Xi bob. Sotish siyosati


Download 301.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana16.06.2023
Hajmi301.68 Kb.
#1516301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
11-mavzu

Sotuv bo‘limi – firmaning o‘z mahsulotlarini vositachilar va savdo 
korxonalari orqali sotilishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. 
 Korxona rahbariyati – yirik sotuv jarayonlarida, masalan, 
investision tarmoqlarga tovar, xomashyo, ayrim texnik vositalar kabilar-
ni sotishda ishtirok etadi. Kerak bo‘lganda kommivoyajerlar faolyatini 
qo‘llab-quvvatlaydi, ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega. 
Konsignator – eksportyordan o‘z omboriga tovar konsignatsiya 
shartnomasida belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada 
jo‘natilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko‘rsatilgan 
bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning 
ko‘rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan 
narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi. 
Agentlik harakat (ish)lari – prinsipial, deb ataladigan bir savdo va 
tijorat tomonning agenti topshirig‘idan iborat. 
Sanoat agentlari muayyan joylarda o‘zaro raqobatda bo‘lmagan bir 
qancha sanoat tovarlarini sotish bilan shug‘ullanadilar. Aksariyat 
hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar, deb yuritiladi. 
Kommivoyajer – korxona xizmatchisi bo‘lib, u mijozlarni qidirish, 
ularga tovarni tanishtirish, ularning talabini shakllantirish bo‘yicha ish 
olib boradi. Kommivoyajerlar faoliyati, vakolatlari firma rahbariyati 
tomonidan tartibga solib turiladi. U firmadan uzoq hududda tovarni 
sotish, mijozlarni topish bilan shug‘ullanadi. Ya’ni uni fransuz tilida 
“sayohatchi sotuvchi”, deb ham atashadi. Kommivoyajer - savdo 
firmasining namunalarini sotuvchi sayyor agenti.
Kommivoyajer – ulgurji savdo qiluvchi tovarni nafaqat sotadi, 
shuningdek, sotilgan tovarni xaridorga yetkazib ham beradi.
Sotuvchi vakolatxona – bu tashkilotlar mustaqil yuridik shaxslar 
bo‘lib, bir necha firmalar bilan shartnoma tuzib ishlaydi. Bunday 
vakolatxonalar mustaqil faoliyat olib boradi, iste’molchilardan buyurt-
malar oladi, texnologik majmualarni shakllantiradi, ta’minotchi shaklida 
ish olib boradi, ko‘rgazmalar tashkil etib, ishlab chiqaruvchi firma 
mahsulotlariga ulgurji xaridorlarni jalb etadi. 
Makler – ikki tomon manfaatlaridan kelib chiqqan holda 
vositachilik qilib, mumkin bo‘lgan shartnomalarni topish va uni bajarish 
bilan shug‘ullanadi. 


295 

Download 301.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling