Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 373.5 Kb.
bet49/50
Sana17.06.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1545793
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)

Tahlilning mohiyati. Tahlil tuproq tarkibidagi organik moddani sulfat kislotadagi kaliy bixromat bilan oksidlashga asoslangan:
3C + 2K2Cr2O7 + 8H2SO4 = 2 Cr2(SO4)3 + 2K2SO4 + 8H2O + 3CO2.
Oksidlash olti valentli xromni uch valentli xromga aylanishi asosida sodir bo’ladi. Uglyerodning oksidlanishida ishtirok etmagan (ortiqcha) kaliy bixromat Mor to’zi eritmasi yordamida titrlanadi:
K2Cr2O7+7H2SO4+ 6FeSO4 = Cr2(SO4)3+3Fe2(SO4)3+K2SO4+7H2O.
Oksidlanishgacha va undan keyingi bixromatlarning farqi (mg•ekv) asosida tuproqdagi organik uglyerodning miqdori hisoblab topiladi.
Ishning borishi. Tayyorlangan tuproq namunasidan analitik tarozida kichiq sig’imli probirkaga 0,2-1,0 g atrofida tortib olinadi va u 100 ml sig’imli konussimon qolbaga joylanadi. Bo’shagan probirkaning massasi aniqlanadi va tuproqli hamda tuproqsiz probirkalarning massalari o’rtasidagi farq asosida tuproqning aniq massasi topiladi.
Tuproq namunasi solingan qolbalarga byuretka yordamida 10 ml miqdorda K2Cr2O7 ning sulfat kislotada 1:1 nisbatda suyulti rilgan 0,4 n li eritmasi quyiladi. Sekin-asta chayqatib, tuproq qolba tubiga bir tekis taqsimlanadi.
Qolbalarning og’zi kichiq voronkachalar yoki zo’ldirsimon sovutgichlar bilan yopiladi va qizib to’rgan elektr plitasi yoki qum hammomiga qo’yiladi. qizish jarayonida avval mayda, keyin yirik pufakchalar chiqib qaynay boshlaydi. qaynash 5 daqiqa davomida, nisbatan past haroratda (140-180〫S) amalga oshiriladi.
qaynash so’nggida eritmaning zarg’aldoq ranggi qo’ng’ir yoki yashiltob-
qo’ng’ir tusga o’tadi. Agar eritmaning ranggi yashil bo’lsa (bu xromat kislotaning kamligini ko’rsatadi), tuproq tortimini kamaytirib yoki kaliy bixromat eritmasi miqdorini ko’paytirib, tahlil qaytadan amalga oshiriladi.
Qolbalar plitadan olinadi, sovitiladi va yuvish moslamasi (promo’valka) yordamida 10-15 ml suv bilan voronka va qolba bo’g’zi idish ichiga yuvib tushiriladi. 5-6 tomchi 0,2 n li fenilantranil kislota eritmasi qo’shiladi va aralashmaning qizg’ish-binafsha ranggi yashilga o’tguncha Mor to’zining 0,2 n li eritmasi bilan titrlanadi. Indikatorning ranggi keskin o’zgarishi sababli titrlash ehtiyotkorlik bilan, Mor to’zini tomcxilatib, qolbani chayqatib to’rgan holda amalga oshiriladi.
Tuproqdagi organik moddani oksidlash uchun sarflanadigan kaliy bixromatni titrlash uchun sarflanadigan 0,2 n li Mor to’zi hajmini aniqlash uchun nazorat tahlil o’tkaziladi. Buning uchun qolbaga 10 ml 0,4 n li kaliy bixromat olinadi va boshqa tadbirlar yuqorida ta’kidlangan tartibda bajariladi.
Mor to’zining titri beqaror bo’lgani bois, tahlil o’tkazilayotgan kunda uning normalligi aniqanadi.
(Mor to’zining normalligini aniqlash uchun 250 ml hajmli konussimon qolbaga 50 ml suv va 1 ml konstentrlangan sulfat kislota, 10 ml Mor to’zi eritmasi (byuretka yordamida) quyiladi. Aralashma KMnO4 ning 0,1 n li eritmasi bilan och pushti rangga o’tgunga qadar titrlanadi. Aniqlash uch marta takrorlanadi va o’rtacha ko’rsatkich asosida Mor to’zining normalligi hisoblab topiladi:

Download 373.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling