Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua
Download 373.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqni tahlilga tayyorlash.
Natijalarni hisoblash. Go’ngdagi N-NH4 ning miqdori (X%) quyidagi formula asosida hisoblanadi:
X% = A · 100 / T; bu yerda: A - tekshirilayotgan eritmadagi azot konstentrastiyasi (kalibr egri chizig’idan olinadi), mg/100 ml; T -tahlil uchun olingan eritmaga mos keladigan go’ng tortimi, mg. Reaktivlar. 1. 0,05 n li NSl. 2.Segnet to’zi-CH(OH)∙COOK· COONa·CH(OH) ning 25% li eritmasi: 25 g reaktiv distillangan suvda yeritiladi va hajmi 100 ml ga etkaziladi. 3.NH4Cl ning etalon eritmasi-0,7405 g NH4Cl (k.t.) 1000 ml distillangan suvda yeritiladi; undan 20 ml olib yana 1000 ml ga etkaziladi (0,005 mg/ml NH4 to’tadi. 4.Nesslyer reaktivi. 1) 17 g xlorli simob 500 ml sig’imli kimyoviy stakanda 300 ml distillangan suvda yeritiladi; 2) 35 g kaliy yodid 100 ml suvda yeritiladi va 1500 ml sig’imli sklyankaga o’tkaziladi va uning ustiga birinchi eritma asta-sekin simob yodidning qizil cho’kmasi yerimay qolguncha quyiladi. Reaktivning hajmi 20% li NaOH eritmasini qo’shish yo’li bilan 1000 ml ga etkaziladi hamda yana birinchi eritma yerib ketmaydigan cho’kma hosil bo’lguncha qo’shiladi. Sklyankadagi tindirilgan eritmaning ranggi och sariq bo’lmasa, yana bir oz xlorli simob eritmasi qo’shiladi va to’q tusli idishda qorong’i joyda saqlanadi. Cho’ktiruvchi aralashma. 50 g NaOH va 50 g soda 600 ml distillangan suvda yeritiladi va u tarkibidagi ammiakni yo’qotish uchun 500 ml qolguncha qaynatiladi. Tuproq tarkibidagi gumus miqdorini Tyo’rin usulida aniqlash Tuproqni tahlilga tayyorlash. Tuproq namunalari toza qog’ozga yoyiladi, ildiz, qo’shilmalar va yangi yaralmalardan tozalanadi, yirik kesakchalar maydalanadi. Aralashtirilgan tuproq 1 sm qalinlikda yoyiladi, kvadrat holiga keltiriladi va diagonali bo’ylab to’rt bo’lakka ajratiladi; qarama-qarshi ikki qism idishga qayta solinadi. qolgan ikki qism laboratoriya namunasi hisoblanadi va uni qog’ozga 0,5 sm qalinlikda yoyib, 3x4 yoki 3x3 sm kattalikdagi katakchalarga ajratiladi. Har bir katakchadan shpatel yordamida 5-10 g atrofida tuproq olib, tagiga oq qog’oz to’shalgan oyna ustiga yoyiladi, lupa va pinstet yordamida ildiz qoldiqlari tyeriladi. Tuproq teshikchalari 0,25 mm li elakdan o’tkaziladi. Tayyorlangan analitik namuna aralashtiriladi va kalka yoki pyergament qog’ozdan yasalgan xaltachalarda saqlanadi. Download 373.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling