Xi bob. Korxona (firma) xarajatlari va foydasi


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana12.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1190622
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
korxona sarf xarajatlari 2

X ulosalar
1. Ishlab chiqarish xarajatlari — iqtisodiyot nazariyasining 
eng muhim tadqiqot kategoriyalaridan biridir. Uning vazifasi 
korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan mahsulot 
ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning miqdori va 
tarkibini aniqlashdan iborat.
2. Xarajatlarni tadqiq qilish shuni ko'rsatadiki, 
ishlab 
chiqarilgan va sotilgan mahsulotdan olingan pul tushumi 
nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashi, balki foyda 
olishni 
ham 
ta’minlashi 
kerak. 
Foyda 
— 
tadbirkorlik 
faoliyatining mazmunini anglatadigan, uni harakatga keltiruvchi 
omildir. Ammo bu maqsadga erishish 
ishlab chiqarish
357
www.ziyouz.com kutubxonasi


xarajatlariga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ishlab chiqarish 
xarajatlarini tadqiq etish iqtisodiy tahlilning muhim bo‘g‘ini 
hisoblanadi.
3. Tadbirkor korxona xarajatlari va foydasiga turlicha 
yondashadi. 
Muayyan 
xarajatlar doirasida 
foyda 
ishlab 
chiqarishning eng yaxshi imkoniyatlarini ta ’minlashi kerak. 
Muayyan foyda doirasida esa xarajatlarni shunday maqbul 
darajaga 
keltirish 
kerakki, 
bunda 
ishlab 
chiqarishni 
moliyalashtirish ko‘p sarf talab etmasin.
4 .Korxona umumiy xarajatlari ikkiga boMinadi: ishlab 
chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish 
xarajatlari mahsulotni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlardir. 
Ushbu xarajatlar xom ashyo, yoqilgM, energiya, ishchi kuchi, 
amortizasiya va boshqalarga sarflanadi. Muomala xarajatlari 
tovarlami realizasiya jarayoni bilan bogMiq boMgan sarflardir. 
Ular sof muomala va qo‘shimcha muomala xarajatlariga 
boMinadi. Sof muomala xarajatlari foyda hisobidan qoplansa, 
qo‘shimcha muomala xarajatlari esa tovar tannarxiga kiritiladi.
5. Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan 
resurslar o ‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar boMishi 
mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga 
boMinadi. Tashqi xarajatlar - korxona o ‘zi uchun zarur resurs 
va xizmatlarga toMovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga 
keladigan xarajatlardir. Tashqi xarajatlar toMov hujjatlari bilan 
rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham 
ataladi. 
Korxonaning o'ziga tegishli boMgan resurslardan 
foydalanishi bilan bogMiq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. 
Bunday xarajatlar pul toMovlari shaklida chiqmaydi. Shu 
sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o ‘z resurslari 
qiymatini shunga o ‘xshash resurslarning bozor narxlariga 
taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
6
. Ishlab 
chiqarish 
hajmining o'zgarishiga 
ta’sir etish 
darajasiga qarab doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. 
Ishlab chiqarish hajmining o ‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) 
ta ’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy 
xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bogMiq bo lmaydi, uning 
o‘sishiga ham bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning
358
www.ziyouz.com kutubxonasi


har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo'ladi. 
0
‘zgaruvchi 
xarajatlar 
deb 
ishlab 
chiqariladigan 
tovar 
miqdorining oshishiga yoki 
kamayishiga bevosita ta ’sir 
qiladigan xarajatlarga aytiladi. Ishlab chiqarishning har bir 
darajasida 
doimiy va 
o'zgaruvchan 
xarajatlar yig'indisi 
umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
7. 
Korxona ishlab chiqarish hajmining o'stirishi uchun qisqa 
muddatli davrda faqat o'zining o'zgaruvchi xarajatlari miqdorini 
o ‘zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab 
chiqarish quw atlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari 
maydoni, mashina va uskunalar miqdori), doimiy boMib 
qoladi hamda bu davrda faqat ulardan foydalanish darajasini 
o ‘zgartirish 
uchun 
yetarli boMishi 
mumkin. 
Boshqacha 
aytganda, qisqa muddatli davr oralig‘ida korxonaning ishlab 
chiqarish quw atlari o ‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi 
jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini 
ko'paytirish orqali o ‘zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab 
chiqarish quw atlaridan foydalanish intensivligini oshirish 
mumkin.
8
] Uzoq muddatli davr — bu korxonaning ishlab chiqarish 
quw atlarini va butun band boMgan resurslari miqdorini 
o‘zgartirish uchun yetarli boMgan davrdir. Bu yerda shuni 
ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quwatlarining o'zgarishini 
taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona 
xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. 
1
9. Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar 
chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy 
foyda deb yuritiladi. Tovar va xizmatlar sotilganda ularning 
umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat 
esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning 
haqiqiy 
manbai 
qo‘shimcha 
mahsulot 
yoki 
qo‘shimcha 
qiymatdir.
10. Korxonaning umumiy foydasidan byudjetga (asosan soliq 
toMovlari), banklarga (olingan ssuda uchun foiz) toMovlar va 
boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa, korxona sof foydasi 
qoladi. Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan 
umumiy 
pul 
summasidan 
ishlab 
chiqarishning 
tashqi
359
www.ziyouz.com kutubxonasi


xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu 
sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar 
miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o'z 
ichiga normal foydani ham oladi.
/1 1 . Foydaning o ‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy 
hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirish. yoki narxni oshirish hisobiga erishish 
mumkin.
/ i

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling