X = A • W1 •W2 •100 • 4/ 1000• T • V; bu yerda:
X - fosforning miqdori, %; A - kalibr egri chizig’idan olingan fosfor miqdori, mg; W1 - «A» eritma hajmi, ml; W2 - bo’yalgan eritma hajmi, ml; V - qolorimetrlash olingan so’rim hajmi, ml; T - o’simlik tortimi, g; 100 va 1000 - % va g larga aylantirish koeffistienti; 4 - «A» eritmani suyultirish koeffistienti.
Kaliyni aniqlash Kaliy «B» eritmani alangali fotometr (PFM) da ko’rish asosida aniqlanadi. Hisoblashlar tahliliy eritmalar kabi sulfat kislotada tayyorlangan standart eritmalar asosida amalga oshiriladi. Agar o’simlik tortimini kuydirish uchun 5 ml H2SO4 olingan bo’lsa, «B» eritmaning 100 millilitri tarkibida 1,25 ml H2SO4 bo’ladi.
Kaliyning standart eritmasini tayyorlash uchun analitik tarozida 1,583 g KCl olinadi va 1 l suvda yeritiladi. Eritma o’z tarkibida 1 mg/ml K2O to’tadi. Shu eritmadan o’lchov qolbasiga 10,0; 8,0; 6,0; 5,0; 4,0; 3,0; 2,0; 1,0 va 0,5 ml dan olib, hajmi 100 ml ga etkaziladi.
Yuqoridagi usulda tayyorlangan eritmalar stakanchalarga quyiladi va PFM ning galvanometridan olingan ma’lumotlar absstissalar o’qiga, eritma konstentrastiyasi esa ordinatalar o’qiga qo’yilib, kalibr egri chizig’i chiziladi. Natijani hisoblash:
X = a • W1 •W2 •100 / 1000 •T • V; bu yerda:
X-kaliyning miqdori, %; A - kalibr egri chizig’idan olingan kaliy konstentrastiyasi, mg/ml; W1 - «A» eritma hajmi, ml ; W2 - PFM dan o’tkazilgan «B» eritma hajmi, ml (100); V - suyultirish uchun olingan «A» eritma hajmi, ml; T - o’simlik tortimi, g;
Tuproq tarkibidagi nitratli azot miqdorini Grandval-Lyaju usulida aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |