nuqtai nazardan asoslab beradi. Asarda turkiy va forsiy tillar fonetika, leksika va morfologiya doirasida o‘zaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, Navoiy forsiy tilda unlilar sonida chegara borligi, turkiy tilda esa unlilar bir qancha ma'no farqlovchi xususiyatlarga ega ekanligi va ular o‘zaro uzun-qisqaligi bilan ajralib turishini dalillar orqali ko‘rsatib bergan. Xususan, turkiy tilning fonetik xususiyati qofiyadosh so‘zlar uchun forsiy tilga nisbatan qulayligini asoslar ekan, “vov” – “ﻭ” hamda “yoy” – “ﻯ” harflari forsiy til fonetikasida faqat ikki harakatni: “vov” “o‘” hamda “u”ni, “yoy” esa “i” va “e” tovushlarini berishini, (masalan, “xud” (ﺧﻭﺪ) hamda “dud” (ﺪﻭﺪ) so‘zlarida “u” tovushi; “zo‘r” (ﺯﻭﺮ) va “nur” (ﻧﻭﺮ) so‘zlarida “o‘” tovushini), turkiy tilda esa bu ikki harfning har biri uch yoki to‘rt tovushni ifodalashini “ter” so‘zi orqali ko‘rsatib beradi. Bu o‘rinda Navoiy “ter” so‘zining termoq, may, o‘q ma'nolari borligini va “ter” (ﺘﻳﺮ) so‘zidagi “yoy” (ﻯ)ning talaffuzi ma'nosiga ko‘ra farqlanishini, ammo yozuvda bir xil ko‘rinishda bo‘lishini ta'kidlash orqali turkiy tilning fonetik imkoniyatlariga e'tibor qaratadi. Navoiy asarda forsiy tilda muodil (ekvivalent)i bo‘lmagan 100 ta fe'lni keltiradi. Masalan, “telmurmak” so‘ziga izoh berar ekan, bu so‘z anglatgan ma'no forsiylarda yo‘qligini, mahbubaning nazari oshiq yuziga tekkach, oshiqning “niyoz yuzidin telmurmagi asru munosib ish” ekanligini aytadi va quyidagi baytni keltiradi: To‘kadur qonimni har dam ko‘zlaring boqib turub. Kim, necha yuzumga boqqaysen yiroqdin telmurub.” Bu o‘rinda Navoiy “telmurmak” so‘zining nozik semasini tahlil etib, “telmurish” orqali ikki insonning o‘zaro muhabbati namoyon bo‘lishini ta'kidlaydi. Keltirilgan misoldan: “Ko‘zlaring har lahza menga boqib qonimni to‘kadi, chunki uzoq-uzoqlardan menga telmurib boqasan”, degan mazmun orqali mahbubaning o‘z oshig‘iga befarq emasligi ma'lum bo‘ladi. Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillar leksikasini qiyoslash uchun turli sohalarga doir narsa-buyum, tabiiy hodisalar va hayvonlarning forsiy tilda mavjud bo‘lmagan turkiy tildagi nomlarini berib, ularning ba'zilari forsiy til leksikasi tarkibiga ham kirganligini aytib o‘tadi. Xususan, turkiylar ovlanadigan kiyikni jinsiga qarab nomlashlarini, erkagini “huna”, urg‘ochisini “qilchoqin” deb atashlarini, forsiy tilda esa bular bir xil qo‘llanilishini yoki yana forsiylar qo‘yning faqat ba'zi a'zolarini nomlaganliklarini, lekin qo‘yning orqasini, oshiq-ilikni, yon suyakni, qovurg‘ani, ilik, o‘rta ilik, bo‘g‘izni turkcha aytishlarini ta'kidlaydi. Shuningdek, qaymoq, qatlama, bulama, qurut, uloba, quymoq, urkamoch kabi taom nomlari forsiy tilga turkiy tildan o‘zlashganligini aytib o‘tadi. Alisher Navoiy omonimlik va so‘zlarning ko‘p ma'noliligi jihatidan turkiy tilning imkoniyati kengligini, ularning she'riyatda turli nozik ma'nolarni ifodalashdagi ahamiyatini (ot, it, bor, sog‘in, tuz, ko‘k kabi so‘zlar talqinida) ko‘rsatadi, shu orqali tajnis va iyhom san'atiga asos bo‘ladigan so‘zlarning forsiy tildagiga nisbatan ko‘pligini misollar bilan isbotlaydi, aynan tajnis orqali vujudga keladigan va forsiy she'riyatda qo‘llanilmaydigan tuyuq janrining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib beradi. Navoiy ba'zi mansab egalari yoki kasb-hunar, umuman, muayyan soha bilan shug‘ullanuvchi shaxs nomlarini bildiruvchi “-ch” hamda “chi”qo‘shimchalarini keltirib, forsiylar ushbu qo‘shimchalar orqali yasaladigan qo‘rchi, suvchi, chavgonchi, qo‘riqchi kabi o‘nlab so‘zlarning muodili o‘z tillarida bo‘lmaganligi uchun ularni turkiy tildagi varianti asosida qo‘llashlarini aytib o‘tadi. “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari adabiyot va adabiyotshunoslik fanlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy asarda forsiy tilda yaratilgan adabiyotning yetuk namoyandalarini chuqur hurmat bilan tilga oladi, ularning musulmon Sharqi she'riyatiga qo‘shgan hissasini, turkiy adabiyot, xususan, o‘z ijodiga ko‘rsatgan ta'sirini alohida ta'kidlaydi, forsigo‘y va turkiy shoirlar orasidagi o‘zaro adabiy hamkorlik – adabiy mavzularda suhbat, munozaralar, badiiyatga doir mubohasalar bo‘lib turishi haqida ma'lumot beradi. Navoiy turkiy she'riyatning forsiy she'riyatga nisbatan sustroq rivojlanganligini bir necha sabablar orqali ko‘rsatib beradi: 1) turkigo‘y ijodkorlar turkiy tilda ona tilining murakkab va nozikligini bildiruvchi bir necha ma'noli so‘z va ifodalar ko‘p bo‘lganligidan, ularni tushunish va she'riyatda mahorat bilan ishlatish mashaqqatidan cho‘chib, osonlik sari mayl ko‘rsatadilar; 2) ba'zi idrokli shoirlar o‘z zamonidagi hukmron an'ana va adabiy rasm-rusumlardan chetga chiqishni xohlamay, shu doirada qolishni o‘zlariga munosib deb biladilar; 3) yosh ijodkorlar o‘z yozgan asarlarini tajribali ustozlarga ko‘rsatib, ularning e'tirofini eshitmoq istaydilar, bunday ustozlarning aksariyati esa forsigo‘y bo‘lganliklari uchun yosh shoirlar o‘z she'rlarini forsiyda yozmoqni ma'qul ko‘radila Navoiy “Muhokamatu-l-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asari bilan o‘zbek lafzida tilshunoslik bo‘yicha ilmiy ish yaratish uslubini, yozma ilmiy bayon texnikasini yaratib berish bilan birga, uning ilmiy atamashunosligini ham ishlab chiqdi. Shu jihatlari bilan bu asar o‘zbek va jahon fani uchun g‘oyat qadrli fundamental tadqiqotdir.Yaqinda ana shu asarning yangi nashri turkiy tillar tarixining bilimdonlaridan biri Qosimjon Sodiqov tahlili, tabdili va talqini ostida chop etildi (Alisher Navoiy. Muhokamatu-l-lug‘atayn.. – Toshkent: “Akademnashr”, 2017). Mazkur kitobda asarga bag‘ishlangan tadqiqot, “Muhokamatu-l-lug‘atayn”ning ilmiy transkripsiyasi, hozirgi o‘zbek tiliga soddalashtirilgan o‘girmasi, asarda ishlatilgan ilmiy atamalar so‘zligi berilgan. Ilova sifatida Parij va To‘pqopi nusxalarining faksimili ham keltirilgan.“Muhokamatu-l-lug‘atayn”ning to‘rtta qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan bo‘lib, uning birinchi nusxasi Istanbuldagi To‘pqopi saroyi muzeyi Revan kutubxonasida saqlanayotgan Navoiy kulliyotidan o‘rin olgan. Taxminlarga qaraganda, u mavjud nusxalarning eng eskisidir.Asarning yana bir nusxasi Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasining Fotih bo‘limida saqlanmoqda va u Navoiy kulliyotiga kirgan. 1526-1527 yillarda ko‘chirilgan Parij nusxasi Parijdagi Milliy kutubxonada va asarning to‘rtinchi qo‘lyozmasi Budapeshtda saqlanmoqda.Alisher Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarining yangi nashri ana shu nusxalarni o‘zaro qiyoslash natijasida yaratildi.“Muhokamatu-l-lug‘atayn”ning qo‘lyozmalari orasida To‘pqopi va Parij nusxalari matniy jihatdan bir-biriga juda yaqin: To‘pqopida qaysi joylari tushib qolgan bo‘lsa, Parij qo‘lyozmasida ham aytarli shunday holat kuzatiladi. Asarning Fotih kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozmasi boshqa nusxalardan birmuncha farq qiladi. Muhimi shundaki, To‘pqopi va Parij qo‘lyozmalarida uchramaydigan so‘z va jumlalar ushbu nusxada to‘ldirilgan. Tekstologik jihatdan bu nusxaning o‘ziga yarasha afzalligi ham bor.Navoiy o‘z asarida komprativistikaning tayanch usullarini ixtiro etgan. Chunonchi, u tillarning qanday birliklari va qatlamlari solishtirilsa, asosli ilmiy natijalarga erishish mumkinligini ham ko‘rsatgan. Ana shu maqsadda Navoiy o‘zbek tilining so‘z boyligini ko‘rsatish orqali forsiyda muqobili bo‘lmagan yuzta fe’lni keltiradi. Asarning Toshkent nashrida ushbu fe’llar to‘qson to‘qqizta. To‘pqopi va Parij nusxalarida fe’llarning soni to‘qson to‘qqiz, Fotih va Budapesht nusxalarida yuzta. Ushbu ikki nusxada boshqa qo‘lyozmada tushib qolgan yuzinchi fe’l ham bor. U “chimdilamoq” fe’li bo‘lib, ketma-ketlikda “qichig‘lamaq” so‘zidan keyin keladi. Asar nusxasini ko‘chirayotgan kotib aynan shu so‘zni tasodifan tushirib qoldirgan.Toshkent nashrida ushbu fe’l uchramasligining sababi ham shunda, nashr uchun Parij qo‘lyozmasi asos bo‘lgan, degan xulosaga keladi turkolog Q.Sodiqov.Nusxalarda nafaqat bunday holatlar, balki ba’zi o‘rinlarda jumlalarning tuzilishida ham farqli jihatlar bor. Masalan, To‘pqopi va Parij qo‘lyozmalaridagi ayrim jumlalar Fotih qo‘lyozmasida tahrir qilingan yoki avvalgi ikki qo‘lyozmada uchramaydigan jumlalar Fotih qo‘lyozmasida to‘ldirilgan. Bir-ikkitasini ko‘chirish chog‘ida tushirib qoldirilgan, deyish mumkindir, lekin orada muhim ma’lumotlar ham kiritilgan bo‘lib, ular til va uslub jihatidan Navoiyning jumlalari, bularni asarga muallifdan boshqa kishi kiritishi imkonsizdir.Masalan, To‘pqopi qo‘lyozmasida: “Forsiygo‘y turk beglar-u mirzodalar “bo‘xsamaq”ni forsiy til bila tilasalar-ki, ado qilg‘aylar!”, yoki ushbu gap Fotih qo‘lyozmasida: “Forsiygo‘y turk beglar-u mirzodalar “bo‘xsamaq”ni forsiy til bila tilasalar-ki, ado qilg‘aylar, ayo ne nav’ qilg‘aylar”, deb berilgan.Navoiy asarlari tilida singarmonizm (tovushlar uyg‘unligi) “temir qonun” sifatida amal qilinganini ko‘rishimiz mumkin. Bu narsa tovushlar tizimini anglashga ham imkon beradi. Masalan, muallif keltirgan misollarda “yo‘g‘on” o‘zak-negizli so‘zlarga masdar ko‘rsatkichining -maq varianti qo‘shiladi: “qurug‘samaq”, “aldamaq”, “qistamaq”, qistamaq”, “yalinmaq” singari; “ingichka” talaffuzli so‘zlarga esa -mäk varianti qo‘shiladi: “igirmak”, “indamak”, “surkanmak”, “o‘rtanmak” singari. Demak, Navoiy tilida orqa qator, “yo‘g‘on” a bilan old qator, “ingichka” ä ning har ikkovi mustaqil fonemalar sifatida ishlatilgan.Muhokamatu-l-lug‘atayn”da jonivorlarning harakatini anglatuvchi fe’llar bilan bog‘liq qiziq bir misol bor. Asarning Anqara nashrida bu misol shunday berilgan: “Uy mungramagiga va ishak ingramag‘ig‘a va it tegishmag‘ig‘a va ulimag‘ig‘a lafz yo‘qtur”. Muhimi shundaki, ushbu jumla asarning To‘pqopi qo‘lyozmasida yo‘q, Fotih qo‘lyozmasida esa bor, nashrga o‘sha qo‘lyozmadan olingan. Yana bunda kelishik qo‘shimchalarining qo‘shilish tartibiga e’tibor qaratilsa, quyidagi holatga duch kelamiz: “tegishmak” so‘zi “ingichka” o‘zakli bo‘lishiga qaramay, unga qo‘shimchaning “yo‘g‘on” varianti qo‘shilmoqda: “tegishmag‘ig‘a”.E’tiborli jihati, asarning yangi nashrida qo‘lyozmalar orasidagi bunday tekstologik farqlar batafsil tahlil etilgan. Turkolog olimning fikricha, Navoiy hayotlik paytida “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarining ikki varianti bo‘lgan. Ya’ni asarning kotib ko‘chirgan variantini Navoiy tuzatish va to‘ldirishlar bilan qayta tahrirdan o‘tkazadi. Shu tariqa, o‘sha davr ilmu toliblari uchun bu asarning ikki varianti keng yoyilgan edi.Yangi nashrdagi “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asari turkologiyadagi eng so‘nggi ilmiy qarashlarga tayangan holda chop etildi. Unda so‘zlarning o‘qilishi, talaffuz shakllariga o‘zgarishlar kiritilgan. Kitobning yana bir yutug‘i, asar matni lotin alifbosi asosidagi xalqaro ilmiy transkripsiyada berilganligidir. O‘zbekistonda Navoiy asarlari birinchi bor ana shu transkripsiyada berilayotganini ilmiy jihatdan e’tirof etmoq o‘rinlidir.Muxtasar aytganda, “Akademnashr” chop etgan “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asari o‘zbek navoiyshunosligida katta hodisa bo‘ldi. Unda ota-bobolarimizdan qolgan yozma yodgorliklarni nashr etish zamonaviy turkshunoslikda ishlab chiqilgan tugal qolipga asoslanilgani bilan ahamiyatli. Asarning ilmiy va mukammal nashri manbashunoslik va matnshunoslik sohasida bundan buyon yaratilajak ishlarda muhim manba bo‘la oladi, degan umiddamiz.Muammo haqida.Muammo (arab. — koʻr, koʻr qilingan) — oʻzbek mumtoz adabiyotida sheʼriy janr; poetik sanʼat turi. Unda biror soʻz, ism (yoki bosh harflari), sana va boshqa yashirib beriladi. Koʻpincha 1 bayt, baʼzan 2 baytdan iborat boʻlib, unda biror soʻz yoxud fikr soʻz oʻyini asosida yashiringan boʻladi. Agar sheʼriy bayt boshdan oxir shu asosga qurilgan va tugallangan boʻlsa, M. deyiladi. Shunchaki baytlar orasida kelsa, sheʼriy vosita, poetik sanʼat deb qaraladi. M.ni tuzish (yaratish) va ochish (yechish)ning bir necha usullari mavjud. Koʻpincha undagi biror soʻz ochqich vazifasini oʻtaydi. Arab tili grammatikasi qoidalari, arab alifbosi harflarining shakliy ramzlari, abjad hisobi va boshqalarni bilish M. uchun zarur. Oʻzbek mumtoz adabiyotida M.chilik zexn va idrokni tarbiya qilish maktabi hisoblangan. Shoirning mahorati M.ni yecha olish qobiliyatiga qarab belgilangan.Dastlab Sharafiddin Ali Yazdiy ("Hulali mutarraz dar fanni muammo va lugʻz" — "Muammo va lugʻz fani toʻgʻrisida bezatilgan ipak kiyimlar"), soʻng Abdurahmon Jomiy ("Risolai muammoi kabir" — "Muammo haqida katta risola"; "Risolai muammoi sagʻir"— "Muammo haqida kichik risola"), Alisher Navoiy ("Risolai mufradot") va boshqa M. yozish qoidalari xaqida asarlar yozganlar. Navoiyning 500 ga yaqin, Boburning 600 ga yaqin M.lari yetib kelgan. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling