Xi bob. Sotish siyosati


Chakana savdoning maqsadi


Download 301.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana16.06.2023
Hajmi301.68 Kb.
#1516301
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
11-mavzu

Chakana savdoning maqsadi – oxirgi iste’molchilarga chakana 
do‘konlar orqali mahsulotni chakana narxlarda yetkazib berishdir. 
Savdoning bu turi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘zlarining turli– 
tumanligi va ulardagi narxlar ham egiluvchanligi bilan xarakterlanadi. 


298 
Chakana savdo aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar sotish va xizmat 
qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. 
Chakana savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. 
Xaridorlarga tovarlar sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar beradi. 
Tovarlarni saqlash, qo‘shimcha ishlash, narxlarni o‘rnatish va boshqa 
vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan 
oldi - sotdi shartnomasini tuzadi.
Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko‘rsatishlari 
bilan farqlanadi: 
1. Xususiy hissadorlar. 
2. Ijara mulklarga asoslangan chakana savdo. 
3. Qo‘shma mulklarga asoslangan chakana savdo. 
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi: 
1. Do‘konning jihozlari. 
2. Mijozga xizmat ko‘rsatish darajasi. 
3. Tovar assortimenti. 
4. Savdoda xizmat ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra. 
Chakana savdo vositachilarini quyidagi belgilariga ko‘ra 
tasniflash mumkin: 
1. Do‘konga taalluqliligi bo‘yicha: 
a) mustaqil chakana savdo qiluvchi do‘konlar (odatda, bir odam-
ning mulki hisoblanadi. Bu qoidaga ko‘ra savdo masalalarini do‘kon 
egasining o‘zi hal qiladi), xizmat ko‘rsatish darajasi yuqoriligi bilan 
ajralib turadigan uncha katta bo‘lmagan do‘konlar: 
b) korporativ tarmoq o‘z ichiga ko‘p sonli do‘konlarni oladi. 
Mulkdor hisoblanadi. Bu turdagi chakana savdo tashkilotining bu turini 
afzalligi - yirik partiya tovarlariga buyurtma berish imkoniyati orqali 
transport xarajatlarini iqtisod qilish va soni bo‘yicha chegirma olish
tashkil etishning yuqori darajasi, sotishni rag‘batlantirish va bashorat 
qilish imkoniyati, tovar zaxiralari va narxlarni boshqarishdan iborat. 
2. Xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha: 
a) Xizmat ko‘rsatish cheklangan do‘konlar-avvaldan tanlangan 
tovarlar bilan savdo qiladi;
b) to‘liq xizmat ko‘rsatish yuqori do‘konlar — obro‘li do‘konlarga 
nufuzli tovarlarni sotish uchun taklif qilinadi va xaridorga qidirish, 
taqqoslash, har qanday masalada yordam, tanlashda maslahatlar beradi. 
3. Savdo xizmati ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra: 
a) do‘konda sotish;


299 
b) tovarni pochta yoki telefon orqali buyurtma bilan sotish; 
c) elektron savdo; 
d) tarqatib sotish; 
e) savdo avtomatlari orqali savdo. 
4.Tovar assortimenti bo‘yicha: 
a) ixtisoslashgan do‘konlar; 
b) universal do‘konlar; 
c) kundalik ehtiyoj mollari do‘konlari; 
d) keng tarmoqli universal do‘konlar. 
5. Iste’mol koorperativlari – bu chakana savdo qiluvchi do‘konlar 
bo‘lib, ularni iste’molchilarning o‘zlari boshqaradi va egalik qiladi 
(ko‘proq oziq – ovqat bozorlarida). Ko‘pincha iste’molchilarning o‘zlari 
do‘konlarda ma’lum vaqt ishlab beradi, bu esa savdo narxini sezilarli 
pasaytirish imkonini beradi.
6. Savdo kooperativlari– mustaqil do‘konlar tarmog‘i bo‘lib, odatda, 
tovarlarni bitta ta’minotchining o‘zidan xarid qiladi. Ularning afzalligi-
xaridorlarning ko‘z oldida, ularni ancha past narxlar bilan jalb etuvchi 
(yetkazib beruvchidan xarid qilinganda, miqdori uchun chegirmalar 
hisobidan) yirik savdo tarmog‘ini yaratishi. 
7. O‘z-o‘ziga xizmat qilish do‘konlari – kundalik ehtiyoj tovarlarini 
realizatsiya qiladi. 
Chakana savdo taqsimlashning barcha bo‘g‘inida o‘nta xaridordan 
yettitasi u yoki bu tovar foydasiga, aynan ularning taqdim etilgan 
assortimentlarini ko‘rish, tovarning xarid qiymatini baholash va be 
vosita asosiy do‘konning o‘zida taqqoslash kerak bo‘lsa, maslahat 
so‘rab, sotuvchiga murojaat qilishi savdoni amalga oshirishning isbotiga 
aylanadi. Aynan chakana savdo xaridorlar bilan doimiy muloqotda 
bo‘ladi, turli tovar va markalarga ularning ta’sirini ko‘radi va yangi 
kombinatsiya va tovar guruhlarini tuzib, tovarning tez sotilishini boshqa-
radi. Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar tovarlar va xizmatlar 
bevosita yakuniy iste’molchilarning shaxsan iste’mollari uchun sotish 
bo‘yicha hamma turdagi faoliyatni bajaradilar. Chakana savdo do‘kon-
larida xaridor muomalasini boshqarish merchendayzing deyiladi. 
Chakana savdoning asosiy hajmi chakana savdo bilan shug‘ul-
lanuvchi do‘konlar orqali, kam qismi to‘g‘ridan – to‘g‘ri marketing, 
shaxsiy savdo va savdo avtomatlari yordamida sotishni o‘z ichiga 
oluvchi do‘kondan tashqari chakana savdo yo‘li bilan olib boriladi. 


300 
Chakana savdo qiluvchi tovarni ulgurji savdodan yoki ishlab chiqaruv-
chidan sotib oladi. 

Download 301.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling