Azot miqdorini FEK da aniqlash A» eritmadan 50 ml sig’imli o’lchov qolbasiga 0,5-2,0 ml olinadi, ustiga 20-
30 ml suv qo’shiladi va 1 tomchi metil qizili ishtirokida eritmaning och pushti rangi yo’qolguncha 10% li NaOH eritmasi bilan neytrallanadi. Ustiga 2 ml Segnet to’zining 50% li eritmasi hamda 2 ml Nesslyer reaktivi qo’shiladi, yaxshilab aralashtiriladi. va 10 daqiqadan keyin fotoelektroqolorimetrning ko’k yoki binafsha yorug’lik filtrida ko’riladi. Nazorat tahlil bilan ham shu tahlit ish olib boriladi va uning natijasi tajriba natijasidan ayirib tashlanadi.
Azotning miqdori kalibr egri chizig’i asosida topiladi. Buning uchun 0,7405 g ammoniy xlorid olinadi va 1000 ml suvda yeritiladi. Undan 10 ml olib, hajmi 500 ml ga etkaziladi (eritma 0,00388 mg/ml N-NO3 to’tadi). Kalibr egri chizig’ini tayyorlash uchun pipetka yordamida 5; 10; 15; 20; va 25 ml olib, ustiga yuqorida aytilgan reagentlardan qo’shib, eritmalar bo’yaladi va FEK da ko’riladi.
O’simlikdagi azot miqdori quyidagi formula asosida hisoblanadi:
X = A • W1 •W2 •100 / 1000 • T• V; bu yerda:
X - azotning miqdori, %; A - kalibr egri chizig’idan olingan azot miqdori, mg; W1 - tahlil qilinayotgan eritmaning yalpi hajmi, ml; W2 - bo’yalgan eritma hajmi, ml; V - bo’yash uchun olingan so’rim hajmi, ml; T - o’simlik tortimi, g; 100 va 1000-% va g larga aylantirish koeffistienti.
Fosforni aniqlash
«B» eritmadan 100 ml sig’imli o’lchov qolbasiga 5-10 ml olib, ustiga 20-25 ml suv qo’shiladi. 2 tomchi β-dinitrofenol indikatori tomiziladi va och sariq rang
hosil bo’lguncha 10% li NH4OH bilan titrlanadi, keyin 2 tomchi 10% li HCl yoki
yordamida rangsizlantiriladi. So’ngra 2 ml molibdenli reaktiv qo’shib, o’lchov chizig’igacha distillangan suv quyiladi va 0,5 ml qalay (II) xlorid eritmasi qo’shiladi. Aralashma ko’k ranga o’tadi va u qizil rangli yorug’lik filtri (№7) yordamida qolorimetrlanadi.
Kalibr egri chizig’i uchun eritma tayyorlash: 0,1917 g (k.t.) KH2PO4 stakanda, distillangan suvda yeritiladi va 1 l sig’imli o’lchov qolbasiga o’tkazilib, chizig’igacha suv quyiladi. Bu eritmadan 25 ml olib, o’lchov qolbasida hajmi 250 ml ga etkaziladi, qaysiki, 0,01 mg/ml P2O5 to’tadi. Kalibr egri chizig’i uchun ayni eritmadan 50 ml li o’lchov qolbalariga 0,5; 1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; 3,5 va 4,0 ml dan olib, tegishli reaktivlar bilan bo’yaladi va FEK da ko’riladi.
Fosfor (P2O5) miqdori quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |