Xorazm dostonlarining tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 485.56 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazm-dostonlarining-tadqiqotchisi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 815 w www.oriens.uz September 2021 umuman, tinglovchi yoki kitobxon uchun yoqimsiz taassurot qoldiruvchi jami qusurlar bilan tasvirlanadi. Ana shu ta’rif va tavsiflar orqali o‘quvchi qahramonlarni kashf etib boraveradi. Shuningdek, qahramonlar portreti butun asar davomida bosqichma-bosqich, mukammmal yoritib boriladi. Asarning bir qismida qahramonning tashqi qiyofasi, yana bir o‘rnida uning xatti-harakatlari, yana bir o‘rnida uning ijobiy xislatlari yoki salbiy illatlari va hokazo tarzda keltirib boriladi. “Xalq eposidagi qahramon portretining mukammal ifodasini asarning butun teksti davomidagina ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin. Qahramonning portreti haqida tasavvur qilish uchun dostonning bir o‘rindagi tasvir hech qachon qoniqarli bo‘lmaydi. Asarda qahramonlarning portretlari haqida aksari bir o‘rinda ko‘proq to‘xtab o‘tiladi va tinglovchida qahramon haqida tasavvur hosil qilishga uriniladi. Qolgan parchalarda esa qahramon portretidagi detallar alohida-alohida olingan holda to‘ldiriladi, bo‘yoqlar quyuqlashtiriladi” 18 . Qahramonlarning portretini yanada yaqqolroq tasvirlash uchun xalq dostonlarida qahramonlar ruhiyati, ulardagi ichki psixologizm va nutqiy xarakteristika ham muhim rol o‘ynaydi. Xalq dostonlarining barchasida qahramonning psixologik holati doimo she’riy usulda ifodalanadi. Psixologik holat ziddiyatlarning kuchayib borishi bilan rivojlanib boraveradi. Qahramon o‘z boshidan qancha ko‘p qiyinchiliklarni o‘tkazsa, uning ruhiyatidagi o‘zgarish ham shunchalik kuchayib boradi. Shu bilan birga, qahramonlarning nutqiy xarakteri ham obrazni mukammal tasvirlashda asosiy vazifani bajaradi. Asar bosh qahramonlari nutqida o‘ziga ishonch, qat’iyat aks etadi. Bu asosan qahramonlik dostonlariga tegishli holatdir. Qahramonlarning nutqi ham she’riy parchalar orqali dialog yoki monolog ko‘rinishida beriladi. Ma’lumki, har qanday asar, u xoh nazmda, xoh nasrda yozilgan bo‘lsin, xoh yozma adabiyotga, xoh og‘zaki adabiyotga mansub bo‘lsin, barcha-barchasida o‘ziga xos badiiy uslub, badiiy tasvir vositalari mavjud bo‘ladi. Shu sababdan dissertatsiyaning uchinchi bobi, birinchi faslida Xorazm dostonlarining badiiy uslub, badiiy tasvir vositalari, xususan, o‘xshatish, mubolag‘a, sifatlash, metafora, sa’j, jonlantirish, tajnis, tajohil orifona kabi vositalar, ularning dostondagi vazifasi va o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Badiiy tasvir vositalari asarning asar sifatida shakllanishida chuqur ahamiyat kasb etadi. Tasvir vositalari asarda bo‘layotgan voqealar, jarayonlar, undagi qahramonlar haqida o‘quvchi yoki tinglovchida kengroq tasavvur hosil qilishiga imkon beradi. Asar qahramonlari hamisha ijobiy yoki salbiyligiga qarab hayotdagi turli predmetlar bilan taqqoslanadi. Yigitlar mardligi haqida gapirilganda yo‘lbarsdek 18 Ўша диссертация. Б – 81. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling