Xomashyo va maxsulotlarning fizik


Download 0.56 Mb.
bet2/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1295535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kaliy kurs loyixa

Kaliy (K) – о‘simlikning uglevod va oqsil almashinuvida eng muhim fiziologik rol о‘ynaydi, azotning ammiakli formada о‘zlashtirilish sharoitlarini yaxshilaydi. О‘simlikni kaliy bilan oziqlantirish – о‘simlikning alohida organlarini rivojlanishi uchun kuchli omil hisoblanadi. Kaliy hujayra sharbatida shakar tо‘planishiga imkon yaratadi, bu esa о‘simlikning qishga chidamliligini oshiradi, tomir taramlarining rivojlanishi, hujayralarning qalinlashishiga imkon beradi. Undan tashqari, poyaning mustahkamligini oshishiga olib keladi va ularni yotib qolishga chidamliligini oshiradi.
Kaliy kartoshka tugunaklarida kraxmal miqdorini, qand lavlagi ildizlarida shakar miqdorini oshiradi. Kaliy don, sabzavot ekinlari, paxta tolasi, kanop va zig‘ir tolasining sifati va turli mevalar(uzum, shaftoli, apelsin va olma)ning ta’mini yaxshilaydi. Kaliyning yetishmasligi ularning sifatiga salbiy ta’sir etadi. Kaliy yetishmaganda, о‘simlik zamburug‘ kasalligiga tezda chalinadi. Kaliyning ortishi hosilning kо‘payishiga olib keladi.
Qishloq xо‘jaligini izchil va har tomonlama intensivlashda kimyolashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Kimyolashtirish о‘g‘itlar, о‘simliklarni muhofaza qilishning kimyoviy vositalari, gerbitsidlar, defoliantlar va desikantlardan foydalanishdan iborat.
Yer unumdorligini oshirish va о‘simliklar ozuqlanishini yaxshilashga xizmat qiladigan moddalar о‘g‘itlar deb ataladi.
О‘simlik о‘sish davrida ba’zi elementlarni havodan barg orqali, ba’zilarini esa tuproqdan oladi. О‘simliklar tarkibiga 70dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi. Ulardan 16 tasi:
orgonogenlar - uglerod, kislorod, vodorod, azot; zolli elementlar - fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va oltingugurt; mikroelementlar - bor, molibden, mis, rux, kobalt, marganets va temir о‘simliklarning hayot faoliyati davomida muhim ahamiyatga egadir. Bir element о‘rnini boshqasi bosa olmaydi, chunki ularning har biri о‘simliklarda о‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. О‘simliklar va tuproq tarkibiga boshqa elementlar, masalan, kremniy, natriy, xlor va boshqalar ham kirishi mumkin. Ammo, bu yoki boshqa elementlarning bо‘lishi, о‘simliklar hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmaydi. Yashil о‘simliklarga atmosferadan keluvchi asosiy elementlar uglerod, kislorod va vodorod hisoblanadi. Bu elementlarning ulushi о‘simlikning quruq massasiga nisbatan 93,5% ni tashkil etadi, shu jumladan uglerodga - 45%, kislorodga - 42% va vodorodga - 6,5%i tо‘g‘ri keladi.
О‘simlikning meyorda о‘sishi va rivojlanishi uchun yetarli miqdorda ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi lozim. О‘simliklar uchun azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va temir asosiy ozuqa moddalari hisoblanadi. О‘simliklardagi bu elementlar miqdori yuzdan bir ulush foizdan bir necha foizgacha bо‘ladi va makroelementlar deyiladi. О‘simliklarga bulardan tashqari bor, molibden, mis, marganets, rux va shu kabi bir qator о‘simlik va tuproqda mingdan bir ulush foizda bо‘ladigan moddalar zarurdir. Ular mikroelementlar deb nomlanadi.
О‘simliklarning hayotiy faoliyatida uglerod, kislorod va vodoroddan keyin azot, fosfor va kaliy ham muhim ahamiyatga egadir. Bunday elementlar tutgan о‘simliklarning ozuqa mahsulotlari qishloq xо‘jaligida asosiy mineral о‘g‘itlar nomi bilan yuritiladi.
Fosfor, azot va kaliy о‘simlik uchun eng zarur ozuqa moddalardir. О‘simlik bu elementlarni tuproqdan oladi, natijada moddalar miqdori yildan-yilga kamayib, tuproqning unumdorligi pasayib boradi, bu ekinning hosildorligiga salbiy ta’sir etadi. Tuproqning unumdorligini oshirish uchun yerni yetarli darajada о‘g‘itlantirish kerak.
Mineral о‘g‘itlar ekinning hosildorligini oshirishi bilan birgalikda mahsulotlar sifatini ham yaxshilaydi: dondagi oqsil va kartoshkadagi kraxmal miqdorini kо‘paytiradi, paxta tolasining mustahkamligini oshiradi.
1 jadval
Tuproqdan hosil bilan chiqib ketadigan ta’sir etuvchi moddalar (kg/ga)

Ta’sir etuvchi
moddalar

Hosildorlik

Qishki bug‘doy 30 s/ga

Qand lavlagi 270 s/ga

Jо‘xori poyasi 600 s/ga

N

112

166

150

P2O5

39

42

70

K2O

77

157

200

Hosildorlikni oshirishdagi omillarni baholashda: AQSH da 50% gacha, Fransiyada 50-70% gacha qо‘shimcha hosil olish о‘g‘itlar xissasiga tо‘g‘ri keladi.
О‘tkazilgan tadqiqotlar natijaciga kо‘ra, hosildorlikni oshirishdagi о‘g‘itlarning ulushi MDH mamlakatlarining qora tuproqli mintaqalarida 40-50% ga, noqoratuproq mintaqalarida 60-75% ga, Markaziy Osiyoda, xususan, О‘zbekiston Respublikasi hududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga tо‘g‘ri keladi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling