Xomashyo va maxsulotlarning fizik


Download 0.56 Mb.
bet7/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1295535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Kaliy kurs loyixa

Kaliy xlorid – asosiy kaliyli о‘g‘itdir. K2O ning konsentratsiyasi toza kaliy xloridda 63,1%. Kaliy xlorid о‘z ichiga – 53,7±0,6 dan 60±0,6% gacha K2O olgan о‘g‘itdir.

Kaliy xloridning fizik-kimyoviy xossalari:





1 mol og‘irligi, kg/mol

74,56

Zichligi, kg/m³

1990

25ºS dagi solishtirma issiqlik sig‘imi, J/kg

691,3

Erish issiqligi, kj/mol

26,8

Sublimatsiya temperaturasi, ºS
erish
qaynash

223,6
768,0
1417,0

Kaliy xlorid kub shaklida, kо‘pincha о‘tmas burchakli kristallar shaklida kristallanadi. Kristallar toza holda rangsiz va suv kо‘rinishida tiniq, aralashmalarda – qizil-sariq, ochiq-qizil yoki pushti rangli bо‘ladi. Kristallar qattiqligi (Moss shkalasi bо‘yicha) 2ga teng.
KCl ning suvda eruvchanligi (tо‘yingan eritma konsentratsiyasi S)ning temperaturaga bog‘liqligi quyida keltirilgan.



t, ºC

C, % (mol)

t, ºC

C, % (mol)

t, ºC

C, % (mol)

-5

20,95

40

28,70

100

35,90

0

21,90

50

30,10

125

38,20

10

23,80

60

31,40

150

40,50

20

25,60

70

32,60

200

44,90

25

26,45

80

33,80

250

49,50

30

27,20

90

34,90

300

54,00



MDHdagi kaliyli ma’dan konlari

Yaqin chet ellarda kaliy tuzlarining 22 ta koni hisobga olingan, qidirib topilgan zaxiralar о‘tgan asrning 70 yillarida 24 mlrd. t. tashkil etdi va faqat 2,5 mlrd. tonnasi sanoat zahiralariga tо‘g‘ri keladi. Eng yirik kaliy konlari: Verxnekamsk va Verxnepechorsk (Ural); Starobin, Kopatkevichi va Petrikov (Belorussiya); Prikarpatye (Ukraina); Gaurdak va Karlyuk (Turkmaniston); Jilyan (Qozog‘iston); Tyubegatan (О‘zbekiston);


Verxnekamsk koni Perm oblastida joylashgan. Tuz qatlamining qalinligi 1000m. Kon chuqur joylashmagan (90-220m) silvinit va karnallitning qalin qatlamlaridan iborat.
Kaliy tuzlarining zonasi ikkita kuchli qatlamlarni hosil qiladi: pastki – silvinitli va yuqori–silvinit-karnallitli. Pastki zonada tosh tuzi qatlam-qatlami bilan ajralgan silvinitning oltita qatlami bor. Silvinitli gorizontal qatlamning qalinligi 7-8 dan 30-40m gacha; kaliy miqdori – 55%. Miqdori (%): KCl-17,2-39,6; MgCl2-0,2-0,3; erimaydigan qoldiq (e.q.)-1,0-1,4.
Yuqori silvinit-karnallitli gorizontal qatlami ola-bula silvinitli karnallit jins bilan taxlangan tо‘qqiz qatlamni tashkil etadi. Gorizont qalinligi 20dan 115m.gacha, qatlam qalinligi 0,5dan 25m gacha va kо‘proq. Silvinit miqdori (%): KCl -20,9-38,7; MgCl2-0,2-1,2; erimaydigan qoldiq – 0,9-6,3. Karnallit miqdori (%): KCl -13,4-20,6; MgCl2 -14,6-19,0; erimaydigan qoldiq – 1,4-4,5.
Karnallit qalinligi sanoat ahamiyatiga ega. Kaliy tuzlarining Verxnekamsk koni bazasida Ural kaliy ishlab chiqarish birlashmasi ishlaydi.
Starobin koni – Belorussiyaning kaliy qazib olinadigan basseyni (havzasi). Pripyat chuqurligida Soligorsk va Starobin shaharlari xududida joylashgan.
Birinchi kaliy gorizontining qalinligi 3-8m, joylashish chuqurligi 360-726m, KCl ning о‘rtacha miqdori gorizont bо‘yicha 19%. Birinchi gorizont balansdagi zahiraga taalluqli bо‘lib, ma’dandagi erimaydigan qoldig‘i 12- 26% tashkil qiladi.
Ikkinchi kaliy gorizanti 400 dan 1000 m.gacha chuqurlikda joylashgan va silvinit, tosh tuzi va galopelitlarning tez-tez almashib turishi bilan xarakterlanadi. KCl о‘rtacha miqdori – 278%; erimaydigan qoldig‘i – 5-6% yaqin, MgCl2 foizining о‘ndan bir ulushidan oshmaydi.
Uchinchi kaliy gorizonti yetarlicha katta qalinligi bilan ikkinchidan farq qiladi. Qalinligi – 7,5 m, joylashish chuqurligi 350 m.dan 1200 m.gacha va undan ortiqroq, KCl о‘rtacha miqdori 22-23%, erimaydigan qoldig‘i – 5-12%.
Tо‘rtinchi kaliy gorizontining qalinligi 5 dan 35-40 m.gachani tashkil qiladi, joylashish chuqurligi 525 dan 1500 m gacha о‘zgaradi, gorizontda ikkita mahsulot qatlami kuzatiladi, birining qalinligi 3-4,2 m; KCl miqdori – 16-24,5%, MgCl2 – 1,5%, erimaydigan qoldig‘i – 3-10,8%.
Ikkinchisi uncha katta bо‘lmagan qalinlikka (0,8 m.gacha) KCl miqdori 24 dan 44% gacha. Kaliy tuzlarini qazib olish 260, 420-430 m. va 700-800 m. chuqurlikda olib boriladi. Bu tuzlar ma’danida «Beloruskaliy» ishlab chiqarish birlashmasi ishlaydi.
Petrikov koni 1966 yilda ochilgan va Petrikov shahar (Golyal viloyati) xududida Pripyat chuqurligining markaziy qismida joylashgan. Konning tuz qatlami kesimi tarkibida kaliy bо‘lgan 20ga yaqin gorizontlarni tashkil qiladi. Kaliy qatlamining qalinligi 1300m.ga yetadi. Mahsulot zonasi kо‘p marta almashib turadigan galit, silvin va tuzsiz jinslar (dolomit, angidrit, loy, mergel, alevrolit) qatlamlaridan iborat. Kaliyli qatlam uch qismga bо‘linadi: yuqori, о‘rta va pastki. Yuqori qismning qalinligi 25-160 m, tuz bilan tо‘yinganligi 52-81%, kaliyli mavjud emas. Pastki qismining qalinligi 350-600 m, tuz bilan tо‘yinganligi – 36-64%, bitta kaliyli gorizontga ega. О‘rta qismning qalinligi – 420-520 m, tuz bilan tо‘yinganligi 96%ga yetadi, sakkizta kaliyli gorizontga ega.
Sanoatni qiziqtiradigan qism bu tо‘rtinchi gorizontdir. Uning qalinligi 1,3 dan 22 metrgacha, joylishish chuqurligi 510 dan 1400m.gacha, qalinligi 1,9m. dan katta bо‘lmagan gorizontal uchastkalarda KCl mavjud. 7,25m. qalinlikdagi uchastkalarda KCl miqdori 16,5%gacha kamayadi, MgCl2 miqdori esa 17,8% tashkil qiladi.
Pastki qatlam – tо‘rtta KCl qatlamlaridan tashkil topgan mahsulot zonasining qalinligi 2,6 dan 5,3m gacha. Tarkibida о‘rtacha miqdorda (%): KCl – 17,9-24,9 da о‘zgaradi; NaCl – 69-76; MgCl2 – 0,1-3,8; erimaydigan qoldig‘i – 0,2-1,2.
Nejinsk koni. Starobindan sharqda joylashgan, tо‘rtta kaliyli gorizontga ega, ularning ikkinchisi va uchinchisi sanoat ahamiyatiga ega.
Ikkinchi kaliyli gorizont 520-1000 m. chuqurlikda joylashgan. Gorizontning qalinligi 0,75 dan 2,6m.gacha о‘zgarib turadi. Qatlamda KCl miqdori – 27,3%, e.q. – 4,4%. Qatlam galit qatlami bilan ajralgan ikkita silvinit qatlamlaridan tashkil topgan. Uchinchi gorizont 520-1100m. chuqurlikda joylashgan, shimolga tomon 1200m va undan ortiqroq kо‘payadi. Gorizontning qalinligi 2-3 dan 5-7 m.gacha о‘zgaradi. Qatlamdagi KCl о‘rtacha miqdori 27% va e. q. – 6,5%.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling