Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua


Matyerial va asbob-jihozlar


Download 373.5 Kb.
bet36/50
Sana17.06.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1545793
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)

Matyerial va asbob-jihozlar: yangi o’simlik namunalari, pichoq, qirg’ich, gomogenizator, taxtacha, byukslar, kalta shisha tayoqchalar, toza kvarst qum, tyermostat, eksikator, texno-analitik tarozi.

3 - LABORATORIYA IShI O’simlik tarkibidagi azot, fosfor, kaliyni bitta namunada aniqlash (K.Ginzburg, G.Shcheglova va E.Vulfius usulida)


Tahlilning mohiyati. Azot, fosfor va kaliy miqdori o’simlik tortimini kuchli sulfat kislotada (xlor kislota-NSlO4 ishtirokida) tezkor kuydirish asosida aniqlanadi. Xlor kislota ham o’simlikdagi organik moddalarning parchalanishida faol qatnashadi:
H2SO4 → SO3 + H2O; 2 SO3 → 2SO2 + O2; 4 NSlO4 → 2Cl2 + 7 O2 + 2H2O; 2 NSlO4 → Cl2 + 3 O2 + H2O2.
Ishning borishi. 0,2 g maydalangan o’simlik tortimi 50-60 ml sig’imli konussimon qolbaga joylanadi (paxta xom ashyosidan 1,5 g olinadi). Ustiga 5 ml (paxta xom ashyosiga 15 ml) konstentrlangan sulfat kislota quyiladi, chayqatiladi, og’zi zo’ldirsimon sovutgich yoki voronkacha bilan yopiladi va 12-14 soat qoldiriladi.
Bir paytning o’zida reaktivning tozaligini tekshirish uchun toza qolbaga 5-15 ml atrofida konstentrlangan sulfat kislota olib, yuqoridagi tartibda ish ko’riladi (nazorat tahlil).
So’ngra aralashmalar kuchsiz olovda sulfat kislotaning oq bug’lari paydo bo’lguncha qizdiriladi. Qolbalar olovdan olib sovutiladi, voronkani ko’tarib, 5-6 tomchi xlor kislota tomiziladi, kuchli olovda 5-7 daqiqa qaynatiladi. Eritma rangsizlanmasa, yana 1-2 tomchi xlor kislota tomiziladi va qaynatish davom ettiriladi.
Aralashmaning to’la rangsizlanishi uchun 7-8 tomchi xlor kislota kifoya. Rangsizlangan aralashma yana 15 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Qolbalar sovutiladi va ustiga kam miqdorda distillangan suv quyiladi va 100 ml sig’imli (paxta xom ashyosi 250 ml cig’imli) o’lchov qolbasiga o’tkaziladi. Eritmadan 10 ml olib, hajmi 100 ml ga etkaziladi va u «A» eritma deb yuritiladi. «A» eritmadan 25 ml olib, 100 ml sig’imli o’lchov qolbasiga o’tkaziladi, o’lchov chizig’igacha distillangan suv quyiladi («B» eritma) va undan fosfor hamda kaliyni aniqlashda foydalaniladi.

Download 373.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling