Xomashyo va maxsulotlarning fizik
Prikarpatye (Karpat oldi) konlari
Download 0.56 Mb.
|
Kaliy kurs loyixa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karlyuk va Gaurdak konlari
- Tyubegatan kaliyli tuzlari
Prikarpatye (Karpat oldi) konlari Lvov va Ivano-Frankov viloyatlari chegaralarida Karpat bо‘ylab eni 20-25 m qatlam kо‘rinishida joylashgan. Ulardan eng yiriklari: Stebnikov, Kalush, Tolin, Piylo, Dombrovskiy, Ninev, Trostyanets. Ular asosan langbeynit-kainitli va kainitli jinslar bilan jamlangan. Kaliy tuzlari qatlamda (konlari) shuningdek silvinit, kizerit, poligalit va boshqa minerallar kо‘rinishidadir. Xlorid-sulfat turidagi kaliy tuzlarining borligi bu konning, xlorsiz kaliy о‘g‘itlarini ishlab chiqarish uchun yagona xom ashyo bazasi ekanligini kursatadi.
Karlyuk va Gaurdak konlari Turkmanistonda joylashgan. KCl miqdori 21-35%. Karlyulk konining kaliy tuzlari silvinit va karnallitdan, Gaurdak esa silvinitdan iboratdir. Tuzli qatlam qalinligi 800-900 m ga yetadi. Jilyan koni Aktyubinsk shahri yaqinida joylashgan. Kon ikkita kaliyli gorizontga ega. Pastki gorizont 25-37 m. umumiy qalinlikdagi 3 ta poligalit pachkalaridan tashkil topgan, yuqorisi esa qalinligi 10-20 m. bо‘lgan ikkita silvinit pachkalaridan iboratdir. Poligalitda K2O 10-11%, silvinitda 19-21% K2O (30-33% KCl) tashkil etadi. Qatlam chuqurligi 400m dan 750m gacha. qatlamlarning tuzilishi murakkab va ularning qalinligi bir xil emas; bir xil joylarda yorilishlar, qatlamning parchalanishlari va boshqa buzilishlar mavjud. Tyubegatan kaliyli tuzlari 1951-yilda Tyubegatan antiklinalida uchta gorizontdagi kaliy tuzlari bilan tosh tuzi qalinligi ochildi. Yuqori va о‘rtasi nosanoat pastkisi 6m qalinlikda tarkibida 30% yaqin KCl biriktirgan (18% K2O) bо‘lab sanoat ahamiyatiga ega 1965-yilgacha О‘zbekiston hududida tuz konlarining ikki guruhi ochildi. Gugurttog‘ (Gaurdak) – Tyubegatan – Tyubegatan, Akbash, Cheurkala, Cherak. Kaypantau–Baybaxurxon, Kantau, Gauxon, Qizilmozor, Baybichekan, Surxon (2.3rasm), Kuchitang-Boysun, Hamkan, Shurabsoy. Gugurttog‘ning galogen formatsiyasi uchta asosiy balandlikka bо‘linadi: pastki-angidritli, о‘rta-tuzli, yuqori-gips-angidritli (2.4- rasm). Pastki balandlik ohaktosh qatlami va oltingugurt unini biriktirgan gips-angidrit qatlami almashib turadi. Oltingugurtli ohaktoshlarning qalinligi marmar turidagi angidridlar bilan almashadi. 30-35 m qalinlikdagi angidrit balandligining yuqori qismida 3-5 m gacha qalinlikda kulrang tosh tuzining linzasi paydo bо‘lgan. Qalinligi 300-350 m li tuzli II balandlik Petrov tomonidan bir necha qalinlikka bо‘linadi. Kaliy tuzlari namoyon buladigan tosh tuzining pastki pachkasi pushti tuz qalinligida joylashadi. Silvinitda KCl miqdori 2-4 dan 8% gacha о‘zgaradi. Yuqorida, qatlam qalinligi 1,5 dan 8 m gacha va KCl miqdori 25-30% ga bо‘lgan silvinit va karnallit-silvinitning ikkita qatlamidan iborat. 24 m ga yaqin qalinlikda asosan pushti va tо‘q pushti kaliyli tosh tuzi joylashgan. Tosh tuzi qatlamining ustida 30dan 100m gacha boy va siyrak silvinit va tosh tuzi almashinib turadigan, 1,5-4 m qalinlikdagi kaliy tuzlarining III qatlami joylashgan; ba’zi joylarda karnallit hosil bо‘ladi. KClning qatlamdagi miqdori 14-34%. Shunday qilib, Gaurdak xududidagi yuqori yura galogen formatsiyasining qalinligi 700-800m.gacha yetadi, tuz balandligi ulushiga 300-350 m tо‘g‘ri keladi. О‘sha tektonik о‘qda, Gaurdak braxiantiklinal (shimoliy-sharqiy tomonga chо‘zilgan) kabi, 35-40 km da Tyubegatan koni joylashgan. Tyubegatan galogen formatsiyasi usti ochiq koni kulrang angidrit bilan boshlanadi, yuqorida tosh tuzi (290-295 m) joylashgan. Gorizontning yuqori qismi (110-120 m.) uchta qatlamli kaliy tuzlari bilan uyg‘unlashgan pushti tosh tuzidir. KCl miqdori 20% gacha bо‘lgan silvinitning pastki qatlami (1,5-2 m) asosida joylashgan. Bu qatlam II Gaurdak kaliy tuzlari qatlamiga mos keladi. Keyinchalik silvinit va karnallitning siyrak aralashmalari bо‘lgan oraliq tosh tuzi (33-63 m) keladi. Bu qatlamning usti qatlamida KCl miqdori 17-20% bо‘lgan silvin (1-3 m) qatlami joylashadi. Gaurdak va Tyubegatan konlari orasidagi bir qator xududlarda galogen jinslarning yuzaga chiqishi kuzatiladi: Lyaylimkan, Akbash, Beshbuloq, Baybichekan va boshqalarda. Kaliy qatlami ularda yо‘q bо‘lib, bu yer osti eroziyasining natijasidir. Gaurdak va Tyubegatandan sharqiy va janubiy-sharqiy 14 ta hududda galogen jinslarini yuzaga chiqqanligi ma’lum: Qirqqiz, Sayot, Qoraqiz, Qora-og‘och, Baymashkalak, Bozortepa, Audjeykan, Xо‘kiz buloq, Oqtov, Xо‘jaikon va boshqalar. Kaliy tuzlari tosh tuzlarining ma’lum ochiq konlari bilan bog‘langan. Tyubegatan kaliy konida ish maydoni Gaurdak oltingugurt kobinatidan 35 km. shimoliy-sharqda va Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tuman markazidan 50 km janubiy-sharqda Kitob bekatidan 150 km. masofada janubiy-sharqda joylashgan. Tyubegatan tuzilmasi uchta burmadan tashkil topgan: Kursantosh, Qorachagat va aynan assimetrik tuzilishli Tyubegatandan. Konning shimoliy-g‘arbiy qismida yuzaga ohaktoshlar chiqadi, ularda gips-angidrit qatlamlari yotadi. Yuqorida kaliy tuzlarining uch qatlamini о‘z ichiga olgan galogen qatlam (300-350 m) yotadi. Tuzli qatlamning qalinligi janubiy-g‘arb yо‘nalishida о‘sadi. Ushbu ochiq konning butun qirqimi bо‘yicha tosh tuzi qatlamining protsent nisbati galogen qatlamning tuz bilan tо‘yinganlik koeffitsiyentidir va u 29 dan 99,5% gacha ( о‘rtacha 90% ) о‘zgaradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling