Xomashyo va maxsulotlarning fizik
XOMASHYO VA MAXSULOTLARNING FIZIK-KIMYOVIY XSUSIYATLARI
Download 0.56 Mb.
|
Kaliy kurs loyixa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaliyli о‘g‘itlar.
XOMASHYO VA MAXSULOTLARNING FIZIK-KIMYOVIY XSUSIYATLARI.
Kaliyli о‘g‘itlarning turlari va tarkibi Ishlab chiqarilayotgan mineral о‘g‘itlarning assortimenti о‘g‘itlarning barcha turlarini о‘z ichiga oladi: azotli, fosforli, kaliyli, mikroо‘g‘itlar, kompleks о‘g‘itlar va boshqalar. О‘g‘itlar sifatining muhim kо‘rsatkichi bо‘lib, undagi о‘simlik uchun foydali ta’sir etuvchi moddalarning miqdori hisoblanadi. Asosiy ta’sir etuvchi moddalar bо‘lib, azot, fosfor va kaliy birikmalari hisobalanadi. Ularning о‘g‘itlaridagi miqdori elementar azot, fosfor (V)-oksidi-fosfor angidrid (P2O5) va kaliy oksidi (K2O)ga hisoblaganda о‘lchanadi. Jahon matbuotida о‘g‘itlarning ta’sir etuvchi moddalarini hisoblashda (ularning miqdorini yanada aniq aniqlash uchun) oksidlardan elementlarga: fosfor (V)-oksidi P2O5 dan-R ga, kaliy oksidi – K2O dan K ga о‘tish (qayta hisoblash koeffitsiyentlari ilovada keltirilgan) masalasi qо‘yilmoqda. О‘g‘itning har bir turiga standart – DST yoki texnik shartlar – TSH bilan bitta yoki bir necha ta’sir etuvchi moddalarning minimal miqdori kо‘zda tutilgan. Standart bilan namlik va о‘simlik uchun zararli aralashmalarning miqdori, shuningdek fizik-kimyoviy va mexanik xossalari, kо‘rsatkichlari qiymatlari chegaralanadi. Namning keragidan ortig‘i о‘g‘itning yopishib qolishi va kesak-kesak bо‘lib qolishiga olib keladi; nam о‘g‘itlarning ozuqaviy moddalar miqdorini pasaytiradigan ballast hisoblanadi. Kaliyli о‘g‘itlar. Asosan suvda eruvchan kaliyli о‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Ularga kaliy xlorid, kaliy sulfat, aralash tuzlar va boshqalar kiradi Kaliyli xom-ashyolar. Tabiiy kaliyli tuzlar Kaliy ma’danlari – xloridlar, sulfatlar va silikatlardan iborat foydali (kaliyni о‘z ichiga olgan) minerallardan va ma’danga aralashib qolgan keraksiz jins minerallari aralashmalaridan hosil bо‘lgan tuzli tog‘ jinslarini о‘z ichiga oladi.
Kaliy ma’dani tarkibiga loy-karbonat jinslari, minerallar, qо‘shimchalar: galit – NaCl, gips – CaSO4·2H2O, kizerit – MgSO4·4H2O lar kiradi. Yerning ustki qattiq qatlamida kaliy miqdori 1,5%ga yaqin. Kaliy kо‘p jinslardan tarkib topgan alyumosilikatlar, dala shpatlari, granitlar, shenitlar, qattiq qazib olinadigan tuz qatlamlari va tuz eritmalari tarkibiga kiradi. Kaliy ma’danlari – ularda u yoki bu minerallar miqdorining kо‘pligi bо‘yicha aniqlanadi. Kaliy ma’danlarining qimmatli aralashmalari – brom, yod, rubidiy, mis, rux va boshqalar. Kaliyning muhim tuzlaridan – xlorid, sulfat va ulardan hosil bо‘ladigan minerallar hisoblanadi. Dengiz va okean suvlarida taxminan 0,05% kaliy bor. Dunyo okeanidagi taxminan 1,370*106 km miqdoridagi suvda 7 * 1014 tonna K2O bor. Shunday qilib dunyo okeani kaliyli birikmalarning tuganmas manbaidir. Kaliyning xloridi va boshqa galogenidlari NaCl turdagi suvli eritmalardan krisstallanadi. 0ºS dan yuqorida (KF·2H2O dan tashqari) suvsiz tuzlar kristallanadi. Evtektik temperatura KCl·H2O + muz = −9,8ºS ga teng, -5,3ºSda eriydigan KCl·H2O kristallogidrat mavjud. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling