Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 373.5 Kb.
bet50/50
Sana17.06.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1545793
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)

N1 = N2 • V2 / V1 ; bu yerda:
V1 va N1 – Mor to’zi eritmasining hajmi va normalligi; V2 va N2- KMnO4 titr eritmasining hajmi va normalligi.).
Uglyerodning miqdori (S) quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
S(%) = (a-v) • n • 0,003 • 100 / T; bu yerda:
a - nazorat tahlilidagi 10 ml xromat kislotani titrlash uchun sarflangan Mor to’zi eritmasi, ml;
v - tuproqli eritmadagi xromat kislotani titrlash uchun sarflangan Mor to’zi eritmasi, ml; n - Mor to’zining normalligi;
0.003 - 1 mg•ekv uglyerodning grammlardagi ifodasi; T - tuproq tortimi, g.
Uglyerod miqdorini tuproq gumusiga aylantirish uchun olingan natija 1,724 koeffistientga ko’paytiriladi. Reaktivlar:

  1. Kaliy bixromatning 0,4 n li eritmasi: 40 g K2Cr2O7 yoki 32 g xromat angidrid (CrO3) tahminan 0,5 l suvda yeritilib, buklama filtr qog’oz orqali 1 l sig’imli o’lchov qolbasiga o’tkaziladi. Eritmaga o’lchov chizig’igacha suv quyiladi va 2,0-2,5 l hajmli issiqqa chidamli qolbaga o’tkazilib, ustiga (mo’rili shkaf ichida) ehtiyotkorlik bilan 1 l H2SO4 (dq1,84) quyiladi. Eritma sovigandan keyin tiqini zich yopiladigan idishda saqlanadi.

  2. Mor to’zining 0,2 n li eritmasi: 1 l hajmli qolbaga 80 g Mor to’zi(NH4)2SO4•FeSO4•6H2O dan olinadi va qolbaning 0,7 hajmiga qadar H2SO4 ning 1 n li eritmasi quyiladi. Tuz to’la yerishi uchun chayqatiladi va buklama filtr orqali 1 l hajmli o’lchov qolbasiga o’tkaziladi hamda o’lchov chizig’iga suv bilan etkaziladi. Eritma havo kirmaydigan idishldarda saqlanadi.

  3. Fenilantranil kislota eritmasi: 0,2 g fenilantranil kislota chinni kosachaga solinadi va suvsiz sodaning bir necha ml 0,2% li eritmasi bilan ho’llanadi hamda shisha tayoqcha yordamida bo’tqasimon holatga keltiriladi. Keyin soda eritmasining qolgan qismi (jami 100 ml bo’lishi kerak) quyiladi. Vaqt o’tishi bilan eritmaning ranggi qorayib boradi. Lekin bu indikatordan foydalanishga monelik qilmaydi.

Material va asbob-jihozlar: tuproq namunalari, chinni havoncha, mayda teshikli elakchalar, probirkalar, konussimon qolbalar, voronkachalar, byeretka, pipetkalar, elektr plitka, analitik tarozi.




Download 373.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling