Xi bob. Sotish siyosati
Download 301.68 Kb. Pdf ko'rish
|
11-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Distribyutor
Diler – shartnoma asosida tovarni sotib oladi va to‘liq to‘lovni
amalga oshirgandan so‘ng tovar egasiga aylanadi. Shartnoma shartiga ko‘ra barcha vazifalar bajarilgandan so‘ng diler va ishlab chiqaruvchi firma o‘rtasida munosabatlar to‘xtatiladi. Distribyutor – ishlab chiqaruvchidan ma’lum muddatda ma’lum joyda mahsulotlarni sotish bo‘yicha huquqqa ega bo‘ladi. Distribyutor mulk egasi bo‘lmaydi, sotish uchun shartnoma tuziladi. U o‘z nomidan faoliyat olib boradi. Komissioner – sotiladigan mahsulotga egalik qilolmaydi, lekin mahsulot sotish bo‘yicha o‘z nomidan shartnoma tuzadi. Mahsulotni butligini, zarar yetmasligini komissioner o‘z bo‘yniga oladi. Komitent – ma’lum bitim tuzish orqali komissioner nomidan bir qancha ayirboshlash operatsiyasini amalga oshiradigan jismoniy shaxs. Bu ishlarni o‘z moliyaviy mablag‘lari hisobiga bajaradi. Agentlar – vosutachilar bo‘lib, yuridik shaxs hisoblanadilar. O‘z nomlaridan bitim haqida shartnoma tuzib, ishlab chiqaruvchi shartnoma hisobiga mahsulotlarni olib so‘ng sotadi. Agent bitimda ko‘rsatilgan sotuv summasining foizi miqdorida rag‘batlantiriladi. Brokerlar – vositachilar bo‘lib, diler va distribyutorlar kabi mulkka (tovarga)egalik qilish huquqiga ega emas va o‘z xohishiga ko‘ra tovarni taqsimlashi, lekin sotishi mumkin emas. Brokerning foydasi faqat vositachilik bo‘lib u alohida vazifalarni, topshiriqlarni bajaradi. Sotish va sotib olish bitimi shartlariga ko‘ra broker hech bir tomon bilan shartnoma munosabatlariga kiritilmaydi. Uning daromadi sotilgan tovarlarni har bir birligi uchun oldindan kelishilgan summaga qarab belgilanadi. Tashkilotchi – ulgurji savdo qiluvchi yuklarni tarasiz tashish tarmoqlariga yetkazib beradi (yog‘och materiallar, og‘ir yuklar va b.). Broker va agentlar tovarga egalik huquqini olmaydilar, asosan, oldi – sotdida ishtirok etadilar va o‘z xizmatlari uchun komission haq bilan rag‘batlantiriladilar. Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi — broker orqali sotuvchi va xaridor (sug‘urtachi bilan sug‘urta qildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga oluvchi) o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan iborat. Brokerning qaysi yo‘nalishda faoliyat olib borishidan va u kimning nomidan ish ko‘rishdan qat’iy nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker hech qachon 294 shartnomadagi tomonlardan biri bo‘la olmaydi, faqat tomonlarni o‘zaro uchrashtirish, shartnoma tuzishga yordamlashish vazifasini bajaradi. Download 301.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling