Xomashyo va maxsulotlarning fizik


Download 0.56 Mb.
bet9/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1295535
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Kaliy kurs loyixa

Tosh tuzi
Tyubegatan tuz qatlami joylashishida asosiy rolni konlarda uchraydigan tosh tuzi egallaydi. Tosh tuzi – shaffof, pushti rang, kо‘k rang, kamdan-kam sut kabi oppoq. Tuzilishi bо‘yicha yirik, о‘rta va mayda tuzlar mavjud bо‘lib, kо‘pincha turli о‘lchamli donalari uchraydi. Galit donalarining kattaligi kо‘pgina о‘rganib chiqilgan namunalarda millimetr ulushidan 2-3 sm gacha о‘zgarib turadi.
Tyubegatanda kristallanish jarayonlari keng rivojlangan, bu esa yillik qatlamlar deb ifodalanadigan tuz jinslarining qatlami mavjud emasligini izohlaydi. Ayrim intervallarda kuz-qish mavsumida, ya’ni past temperaturalarda (<100S) paydo bо‘ladigan gidrogalitning kristallanishi natijasida paydo bо‘lgan suvdek shaffof yoki oq-pushti rang galitning yirik kristall donalari uchraydi. Temperatura kо‘tarilishi bilan u suvni yо‘qotib, galitga aylanadi. Tyubegatan uchun quyidagi galit turlari xarakterlidir: shaffof va rangsiz galit; kul rang galit; shaffof pushti rangli galit; shaffof qizil galit; kо‘k galit; temir oksidlari, loy tuproq zarrachalari qо‘shilgan galit.
Oq shaffof galitga har qanday angidrit – loy-tuproqli materiallar qо‘shilmagan yoki unda juda oz miqdorda mavjud. Eng kо‘p pushti rang galit tarqalgan, u ayrim paytlarda sarg‘ish rangga aylanadi. Och pushti rang va pushti rangning sababi aniq emas. Kо‘k galit kristallari kamdan-kam uchraydi. Galitning havo rangda bо‘lishini mineralda natriy metalining kolloidlarga bо‘linib ketgan (atomlar) zarrachalarning oz miqdorda mavjudligi keltirib chiqargan. Kо‘k rang har doim mustahkam kristall holatga intiladigan kolloidal moddaga qarashli. Vaqt о‘tgan sari kо‘k rang yо‘qoladi, bunga kristall panjaraning tiklanishi darak beradi. Tosh tuzida kо‘k rangning paydo bо‘lishiga kristall panjaraning butunligini buzayotgan va yangi bо‘yalgan markazlar paydo bо‘lishini tezlatayotgan bosim yordam beradi.
Tyubegatan tuz qatlamining pastki gorizonti – toza, oz miqdordagi aralashmadir. Tosh tuzi asosan angidrid va kul rangli loy qо‘shilgani sababli rangsiz, shaffof yoki kо‘k ranglidir. Galitning qoplanish zonasi 16 dan 30m gacha.
Turli zona kesimlaridan olingan har xil tosh tuzining kimyoviy tahlili: galit NaCI miqdori 97,9% dan 100% gacha, oz miqdori – CaCI2,CaSO4 va KCI lardir (jadval).
Sanoat ahamiyatiga ega bо‘lgan Tyubegatan kaliyli tuz qatlamlarining kimyoviy tarkibi



Namuna

CaCl2

MgCl2

KCl

NaCl

Erimaydigan qism

Tuzlar yig‘indisi

V2O3

KK

64

Qizil silvin va gil tuproqli pushti galit

0,18

0,66

22,83

67,17

7,98

100,20

0,0026

129,790

65

0,08

0,12

6,52

92,92

0,64

100,50

0

34,240

66

Pushti silvinit

0,06

0,01

73,25

27,15

0,05

100,59

0,0077

382,037

67

Qizil silvinit

0,25

0,12

60,21

37,09

1,38

99,98

0

320,180

68

0,20

0,09

67,45

30,01

1,90

100,17

0,001

359,920

69

Qizil silvinli shaffof galit

0,04

0,05

13,79

84,83

0,58

99,50

0,0022

72,98

1. Galit bilan yaqin aralashmada mustaqil qatlamlar kо‘rinishida tо‘q sariq karnallit;


2. Pushti rang tuzda notо‘g‘ri shakldagi katta bо‘lmagan kо‘rinishda qо‘shilgan sarg‘ish turlari;
3. 2-5 mm jilka va tо‘q-pushti rang loy-tuproqsimon tuz kо‘rinishidagi oq karnallit.
Flotatsiya va galurgik usullari

Tarkibida kaliy bо‘lgan xom ashyoni kaliy tuziga qayta ishlash turli texnologik sxema bо‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu sxemalar quyidagi usullarga asoslangan:



  1. Qayta ishlov berilayotgan ma’danning erishi va uning tarkibidagi tuzlarni alohida-alohida kristallab ajratish kimyoviy yoki galurgik usul deb nomlanadi.

  2. Kaliy ma’danini flotatsion boyitish usuli g‘oyat oddiy. Shuning uchun ma’danni qayta ishlash yuqori temperaturada emas, normal temperaturada amalga oshiriladi.

Silvinitlarni galurgik usul bilan qayta ishlash SKMB (Solikamsk kaliy ma’dani boshqarmasi) va BKMB (Berezniki kaliy ma’dani boshqarmasi) da olib borblmoqda. Boshqa qolgan korxonalar, «Uralkaliy» va «Belaruskaliy» ICHB flotatsion usuli bilan qayta ishlaydi. Ma’danni flotatsion usuli bilan boyitish horijning kо‘pgina kaliy korxonalari (AQSH, Kanada, Germaniya va boshqalar) da ham joriy qilingan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling