Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar:
Pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv.
pedagogning faoliyat turlari: o’quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; yekspertlik va boshqalar.
pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari.
19-Mavzu: Texnologiya darslarida baholash mezonlari.
Reja:
Texnologiya fanida, baholash turlari.
Texnologiya fani darslari jarayonida o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni baholash mezoni.
Baholashni ob'ektivligi va differentsialligi.
Texnologiya fani darslarida baho turlari (amaliy, nazariy).
Baholashda hisobga olinadigan omillar.
Reyting tizimi asosida baholash STEAM bo'yicha o’quvchilarni baholash.
Tayanch iboralar: Baholash. Bilim, ko’nikma va malakalar. Baholashni ob'ektivligi va differentsialligi. Baho turlari (amaliy, nazariy). Reyting tizimi. STEAM
Baholash va uning ahamiyati. Ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv materiallari o’zlashtirilganligini, ko’nikma va malakalar hosil bo’lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o’qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o’quv jarayonining turli bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishda iborat jarayondar.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Nima uchun baholash kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |