Xi bob. Sotish siyosati


Download 301.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana16.06.2023
Hajmi301.68 Kb.
#1516301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
11-mavzu

Sotuv shaxobchalari – (filiallari) iste’molchiga yaqin bo‘lgan 
joylarda savdoni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi yirik korxona 
tomonidan shakllantiriladi. Savdo shaxobchalarining asosiy foydasi 
iste’molchilarga tovarlarni tez yetkazb berish va bozor konyunkturasini 
o‘rganishdan iborat.
Savdo–vositachilik ishlarining yana bir turi - komission faoliyatdir. 
Komissioner, deb ataladigan bir tomonning komitent, deb ataladigan 
ikkinchi tomon topshirig‘i bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o‘z 
nomidan bitimlarni amalga oshirishdan iborat faoliyat turi. Komitent 
bilan komissioner o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar komissiya shart-
nomasi bilan tartibga solinadi. 
Savdo sindikatlari – bunday tashkiliy firmalar bir turdagi mahsu-
lotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tarmoqlarida (yoqilg‘i, sement, 
metall, o‘g‘itlar) va qattiq raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatadi. Ishlab 
chiqaruvchi korxona marketing tadqiqotlari asosida mumkin bo‘lgan 
tarqatish kanallari strukturasini aniqlaydi va mavjud resurslar orqali 
hamda o‘z shaxsiy ta’minotchilari bilan sotuv faoliyatini amalga 
oshiradi. Ishlab chiqaruvchi firmalar uchun mustaqil ravishda tovar va 
xizmatlarni tarqatish samarasiz bo‘lsa, ular boshqa samaraliroq tarqatish 
kanallaridan foydalanib ish ko‘radi. 
 
11.2. Ulgurji va chakana savdo 
 
Tovarlarni ishlab chiqarilgan joyidan foydalaniladigan joyiga tarqa-
tish (distributsiya) savdo kanalida ishlovchi ulgurji yoki chakana 
tashkilotlar yoki alohida shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab 
chiqaruvchining yangi mahsuloti taklifi bozordagi talabdan yuqori 
bo‘lsa, distribyutor xizmatidan foydalanadi. Distribyutor funksiyasini
ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bajarishi mumkin. 
Ulgurji savdo – ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida 
vositachi bo‘lib, u bir yo‘la ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchiga 
xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchi uchun ulgurji savdo foydali bo‘lib, u 
o‘z bozorini kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish imkoniga ega 
bo‘ladi. 
Ulgurji korxonalar quyidagi qoidalarga asoslanib ishlashi kerak: 
• Bozorlarni chuqur o‘rganish, tovarlar uchun bozorni tanlash. 
• Xarajatlar tarkibini kuzatib borish, omborlar, ishchilarga keta-
digan xarajatlarni tahlil qilish. 


296 
• Ulgurji savdoni barcha texnologik ketma-ketlikda bajarish, 
operatsiyalarning daromadliligini nazorat qilish (ulgurji shaklida sotib 
olish, saqlash, qadoqlash, nav (sort) larga ajratish, sotish). 
• Sotiladigan mahsulotlarning imiji va brendi shakllanishiga 
yordam berish. 
Ulgurji firmalar bir tomondan o‘zlari uchun alternativ ishlab 
chiqaruvchilar izlab, yangi-yangi mahsulotlarni sotib olish va sotishni 
maqsad qilsa, ikkinchi tomondan yangi sotish bozorlarini ham izlaydi
yangi iste’molchilar segmentini tovarlarga jalb qiladi. Ulgurji firmalar 
bozorlar haqida axborotga ega bo‘lib, korxonalarni iste’molchilar 
talablari, bozor holati bilan bog‘liq axborotlar bilan ta’minlaydi. Shu 
bilan birga iste’molchilarni bozor konyunkturasi, yangi tovar haqidagi 
ma’lumotlar bilan tanishtiradi. 

Download 301.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling