Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 373.5 Kb.
bet47/50
Sana17.06.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1545793
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)

NH4Cl+4KOH+2 K2(HgI4) = HgOHg•(NH2)I+7KI+KCl+3H2O FEKda eritmaning konstentrastiyasi aniqlanadi va uni qiyosiy eritma konstentrastiyasiga taqqoslash asosida N-NH4 ning miqdori hisoblab topiladi. Tahlilga Mg, Sa va boshqa ionlar xalaqit byermasligi uchun eritmaga Segnet to’zi eritmasi qo’shiladi.
Ishning borishi. Go’ng namunasi maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Soat oynasi yoki chinni kosachada 25 g atrofida go’ng tortib olinadi va filtr qog’ozga o’rab 1 l sig’imli, keng bo’g’izli qolbaga solinadi (idishga yopishgan go’ng ham filtr qog’oz bilan artib olinadi va qolba ichiga tashlanadi). Ustiga 500 ml 0,05 n li xlorid kislota eritmasi (1-reaktiv) quyiladi, 30 daqiqa rotatorda chayqatiladi va filtrlanadi. Filtratning ilk tomchilari loyqa bo’lgani bois tashlab yuboriladi yoki filtrga qaytarib quyiladi. 250 ml sig’imli o’lchov qolbasiga filtratdan 10 ml olib, o’lchov chizig’igacha distillangan suv quyiladi. Undan 100 ml sig’imli o’lchov qolbasiga 25 ml olinadi va ustiga 25% li Segnet to’zi eritmasidan (2-reaktiv) 4 ml qo’shiladi va hajmi distillangan suv bilan 80-90 ml ga etkaziladi. So’ngra 4 ml Nesslyer reaktivi (3-reaktiv) qo’shib, o’lchov chizig’igacha distillangan suv quyiladi (Agar Segnet to’zi eritmasi ta’sirida eritma tiniqlashmasa, suyultirilgan filtratdan stilindrga 100 ml olib, ustiga 1 ml cho’ktiruvchi aralashma qo’shiladi va 12 soatdan keyin sifon yordamida 25 ml olib, tahlil davom ettiriladi). Tahlil bilan bir paytda qiyosiy eritmalar shkalasi tayyorlanadi. Buning uchun etalon eritmadan (4-reaktiv) 100 ml sig’imli qolbalarga 10, 20, 25 ml miqdorda olinadi va ustiga 4 ml dan Nesslyer reaktivi qo’shib (Segnet to’zi qo’shilmaydi), o’lchov chizig’igacha distillangan suv quyiladi va yaxshilab chayqatiladi. Oradan 15 daqiqa o’tgach, eritmalarning optik zichligi FEKda, 430-450 nm to’lqin uzunligida ko’riladi. Absstissalar o’qiga azot miqdori (mg/100 ml), ordinatalar o’qiga esa FEKning ko’rsatishini qo’yib kalibr egri chizig’i chiziladi.

Download 373.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling