Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 373.5 Kb.
bet34/50
Sana17.06.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1545793
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)

2 - LABORATORIYA IShI


O’simliklardan namunalar olish. (tarkibidagi gigroskopik suv va quruq modda miqdorini aniqlash. Gigroskopik namlikni aniqlash).
Tahlilning mohiyati. Odatda, agrokimyoviy tahlil natijalari mutlaq quruq moddaga nisbatan aniqlanadi, qaysiki, o’simlik namunasi tarkibidagi gigroskopik namlikni aniqlashni taqazo etadi. Tahlil namunani qizdirish asosida tarkibidagi gigroskopik suvni yo’qotish va quruq moddani tarozida tortishga asoslangan.
Ishning borishi. Diametri 3,5-5,0 sm bo’lgan shisha byukslar olinadi va ularning stakan shlifi hamda qopqog’iga bir xil raqamlar qo’yiladi. qopqog’i ochiq holda tyermostatda 30-40 daqiqa quritiladi va massasi aniqlanadi.
2-4 g atrofida o’simlik namunasi byukslarga solinadi va analitik tarozida massasi aniqlanadi. qopqog’ini ochib, tyermostatga qo’yiladi va 100-105〫S haroratda 6 soat quritiladi, so’ngra qisqich yordamida tyermostatdan olinadi, eksikatorda quritiladi, tarozida tortiladi.
Byukslar shu haroratda yana 1,5-2,0 soat quritiladi va massasi aniqlanadi. Massalar orasidagi farq sezilar-sezilmas bo’lsa, uchinchi marta takrorlashga xojat qolmaydi. Ayrim mualliflar 17-18 soat davomida 85-90〫S da, so’ngra 1 soat davomida 105〫S da quritib, bir marta tortishni tavsiya qiladilar.
Gigroskopik namlik quyidagi formula asosida hisoblanadi:
G = (a-v) • 100 / v-A; bu yerda:
a va v - byuks va namunaning quritishgacha va quritishdan keyingi massalari, g; A - quruq byuksning massasi, g.
Matyerial va asbob-jihozlar: analitik tarozi, tyermostat, eksikator, qisqich, 3,5-5,0 sm diametrli shisha byukslar, steklograf, xona xaroratida quritilgan o’simlik namunalari. quruq modda miqdorini aniqlash
Tahlilning mohiyati. O’simlik mahsulotlari tarkibidagi quruq modda miqdorini aniqlash muhim ahamiyatga ega. quruq modda miqdorini aniqlash uchun og’irligi ma’lum bo’lgan yangi o’simlik matyeriali 100-105〫S haroratda, massasi
o’zgarmay qolguncha quritiladi va qayta tortiladi.

Download 373.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling