Xomashyo va maxsulotlarning fizik


ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI


Download 0.56 Mb.
bet3/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1295535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kaliy kurs loyixa

ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI

Kamida ikkita har xil fazalardan (suyuqlik - qattiq jism, suyuqlik - gaz va h.) tarkib topgan aralashmalar turli jinsli tizimlar deb nomlanadi. Zarrachalari о‘ta mayin yanchilgan holatdagi faza dispers yoki ichki faza deb ataladi. Dispers faza zarrachalarini о‘rab olgan muhit esa - dispersion yoki tashqi faza deb ataladi.


Fazalarning fizik holatiga qarab turli jinsli tizimlar quyidagi guruhlarga bо‘linadi: suspenziya, emulsiya, kо‘pik, chang, tutun va tumanlar.
Suyuqlik va qattiq zarrachalardan tashkil topgan turli jinsli tizim suspenziya deb ataladi. Qattiq zarrachalar о‘lchamiga qarab suspenziyalar shartli ravishda quyidagi turlarga bо‘linadi: dag‘al (>100 mkm); mayin (0,5-100 mkm); loyqa (0,1-0,5 mkm) suspenziyalar va kolloid eritmalar ( 0,1 mkm).
Biri ikkinchisida erimaydigan, dispers va dispersion fazalardan tashkil topgan aralashma tizimi emulsiya deb nomlanadi. Dispers faza zarrachalarining о‘lchami keng oraliqda о‘zgarishi mumkin. Odatda, emulsiya og‘irlik kuchi ta’sirida qatlamlarga ajraladi. Lekin, dispers faza tomchilari 0,4-0,5 mkm dan kichik bо‘lsa yoki stabilizatorlar qо‘shilgan hollarda, emulsiyalar turg‘un bо‘ladi va uzoq muddat davomida qatlamlarga ajralmaydi. Dispers faza konsentratsiyasi ortishi bilan dispers faza dispersion fazaga о‘tishi yoki teskarisi bо‘lishi mumkin. Bunday о‘zaro almashinish hodisasi fazalar inversiyasi deyiladi. Suyuqlik va unda taqsimlangan gaz pufakchalaridan tashkil topgan tizimlar kо‘piklar deb ataladi. Kо‘pik о‘z xossalari bо‘yicha emulsiyaga yaqin. Gaz va unda taqsimlangan 0,3-5 mkm о‘lchamli qattiq zarrachalardan tashkil topgan tizim tutun deb nomlanadi. Tutunlar bug‘ (yoki gaz) larning suyuq yoki qattiq holatga kondensatsiyalanish jarayoni orqali о‘tishda hosil bо‘ladi. Undan tashqari, qattiq yoqilg‘ilar yonishi natijasida ham paydo bо‘ladi.
Gaz va unda taqsimlangan 3-70mkm о‘lchamli qattiq zarrachalardan tashkil topgan tizim chang deb ataladi.
Kо‘pincha chang qattiq materialni maydalash, aralashtirish va ma’lum masofaga uzatish paytida hosil bо‘ladi.
Dispersion gaz va о‘lchami 0,3-5 mkm bо‘lgan dispers suyuqlik fazalardan tashkil topgan tizimlarga tumanlar deyiladi. Tumanlar suv bug‘ini sovitish jarayonida, bug‘ning kondensatsiyalanishi natijasida hosil bо‘ladi.
Tutun, chang va tumanlar - aerozollar deb yuritiladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling