Xomashyo va maxsulotlarning fizik


Kaliy xloridi ishlab chikarishda asosan termik eritish (galurgik) yoki flotatsiya usulidan foydalaniladi


Download 0.56 Mb.
bet10/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1295535
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Kaliy kurs loyixa

Kaliy xloridi ishlab chikarishda asosan termik eritish (galurgik) yoki flotatsiya usulidan foydalaniladi.
Termik eritish KCl va NaCl larning bir xil tempiraturada xar xil erishiga asoslangan, bunda kaliy va natriy xloridlarga ajratiladi.
Yutug‘i: mahsulotning toza olinishi, yaxshi fizik xarakteristikaga egaligi, chiqindi xisoblanadigan tuzning reagentlardan holiligi va uning tayyor mahsulot – osh tuzi ekanligi, turli tarkibli xom – ashyoni ishlatish mumkinligidir.
Kamchiligi: texnologik jarayonning murakkabligi, yukori energiya sarfi, qurilmalarning tez korroziyalanishi, mahsulotga bо‘lgan yuqori talab, qayta ishlashning qimmatligi xisoblanadi.
Flotatsiya kaliy xlorid va natriy xloridlarning turlicha gidrofoblanishiga asoslangan. Bunda reagentning ta’siri orqali KCl va NaCl bir biridan ajratiladi.
Yutug‘i: texnologik jarayonni ekspluatatsiya qilishning osonligi, ishlab chiqarishning doimiy haroratda olib borilishi, energiya sarfining kamligi, termik usulga qaraganda qurilmalar korroziyasining kamligi, mahsulot sifatiga talab yuqori emasligi, ishlab chiqarishning arzonligidir.
Kamchiligi: mahsulotning sifati yuqori emasligi, reagentlarning qо‘llanilishi, katta miqdorda chiqindi hosil bо‘lishi, uni tо‘g‘ridan tо‘g‘ri ishlatib bо‘lmasligi va mahsulot faqat qishloq xо‘jaligi uchun yaroqliligidir.
3. Boyitishning boshqa usullari. Buning uchun silvinit maydalaniladi va shlamsizlantiriladi, sо‘ng qattiq modda va eritmadan iborat suspenziya tayyorlaniladi, unga mazut, kerosin yoki boshqa sovunsiz suvda erimaydigan neft mahsulotlari, shuningdek reagentlar ham (alifatik aminlar) qо‘shiladi. Undan keyin suspenziya tebranuvchi qurilmaga beriladi va 79% KCl saqlagan mahsulot olinadi.
Kuydirish yordamida boyitish. Yirik donali silvinit qizdirilganda, galit kristallarining darz ketishi kuzatiladi. Silvin kristallari qizdirishga chidamaydi. Boyitish 400°S da mexanik ta’sirsiz va 450°S da aylanuvchi pechda olib boriladi. Odatda, silvinitni mexanik ta’sir etmasdan qizdirishga qaraganda, aylanuvchi pechdagi kо‘rsatkichlar pastroq bо‘ladi. Kuydirish uchun shaxtali pechlarni qо‘llash qulaydir. Qizdirish jarayonida silvinitning ustki qatlamidagi chiqindilar, loy aralashmalari kuydirib yuboriladi, chunki ular flotatsion boyitishda bо‘kib qolishi mumkin. Shuning uchun silvinitlarni kuydirish – boyitishning eng yaxshi usulidir.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling