Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua
Download 373.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- X = (s-a / v-a) · 100;
Ishning borishi. Toza quruq byuksga 10 g chamasi toza kvarst qum va uchi to’mtoq shisha tayoqcha solinadi. Byuks qopqog’i ochiq holda (ichidagilari bilan birga), tyermostatda 100-105〫S haroratda 30-40 daqiqa quritiladi va eksikatorda sovitilgach, texnik tarozida 0,01 g aniqlikda tortiladi.
Byuksni quritish jarayonida quruq moddasi aniqlanadigan mahsulotning namunasi tayyorlanadi. Kartoshka tugunaklari, karambosh va sabzavotlar o’q chizig’i bo’ylab ikkiga bo’linadi va bir bo’lagi yana ikkiga bo’linadi hamda uning bir bo’lagi mayda bo’lakchalarga ajratiladi. Olma, nok, behi kabilarning urug’lari va urug’joylari, olcha, gilos va olxo’ri kabilarning danaklari, shuningdek, barcha meva va sabzavotlarning po’sti va pardasi olib tashlanadi. Maydalangan mahsulotdan kerakli miqdorda olib (olinadigan miqdor mahsulotning barcha qismlarini o’z ichiga olishi kerak), qaychi, qirg’ich yoki gomogenizatorda maydalanadi va taxtacha ustiga yoyiladi. Undan tahminan 5-6 g namuna olib, byuksga solinadi va shisha tayoqcha yordamida qum bilan aralashtiriladi hamda og’irligi shu tarozining o’zida aniqlanadi. Tyermostatda, qopqog’ini ochib, 100-105〫S haroratda 6 soat quritiladi, vaqti-vaqti bilan byuksdagi aralashma shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi. Byuksning qopqog’i yopiladi, eksikatorda sovitiladi va tarozida tortiladi. Byukslar shu tahlit yana 1 soat quritiladi va tortiladi. Massalar orasidagi farq 0,02 g dan ortiq bo’lsa, yana 0,5 soat quritiladi. quruq modda miqdori quyidagi formula asosida hisoblanadi: X = (s-a / v-a) · 100; bu yerda: a - idishning massasi, g; v - namuna solingan idishning boshlang’ich massasi, g; c - idishning namuna bilan birgalikda so’nggi massasi, g. Olingan natijalarni qayd etish jadvali
Download 373.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling