Xashimova n. A., Buranova m. A., Saidova g. A. Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
Boshqaruv qarorining samaradorligi
Download 1.89 Mb.
|
BOSHQARUV QARORLARINI ISHLAB CHIQISH Ўқув қўлланма 36
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR RO’YXATI
Boshqaruv qarorining samaradorligi bu yangi resursning yoki tashkilotda boshqaruv qarorini tayyorlash yoki amalga oshirish jarayoni natijasida paydo bo'lgan eski resursning ko'payishi, bu jarayon xarajatlariga nisbati.
176
Xulosa BQni ishlab chiqish va amalga oshirish amaliyoti ayni paytda taraqqiyot bosqichini boshidan kechirmoqda. Kompaniyalarning faoliyat yuritishi bilan bog‘liq o‘zgaruvchan shart sharoitlar, insonlarning ruhiyati va tafakkurida sodir bo‘layotgan ayrim o‘zgarishlar BQni ishlab chiqish texnologiyalarida qo‘llashda yangi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirmoqda. Shunga qaramay, BQni ishlab chiqishning asosiy konsepsiyalari katta o‘zgarishlarga uchramaydi. Mazkur qo‘llanmada keltirilgan materiallar maqsadli yo‘naltirilganlik va protsessor texnologiyalari bo‘yicha, ijtimoiy psixologik va axloqiyasoslar, sifat va samaradorlik borasida uzoq muddatga mo‘ljallangan aniq BQni ishlab chiqish va amalga oshirishda mutaxassislarga juda qo‘l keladi. BQni ishlab chiqish bilan bog‘liq hikmatu sinoatlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish rahbar hayotining katta qismini band etadi. Ko‘pchilik bu asrorlarni juda katta kuch sarflagan va maqsadga erishish yo‘lida adog‘siz vaqt yo‘qotgan holda sinovlar va xatolar yo‘li bilan o‘zlashtiradi. Vaholanki, olimlar buni qanday amalga oshirishni ishlab chiqishgan, amaliyotchilar esa turli usullar, texnologiyalar ko‘rinishida ularni sinovdan o‘tkazganlar. “Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish” fanini o‘rganish, bizning nazarimizda, har bir kishi uchun zarurdir. Birinchidan, har bir kishi unga rahbar tomonidan o‘tkaziladigan boshqaruvchanlik ta’sirini to‘g‘ri baholashi lozim. Ikkinchidan, voyaga yetgan har qanday inson qaerdadir qaysidir ma’noda rahbar vazifasini ado etadi (tashkilotda, oilada, norasmiy tashkilotda va yoki o‘z o‘zini boshqarish jarayonida). Kitobxon qo‘llanmada keltirilgan va o‘rganilgan materiallarning qaysidir muayyan qismidan foydalanib ham o‘zi uchun zarur kerakli narsalarni olishi va tez orada ijobiy samaraga erishishi mumkin. Misol uchun, BQni ishlab chiqish va amalga oshirish shakllari, sarosima holatining BQni ishlab chiqishga ta’siri, boshqaruv bilan bog‘liq tavakkalchiliklardan, xatarlardan sug‘urtalash borasidagi mulohazalar ko‘pchilik uchun foydali bo‘lishiga ishonchimiz komil. 177
Mazkur qo‘llanmani boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdek ulkan bilimlar olamiga kirish, bu ilmning muqaddimasi, deyish mumkin. Kitobdan olgan bilimlar bilan cheklanib qolmay, o‘z ustingizda mustaqil ishlashda davom eting, bu Sizning muvaffaqiyatlaringiz garovidir. BQni ishlab chiqish va amalga oshirish texnologiyalari yuzasidan bilimga ega bo‘lish yaxshigina mablag‘ egasi bo‘lishni ham ta’minlaydi. “Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish” kursini o‘rganishga ketgan barcha sarf xarajatlaringiz behuda emas, bu bilan Siz, ishonavering, kelajagingiz uchun yaxshigina sarmoya yig‘ib qo‘ydingiz. 178
ADABIYOTLAR RO’YXATI Голубков, Е. П. Инновационный менеджмент. Технология принятия управленческих решений / Е.П. Голубков. - М.: Дело и сервис, 2012. - 464 c. Ивасенко, А. Г. Разработка управленческих решений / А.Г. Ивасенко, Я.И. Никонова, Е.Н. Плотникова. - М.: КноРус, 2014. - 168 c. Логинов, В. Н. Методы принятия управленческих решений. Учебное пособие / В.Н. Логинов. - М.: КноРус, 2015. - 224 c. Пятов, М.Л. Бухгалтерский учет для принятия управленческих решений / М.Л. Пятов. - М.: 1С: Паблишинг, 2017. - 268 c. Савчук, В. П. Диагностика предприятия. Поддержка управленческих решений / В.П. Савчук. - Москва: ИЛ, 2014. - 176 c. Смирнов Э.А. Управленческие решения: Учебник для вузов. М.: РИОР,2010. Травин, В. В. Подготовка и реализация управленческих решений. Модуль VI. Учебно-практическое пособие / В.В. Травин, М.И. Магура, М.Б. Курбатова. - М.: Издательский дом "Дело" РАНХиГС, 2014. - 112 c. Трофимов, В. В. Методы принятия управленческих решений / В.В. Трофимов, Л.А. Трофимова. - М.: Юрайт, 2013. - 336 c. Урубков, А. Р. Методы и модели оптимизации управленческих решений. Учебное пособие: моногр. / А.Р. Урубков, И.В. Федотов. - М.: Дело, 2015. - 238 c. 10. Фатхутдинов, Р. А. Разработка управленческого решения / Р.А. Фатхутдинов. - Москва: Наука, 2013. - 240 c. 11. Фирсова, И. А. Методы принятия управленческих решений. Учебник и практикум / И.А. Фирсова, М.В. Мельник. - Москва: Высшая школа, 2015. 544 c. Черняк, В. З. Методы принятия управленческих решений / В.З. Черняк, И.В. Довдиенко. - М.: Academia, 2013. - 240 c. 179 Drucker P. Management Challengers for the 21st Century / P. Drucker. – New York, 2009. – 207 p. Dulzon A.A. Projektmanagement / A.A. Dulzon. – Tomsk, 2011. – 199 р. Dulzon A.A. Project Management: manual / A.A. Dulzon. – Tomsk, 2006. – 252 p. 16. Ghoshal Sumantra. Bad Management Theories are Destroying Good Management Practices // IEEE Eng. Management Rev. – 2005. – Vol. 33, N 3 (Third Quarter). – P. 79–95. 17. Jones E.C. A Methodology for Measuring Engineering Knowledge Worker Productivity / E.C. Jones, C.A. Chung // IEEE Eng. Management Rev. – 2006. – Vol. 34, N 3. – P. 71–80. 180
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling