Xomashyo va maxsulotlarning fizik


Download 0.56 Mb.
bet4/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1295535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kaliy kurs loyixa

Ajratish usullari: Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida turli jinsli tizimlarni tashkil etuvchi fazalarga ajratishga tо‘g‘ri keladi. Masalan, vino ishlab chiqarishda uni tindirish, ya’ni muallaq holatdagi zarrachalarni, suyuq fazadan ajratish. Ajratish usullarini tanlashda dispers faza о‘lchamiga, fazalar zichliklari farqiga va dispersion faza qovushoqligiga ahamiyat berish zarur. Turli jinsli tizimlarni ajratish uchun quyidagi usullar qо‘llaniladi: a) chо‘ktirish; b) filtrlash; v) sentrifugalash; g) suyuqlik yordamida ajratish.
Og‘irlik kuchi, inersiya (jumladan, markazdan qochma) yoki elektrostatik kuchlar yordamida turli jinsli tizimlar tarkibidagi qattiq yoki suyuqlik zarrachalarini ajratish jarayoni chо‘ktirish deb nomlanadi. Agar, jarayon faqat og‘irlik kuchi ta’sirida olib borilsa tindirish deb yuritiladi. Tindirish odatda turli jinsli tizimlarni dastlabki ajratish uchun ishlatiladi.
Filtrlash - turli jinsli tizimlarni g‘ovaksimon tо‘siq - filtr yordamida ajratish jarayonidir. Bunda, g‘ovaksimon tо‘siq suyuqlik yoki gazni о‘tkazib yuboradi, ammo muhitdagi qattiq zarrachalarni ushlab qoladi. Suspenziya, emulsiya va changlarni ajratish uchun chо‘ktirish jarayoniga qaraganda filtrlash ancha samarali.
Sentrifugalash - suspenziya va emulsiyalarni markazdan qochma kuch ta’sirida ajratish jarayonidir. Bu jarayonda yaxlit yoki g‘ovaksimon tо‘siqlar ham ishlatiladi. Sentrifugalash jarayonida chо‘kma va suyuq faza (fugat) hosil bо‘ladi.
Suyuqlik yordamida ajratish usuli deb - gaz tarkibidagi qattiq zarrachalarni birorta suyuqlik ishtirokida ushlab qolish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon og‘irlik yoki inersiya kuchlari ta’sirida olib boriladi va gazlarni tozalash uchun ishlatiladi. Ba’zan, bu usuldan suspenziyalarni ajratishda ham foydalanish mumkin.
MDH fabrikalarida birinchi bosqich gidrotsiklonidan chiqqan suspenziyalarni shlamsizlantirishning ikkinchi bosqichi diametri 18m bо‘lgan gidroseparator va 30m diametrli quyuqlashtirgichlarda amalga oshiriladi. Gidroseparatorda kichik donali flotatsiyadan (0,8-0mm) oldingi shlamsizlantirish quyidagicha: ta’minotda suspenziyaning suyultirish darajasi–15-20; kо‘tarilish oqimi tezligi–1,5-2,0m/s. Shlamsizlantirishning ikkinchi bosqichi texnologik kо‘rsatgichlari: chiqayotgan suspenziyaning suyultirish darajasi – 80-100; chiqayotgan suspenziyadagi qattiq zarrachalarning yirikligi – 0,1(0,05)-0mm; qumlarning suyultirish darajasi – 1,0-1,2; suspenziyaning qum bilan chiqishi–15-20%; e.q.ni suspenziyaga о‘tishi–75-80%; shlamsizlantirishning samaradorligi – 70-75%.
Yirik donali materialning ikki bosqichli gidravlik shlamsizlantirishda (3-0mm) ikkinchi bosqich meyori diametri 750mm bо‘lgan gidrotsiklondagi birinchi bosqichga qaraganda о‘zgaradi. Shlamsizlantirish samaradorligi – 65-70%. Yirik donali materiallarni 3-0,8mm gidravlik shlamsizlantirish spiralsimon (tasniflagichlar) klassifikatorda bitta bosqichda amalga oshiriladi. Texnologik kо‘rsatgichlar: qattiq zarrachalarning chiqishi – 15-30%; e.q.ni suspenziyaga о‘tishi – 20-25%; shlamsizlantirish samaradorligi – 10-15%.
Loy-karbonatli shlamlarni quyuqlashtirish, kaliy ma’danlarini gidravlik shlamsizlantirishda olingan gidroseparatorlardan chiqadigan suspenziyalar yuqori darajada suyultirilganligi uchun, suyuq fazadagi foydali komponentni, (kaliy xlorid) yо‘qotilishlarni kamaytirish maqsadida о‘tkaziladi.
Tindirilgan eritma yuqolgan suyuq fazani qoplash va suv sarfini kamaytirish maqsadida texnologik jarayonga qaytariladi.
Suyultirish darajasi 2-3 bо‘lgan quyuqlashtirilgan shlam saqlagichga yoki bir nechta bosqichda oqimga qarshi yuviladi. Shlam saqlagichdan kelayotgan tindirilgan tuzli eritma va oqimga qarshi yuvishdan kelayotgan tindirilgan eritma yо‘qotilishlarni tо‘ldirish uchun suyuq faza bilan texnologik jarayonga qaytadi. Tindirilgan namokob tо‘liq tо‘yinganda vakuum-kristallizatorga yо‘naltiriladi. Yuvilgan shlam suvsizlantiriladi va shlam saqlagichlarga uzatiladi.
Shlamlarni quyuqlashtirish va oqimga qarshi yuvish quyuqlashtirgichlarda amalga oshiriladi. CHо‘kish jarayonini tezlatish uchun loy-tuz suspenziyalarga koagulyant bilan ishlov beriladi. Koagulyant sarfi 180-200 g/t ma’danga.
Loy-tuz shlamlari tuzli minerallarni eritib olish va uning tо‘yingan eritmasini olish maqsadida yuviladi. Bunda foydali komponent kaliy ishlab chiqarishning chiqindisi bо‘lgan quyultirilgan shlamdagi kaliy miqdori kamaytiriladi. Oqimga qarshi yuvish loy-tuz suspenziyasini quyultirish ketma-ket jarayonini о‘z ichiga oladi. Gidroseparatordan chiqqan suspenziya tindiriladi, sо‘ng quyuq shlam keyingi bosqichga yuboriladi. Tiniq eritma esa, bundan oldingi jarayonlarga yuboriladi. Quyuq shlam esa, keyingi bosqichda hosil bо‘ladigan tiniq eritma bilan yuvish uchun yuboriladi. Oxirgi bosqich yuvishning quyultirgichiga tuzli suv va suv beriladi. Shlamlarni yuvishning birinchi bosqichida quyultirgichdan chiqqan tindirilgan aylanma eritma texnologik jarayonning turli bosqichlariga yо‘naltiriladi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling